Yozuv, uning paydo bo`lishi, taraqqiyoti va yozuv vositalari
Shumer Yozuvlarida quyoshni tasvirlovchi belgi
Download 394.14 Kb.
|
Yozuv-uning-paydo-bo`lishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shumer tilida Xitoy tilida
Shumer Yozuvlarida quyoshni tasvirlovchi belgi - nur, kun, oqlik degan so`zlarni anglatish uchun, yulduz belgisi - osmon, xudo degan so`zlarni, chigirtka tasviri esa yo`q so`zini ifodalash uchun ishlatilgan.
Xitoy tilida belgilar shakli yoki vaziyati o`zgarishi bilan yangi ma`no kasb etganlar. Masalan, odam degan so`zni anglatuvchi ieroglif birmuncha o`zgartirilganidan (yangi chiziqlar qo`shilganidan) keyin tana, qo`l degan ma`noni anglatgan. Xitoy mirzalari sonlarni va fazoviy munosabatlarni bildirish uchun maxsus shartli-ramziy ierogliflarni qo`llanganlar.Ko`pincha murakkab va mavhum tushunchalar ikki ideogrammani bir belgida uyg`unlashtirish, birlashtirish yo`li bilan bayon qilingan. Shumer Yozuvlarida quyoshni tasvirlovchi belgi non+og`iz = emoq ko`z+kuchuk = yovuz qush+tuxum = turmoq ayol + bola = sevmoq quloq+eshik = eshitmoq, bildirmay quloq solmoq qilich + yurak = sabr qilmoq, toqat qilmoq ayol+tom = tinchlik, sukunat, jimlik. Shumer tilida Xitoy tilida Masalan, Shumer tilida quyidagi birikmalar ishlatilgan: Shakldan harfga o`tish uchun zaruriyat. Yozuv biladiganlar nihoyat darajada kam bo`lganligidan va Yozuvdan tasodifiy hollardagina foydalanilganligidan piktografik Yozuvning kamchiliklari ko`zga tashlanmagan. Lekin davlat tuzumi rivojlanib, yozishmalar kundalik ishga aylana borgan sari Yozuvga ehtiyoj ortavergan, Yozuv kundalik hayotda zaruratga aylangan. YOzishni tezlashtirishga ehtiyoj tug`ilgan. Har bir tasvirdagi rasm asta-sekin soddalashib borishi va ularning hammasi aniq grafik belgilarga ajralib ketishi qonuniydir. Muayyan rasm buyumning nomi bilan atalgan, buyum tasvirlovchi bo`lib qolgan. Yozuv bitiladigan material belgi-rasmlarning shakliga jiddiy ta`sir ko`rsatgan. Masalan, Old Osiyoda to`g`ri burchakli yoki cho`zinchoq doira shaklidagi sopol taxtachalarga belgilar chizilgan. Loyning qovushqoqligi taxtachalarga aylana chiziqlar chizishni qiyinlashtirgan, shuning uchun pona shaklidagi belgilar - mixxat ishlab chiqilgan. Misrda asosiy Yozuv materiali sifatida papirusdan foydalanilgan; papirus - xat yozish uchun maxsus tayyorlangan birinchi materialdir. Misr Yozuvlari tasviriyligi bilan ajralib turadi. Xususan toshga o`yib yozilgan xatlar ko`zga yaqqol tashlanadi. Ular ko`pincha naqsh bilan mohirona uyg`unlashtirilgan. Yоzma yodgorliklarning but holda saqlanishi ham uning qanday materialga bitilganiga bog`liq bo`lgan. Tez yirtiladigan, uvalanadigan, mo`rt materialga bitilgan xatlar yo`q bo`lib ketgan, pishiq, mustahkam asosga bitilgan Yozuvlar esa zamonamizgacha saklanib qolgan. Uzoq o`tmish sadolarini bizga ayni shu Yozuvlar etkazmoqda. Eron podshohi Doro I ning toshga o`yib yozilgan quyidagi dabdabali ogohlantirishi Shunday Yozuvlardan biridir: «Doro, shahonshoh deydi: Sen, kelgusida mening buyrug`im bilan qoyaga o`yilgan mana shu Yozuvni yoki ana shu tasvirlarni ko`rasan, - Ularni vayron qilma! Qudrating etar ekan, ularni ehtiyot qil». E’tiboringiz uchun rahmatDownload 394.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling