Yozuv qurollari va ulardan toʻGʻri foydalanish annotatsiya
Husnixat daftarini yuritishga qoʻyiladigan talablar
Download 55.84 Kb.
|
1 2
Bog'liqMaqola
Husnixat daftarini yuritishga qoʻyiladigan talablar:
1. Daftar toza tutilishi. 2. Daftar muqovasidagi yozuvlar yagona talab asosida yozilishi, daftar muqovasida maktabning nomi, sinf, fanning nomi oʻquvchining ismi va sharifi koʻrsatiladi. 1-sinf oʻquvchilarining daftarlari muqovasiga bu ma`lumotlar oʻqituvchi tomonidan yoziladi. 3. Har bir daftarda asosiy yozuv yo`li, yordamchi chiziqlar va hoshiya boʻlishi shart. 4. 2-sinfdan boshlab mashq tartib raqami, qayerda bajarilganligi (sinfda yoki uyda) yozib qoʻyiladi. 5. Harf yoki boʻg`in hamda soʻzlarning tagiga ehtiyotkorlik bilan chiroyli va tekis chiziladi. 6. Xato yozilgan harf yoki harfiy birikmalarni namuna sifatida daftar hoshiyasiga yozib koʻrsatiladi. 7. Notoʻg`ri yozilgan harflarni boʻyash, oʻchirish yoki qavs ichiga olib qoʻyishga ruxsat etilmaydi. 8. Mashqlarni bajarishda, matn yozishda xat boshidan yozish qoidalariga amal qilish talab etiladi. O`quvchilarning husnixat bilan yozishlari uchun daftar qog`ozining sifati va ruchkaning qulay bo`lishining ahamiyati muhim. Hozirda yozuv quroli sifatida sharikli ruchkadan foydalanish tavsiya etiladi. Sharikli ruchka yozish uchun qulay, ingichka, engil, barmoqlar orasida tutishga mos. Yozayotganda ruchka uchi bilan barmoq oralig`i 1,5-2 smga teng boʻlishi shart. Aks holda barmoqni ruchka uchidan uzoq ushlash yoki juda yaqin tutish yozuv sifatini buzadi, harflarni xunuk yozishga sabab bo`ladi. Sharikli ruchkada maxsus siyoh bilan toʻldirilgan sterjenning boʻlishi undagi ancha vaqt foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ruchka sterjeni siyohi faqat binafsha rangda boʻlishi talab qilinadi. Oʻqituvchi darftarni tekshirganda qizil pastali ruchkadan foydalanadi. Ruchka papkada maxsus penalda saqlanadi. Partada esa ruchkani qoʻyish uchun maxsus joy boʻladi. Oʻquvchi ruchakasidagi siyoh tugagan taqdirda, lozim boʻlganda foydalanish uchun ruchka va sterjenlar boʻlishi zarur. Xattaxta sinfda oʻquvchi uchun yozuv materialidan biri sanaladi. Oʻquvchining husnixati daftar va xattaxtada takomillashtirib boriladi, shuning uchun xattaxtada yozuvni amalga oshirish uchun uning rangi jigar rang va toʻq yashil boʻlishi lozim. Bunda xat aniq va chiroyli korinishga ega boladi. Sinf taxtasini shunday holatda joylashtirish kerakki, oynadan tushayotgan yorug`lik unda aks etmasligi va oʻquvchilar sinfning turli joyidan unga yozilgan yozuvni bemalol oʻqiy olishlari mumkin boʻlsin. Oʻqituvchi sinf taxtasiga yozayotgan paytida qoʻllarining harakatini yopib qoʻymasligi lozim. Boshlang`ich sinf oʻquvchilari foydalanadigan xattaxtaning uch qismdan iborat boʻlishi, xattaxtaning bir boʻlagiga yozuv daftarining, ikkinchi boʻlagiga katak daftarining chiziqlari chiziladi. Bu chiziqlar yordamida oʻquvchi chiroyli yozuvga oʻrganadi. Shuningdek, yozuv taxtasi oʻquvchi boʻyiga moslab yuqori va pastga harakatlantirishga moslangan boʻlishi lozim. Harf va sonlarni yozish uchun gorizontal va yotiq chiziqlarning orasidagi masofa oʻquvchilarning daftarlaridagi chiziqlarga nisbatan yirikroq bo`ladi. Boʻr xattaxtaga yozishda yozuv quroli sanaladi. Bo`rning yog`li va yumshoq boʻlishi, ya`ni sifati yozuv sifatini ta’minlaydi. U 15x15 mm qalinlikda va 50 mm uzunlikdan kam boʻlmagan shaklda tayyorlab qoʻyiladi. Bunday shakldagi boʻr parchasini barmoqlar orasida ushlash va qoʻlni yengil harakatlantirish, turli qalinlikdagi elementlarni yozish qulay bo`ladi. Boʻr oʻrta va bosh barmoqlarning oʻrtasida yengil ushlanadi. Bosib yozish faqatgina koʻrsatkich barmoq orqali nazorat qilinadi. Koʻrsatgich barmoq boʻrning ustida, uning chekka qismda turishi lozim, aks holda bosib yozish jarayonida boʻr sinib ketishi mumkin. Nomsiz va jimjiloq barmoqlar xiyla kaftga tomon bukilgan boʻlishi kerak. Husnixatga oʻrgatish tamoyillari husnixatga o`rgatish qonuniyatlari tushuniladi. O`quvchilarni o`qishga o`rgatish qonuniyatlari bo`lganidek, yozuvga o`rgatish qonuniyatlari ham bor. Masalan, o`qish ongli bo`lishi, ya`ni o`qiganlarini tushunishilariga erishish, o`ilgan asar voqealariga bolada biror munosabat paydo bo`lishi lozim. O`quvchilarni husnixat bilan yozishga oʻrgatish onglilik qonuniyatiga, tamoyiliga asoslaniladi. Husnixatga o`rgatish tamoyillari bir qancha. Ular quyidagilar: 1. Onglilik tamoyili. 2. Genetik tamoyil. 3. Takrorlash tamoyili. 4. Koʻrgazmalilik tamoyili. 5. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. 6. Yozuvga oʻrgatishning oʻqishga oʻrgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili. 7. Chiroyli yozuvning imlo bilan bogliqligi tamoyili. 8. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog`liqligi tamoyili. 1. Onglilik tamoyili. Chiroyli yozuvga oʻrgatishda, oʻquvchilarning husnixat malakalarini takomillashtirib borishda bu tamoyilga qat’iy rioya qilish muhimdir. Bu tamoyilga koʻra oʻquvchi harf shaklini qanday va qay tartibda yozishni bilishi, harfning qiyaligi, boʻyi va enini toʻg`ri moʻljallay olishi lozim. Harflarni harflarga ulashda qol uzmaslikka erishish nazarda tutiladi. Ruchka ushlashda ruchka uchi bilan barmoq oraligldagi masofa 1,5-2 sm boʻlishi e’tiborda tutiladi. Shuningdek, partada oʻtirish qoidalariga (koʻz va daftar oralig`ining 30 sm, daftarning parta ustida ma’lum qiyalikda boʻlishiga, partaga engashmasdan, boshni toʻg`ri tutib, tirsaklarni partaga engil qoʻyish, oyoqlarni parta qo`ygichga qoʻyish, koʻkrak bilan parta oralig`i bir kaft sig`adigan masofada boʻlishiga amal qilishga ongli ravishda erishiladi. 2. Genetik tamoyil. Chiroyli yozuv malakalarining shakllanishida genetik tamoyil katta oʻrin tutadi. Oʻquvchi bu tamoyilga asosan avval shakli oson, sodda harflarni yozishga oʻrgatiladi. Ma’lumki, ba’zi bir harflar sodda koʻrinishga ega boʻlib, ularni yozishda qiyinchilik tug`ilmaydi. Shuning uchun chiroyli yozuvga oʻrgatishda, dastavval bosh va kichik harflar guruhlab olinadi, hamda shu guruhlash asosida shakli oson harflardan asta-sekin shakli murakkab, yozish birmuncha qiyinroq harflarga oʻtiladi. Masalan, kichik harflarning 1-guruhiga i, n, m, r kabi kichik harflarlar kiradi. Bu harflar ilmoq shakllaridan iborat boʻlganligi sababli yozishda qiyinchilik boʻlmaydi. Shuningdek, genetik tamoyil asosida harf, boʻg`in, soʻz, gap, matn tartibida osondan murakkabga qarab yozuv mashqlari oʻtkaziladi. 3. Takrorlash tamoyili. Chiroyli yozuv mashqlarini esdan chiqmaslik uchun sistemali ravishda takrorlash juda muhimdir. Takrorlash tamoyili yozish jarayonini avtomatlashtirish asosidir. Chiroyli yozuvda gigienik qoidalarga amal qilish eslatib turilishi yaxshi natija beradi. Yozuv qiyaligiga amal qilish, harflarni qoʻ1 uzmay yozish, harflar, soʻzlar orasidagi masofani toʻg`ri chamalash va yozishga oid qoidalarni, yozuvni tahlil qilish, ularni taqqoslash kabi ishlar takrorlash tamoyili asosida olib boriladi. Xatolarni tuzatish mashqlari ham takrorlash tamoyiliga kiradi. 4. Koʻrgazmalilik tamoyili. Chiroyli yozuvga orgatishda koʻrgazmali vositalar muhim ahamiyat kasb etadi. Koʻrgazmali vositalarga «Toʻg`ri oʻtir!» plakati, bosma harf shakllari ifodalangan kartonlar, xattaxta, oʻquvchilar qoʻlidan ushlab yozdirish kabilar kiradi. Harfning yozma shaklini hosil qilishga oʻrgatishda uning bosma shakli koʻrsatilib farqli jihatlari izohlanadi. Yaxshi tanlangan va mohirlik bilan foydalanilgan koʻrgazmali qurollar dars sifati va samaradorligini ta`minlaydi. 5. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. Oʻquvchining individual xususiyatlarini hisobga olish uning boʻyini hisobga olgan holda oldingi partalarga oʻtkazishdan boshlanadi. Parta oʻquvchiga mos boʻlsa, u yozishda qiynalmaydi, tez charchab qolmaydi, chiroyli yozadi. Oʻquvchining individual xususiyatini hisobga deganda koʻrish qobiliyati yaxshi boʻlmagan oʻquvchilarni yorug` tushadigan deraza tomonga, eshitish a’zolarida nuqsonlar boʻlgan bolani esa oldingi partalarga oʻtkazish nazarda tutiladi. Malumki, ruchkani barmoqlar orasida notoʻg`ri ushlaydigan oʻquvchilar ham uchraydi, shu sababli bolaning ruchka ushlash holatini doimiy nazorat qilish, uni to`g`rilab turishga alohida e’tibor qaratiladi. Daftarga harflarni 65° gradus qiyalikda yozish asosiy rol oʻynaydi. Buning uchun daftar parta ustida toʻg`ri turishi lozim. shuning uchun oʻqituvchi har bir oʻquvchining daftarlarini kuzatib boradi. Bu qoidaga amal qilish ham yozuv sifatini oshiradi. Oʻquvchilarning yozuv tezliklarini kuzatish, kamchiliklarini hisobga olish, yutuqlarini koʻpchilikka namuna qilib koʻrsatish ham bu tamoyilning asosiy shartlaridan sanaladi. 6. Yozuvga oʻrgatishning oʻqishga oʻrgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili. Dastur talablari yozuvga oʻrgatishni oʻqishga oʻrgatish bilan bir paytda amalga oshirishni nazarda tutadi. Savod oʻrgatishning dastlabki bosqichida oʻqish va yozuv bog`lab olib boriladi. Oʻquvchi yaxshi oʻqish sifatlari (togri, ongli, tez va ifodali oʻqish)ni egallash bilan bir paytda yozuvga ham oʻrgatilib boriladi. Negaki yozish va oʻqish bolaning nutqiy rivojlanishi (lug`at boyligi, gap tuzish koʻnikmasi, nutqning mantiqiy boglanishi)ni ta’minlaydi. Yomon oʻqigan bola yozuvni egallashi qiyin boʻladi, chunki boʻg`inlab oʻqish malakasidan soʻng boʻg`inlab yozish malakasi shakllanadi. O`quvchi yozuv materialini ichida bo`g`inlab aytib turib yozadi, ichda aytib turib yozmasa, harflarni, bo`g`inlarni tushirib qoldirishi mumkin. 7. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog`liqligi tamoyili. Chiroyli yozuv imlo bilan chambarchas bogliq. Oʻquvchining imloviy savodxonligi haqida g`amxoʻrlik qilish tilning aniqligi, fikrni toʻg`ri ifodalash, kishilar bilan oʻzaro xatosiz muomalasi uchun g`amxoʻrlik demakdir. Shu sababli ham savod oʻrgatish davrida bolalarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga imloga oid malakalarning shakllanishiga zamin yaratiladi. Malumki, savod oʻrgatish davrida oʻquvchi gapni bosh harf bilan yozish, soʻzning satrga sig`may qolgan qismini keyingi qatorga koʻchirish, kishilar ismi, sharifi, hayvonlarga qoʻyilgan nomlarda bosh harf ishlatilishini amaliy tarzda oʻrganadi. Chiroyli yozuv darslarida soʻzlar, gaplar, matnlar yozish, ularning imlosini tekshirishi orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, imlo qoidalarini puxta egallashlariga zamin yaratadi. XULOSA
Foydalanilgan aadabiyotlar Gʻulomov. M Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini husnixatga oʻrgatish . T 2016 Gʻulomov. M Chiroyli yozuvni shakllantirish T. 2013 Gʻapporova va boshqalar Alifbe 2018 Gʻapporova va boshqalar Yozuv daftari 1- 2 sinflar uchun Download 55.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling