Yozuv. O‘zbek xalqi foydalangan yozuvlar. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlo qoidalari. Yozuv


Download 98.55 Kb.
bet2/5
Sana13.05.2023
Hajmi98.55 Kb.
#1455649
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pdf(4-mavzu)

Til jamiyat tarixi bilan qanchalik bogʻliq boʻlsa, yozuvham shunchalik bogʻliqdir. Dastlabki qarashlarda yozuvning kelib chiqishini ilohiyotga bogʻlash uchraydi. Bu aslida yozuvning tengsiz imkoniyatlarini tasavvurga sigʻdira olmaslik, yozuv magiyasi ("Yozuv sehrli qudratga ega" degan ishonch) oqibatida kelib chiqqan joʻn tasavvurlar mahsulidir. Yozuvkishilik jamiyatining zaruriy ehtiyoji asosida paydo boʻlib, rivojlanib borgan. Bugungi shaklini olgunga qadar uzoq, va murakkab tadrijiy taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Inson aqli yozuvday mukammal aloqa vositasini kashf qilguncha uzoq izlangan. Eng qadimgi davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida keng tarqalgan "eslatuvchi" belgilar ana shu izlanishlarning ilk koʻrinishlari edi.

  • Til jamiyat tarixi bilan qanchalik bogʻliq boʻlsa, yozuvham shunchalik bogʻliqdir. Dastlabki qarashlarda yozuvning kelib chiqishini ilohiyotga bogʻlash uchraydi. Bu aslida yozuvning tengsiz imkoniyatlarini tasavvurga sigʻdira olmaslik, yozuv magiyasi ("Yozuv sehrli qudratga ega" degan ishonch) oqibatida kelib chiqqan joʻn tasavvurlar mahsulidir. Yozuvkishilik jamiyatining zaruriy ehtiyoji asosida paydo boʻlib, rivojlanib borgan. Bugungi shaklini olgunga qadar uzoq, va murakkab tadrijiy taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Inson aqli yozuvday mukammal aloqa vositasini kashf qilguncha uzoq izlangan. Eng qadimgi davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida keng tarqalgan "eslatuvchi" belgilar ana shu izlanishlarning ilk koʻrinishlari edi.

Rasmli yozuv (piktografiya) Yozuv yaratish yoʻlidagi birinchi qadam boʻlgan. Rasm bilan yozuv oʻrtasida uzviy bogʻliqlik mavjud, avvalo, har ikkalasi ham koʻrish orqali idrok qilinadi. Piktografik yozuvni ibtidoiy tasviriy sanʼat ichida yuzaga kelgan deyish mumkin. Arxeolog olimlarning bundan juda koʻp ming yilliklar ilgari insonlar tomonidan chizilgan turli rasmlarning mavjudligi haqidagi maʼlumotlari maʼlum. Toshlarga, suyaklarga, gʻor devorlariga oʻyib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari, umumiy mazmunga birlashuvchi tasviriy lavhalar – bularning bari piktografik yozuvning asoslaridir.

  • Rasmli yozuv (piktografiya) Yozuv yaratish yoʻlidagi birinchi qadam boʻlgan. Rasm bilan yozuv oʻrtasida uzviy bogʻliqlik mavjud, avvalo, har ikkalasi ham koʻrish orqali idrok qilinadi. Piktografik yozuvni ibtidoiy tasviriy sanʼat ichida yuzaga kelgan deyish mumkin. Arxeolog olimlarning bundan juda koʻp ming yilliklar ilgari insonlar tomonidan chizilgan turli rasmlarning mavjudligi haqidagi maʼlumotlari maʼlum. Toshlarga, suyaklarga, gʻor devorlariga oʻyib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari, umumiy mazmunga birlashuvchi tasviriy lavhalar – bularning bari piktografik yozuvning asoslaridir.

Download 98.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling