Yozuv,uning paydo bo’lishi,taraqqiyoti va yozuv vositalari


Download 285 Kb.
bet2/3
Sana27.02.2023
Hajmi285 Kb.
#1235382
1   2   3
Bog'liq
Eng qadimgi davrda yozuvning paydo bo`lishi

non+og`iz = emoq
ko`z+kuchuk = yovuz
qush+tuxum = turmoq


Xitoy tilida:
ayol + bola = sevmoq
quloq+eshik = eshitmoq, bildirmay quloq solmoq
qilich + yurak = sabr qilmoq, toqat qilmoq
ayol+tom = tinchlik, sukunat, jimlik.
Atoqli otlarni ideogramma bilan anglatish ayniqsa qiyin bo`lgan. Mirzalar ba`zi otlar uchun ma`nosi jihatdan o`xshashroq ideogrammalarni qo`llanganlar. Biroq hamma otlar ham qandaydir ma`noga ega bo`lavermagan. Bu birinchi galda xorijiy otlarga tegishlidir. Lekin ziyrak mirzalar bu qiyinchilikni ham bartaraf etganlar. Ular tadqiqotchilar «rebus» usuli deb ataydigai usulni qo`llanganlar. Ot qismlarga Shunday ajratilganki, bu qismlar eshitilishiga qarab qanday bo`lmasin biror so`zga mos keltirilgan. Bu so`zlarning ideogrammalari yig`indisidan esa ot tuzilgan. Bunday Yozuv tklning tovush tomonini aks ettirgan, tovushli (jaranglaydigan) so`z bilan mustahkam bog`liq bo`lgan; shuning uchun u logogramma deb ataladi (logogramma faqat ma`no bilan bog`liq va har qanday tilda o`qilishi mumkin).
Ovoz chiqarib aytiladigan nutqni aks ettiruvchi murakkab va mavxum tushunchalar uchun belgilar yaratishning yana bir usuli bo`lgan. U aytilishi bir xil, ma`nosi boshqa-boshqa so`zlar - omonimlar uchun qo`llanilgan. Omonimlar bir belgi - logogramma bilan belgilangan, biroq ularni bir-biridan farq qilish uchun logogrammaga determinativ - aniqlovchi belgi (bamisoli sarparda - ochqich alomati) qo`shilgan, bu belgi so`zning
aniq ma`nosini ko`rsatib turgan. Talaffuz etilmaydigan yordamchi belgilarga aylangan boshqa ideogrammalar Shunday aniqlovchi belgilar vazifasini bajargan. Masalan, xitoy Yozuvida fen so`zi aniqlovchi belgisi bo`lmasa, qilmoq fe`lini bildiradi. Usha logogrammaga yurak shaklidagi aniqlovchi belgi qo`shilsa - jahl, g`azab tushunchasini, ip shaklidagi aniqlovchi belgi qo`shilsa - chigal, chatoq. tushunchasini, belgi idish shaklida bo`lsa - tog`ora tushunchasini anglatadi.
Ideografik Yozuv tilniig ma`no tomoni bilan bog`liqdir. Ideogrammannng shakli so`zning qanday jaranglashi (eshitilishi)ga bog`liq bo`lmagan. SHu tufayli ideogrammalar boshqa tillarda ham ishlatilgan va mutlaqo boshqacha jaranglaydigan so`zlarni bildirgan. Masalan, xitoy tilidagi ierogliflar yapon, koreys va vetnam Yozuvlaridan o`zlashtirib olingan.
Hozirgi zamon tilida biz ham belgi-ideogrammalardan foydalanamiz. Bular raqamlardir; biz ularni, mazmuni qaysi tilda bayon etilganligidan qat`iy nazar, tekstdan bilib olamiz. Lekin ular har xil o`qilishi mumkin. Matematikadagi, ximiyaviy formulalardagi belgilar, xalqaro o`lchov birliklari sistemasi tomonidan qabul etilgan turli shartli belgilar ham ideogrammalar bo`lib hisoblanadi.
Masalan, tenglamani olaylik: 128081563033616 = : 4604 x 1151 tenglamasi turli tillarda turlicha eshitilsa xam, doimo bir xil yoziladi.
Qadimgi mirzalarning tirishqoqligi, ijodkorligiga qaramay, ideografik Yozuvda, umuman olganda, jiddiy kamchiliklar bo`lishi nutqni yozishning yangi printsiplarini izlash zaruratini tug`dirgan.
Ideografiya mavhum tushunchalarni belgilar bilan ifodalasa-da, so`zlarning grammatik formalarini ko`rsatib bera olmagan, shu tufayli tushunchalar o`rtasidagi bog`lanishni aniq anglatmagan. Ideografiya sistemasining bartaraf etilishi eng qiyin bo`lgan kamchiligi - unda belgilarning juda ham ko`pligidir. Jamiyat taraqqiyotining ayrim bosqichlarida ideografik Yozuvda o`n minglab belgi bo`lgan. SHu bilan birga, piktogrammalardan olingan, buyumni yakqol tasvirlaydigan belgilar o`z «modellari»ga o`xshamaydigan bo`lib qolgan. Bunday belgilar bilan yozishni va uni o`qishni o`rganish uchun yillar kerak bo`lgan, hammada ham bunday imkoniyat bo`lavermagan.
Qadimgi xalqlar Yozuvni mu`jizaviy san`at hisoblab juda qadrlaganlar, Yozuvni o`zlarining katta xudolari yaratgan deb, shunga ishonganlar. Bobillar Yozuv va xisobning ijodkori deb, koinotni yaratuvchi iloh Marduqning o`g`li, donolik tangrisi Nabuni, qadimgi misrliklar esa donolik tangrisi Totani hisoblaganlar. Bu ikkala xudo odamlarning taqdirini belgilab beradigan, har kimning taqdirini uning peshonasiga «qismat tayoqchasi» bilan yozib qo`yadigan hukmdorlar deb atalgan. Qadimgi xitoylar Yozuvning ijodkori sifatida ajdarxo tumshuqli xudoni - TSan TSzeni, hindlar Braxmani, qadimgi germanlar, ularning e`tiqodicha, sehrli Yozuv - runanipg ijodkori hisoblangan xudo Odinani e`zozlaganlar. Qadimgi Yunonlar son, o`lchov va alifbeni xudo Germes yaratgan dsb bilganlar, odamlarga bu san`atni Germes o`rgatgan emish.
Yozuv undan bexabar odamlarga shu qadar mu`jizaviy ta`sir ko`rsatganki, uni imtiyozli kishilargagina ato etilgan in`om hisoblab, oddiy odamlar uni tushunolmaydi, bilolmaydi deb, shunga ishonganlar. Xat-savodli kishilar alohida tabaqaga kiritilgan; kohinlar, mirzalar, olimlar va davlat arboblari shular jumlasidandir. Mirzalik hurmatga sazovor kasb hisoblangan. Hatto aslzodalar, to`ralar, yuqori mansab egalari ham o`zlarini yozib o`tirgan qiyofada tasvirlatishni yaxshi ko`rganlar.
Jamiyat taraqqiyoti bilan bog`liq ehtiyojlar ixcham, aniq va ideografiyaga qaraganda osonroq Yozuv yaratish zaruratini turdirgan. Yozuvni yanada takomillashtirishga turtki bo`lgan yangi printsip ideografiya bag`rida vujudga kelgan. Bu - ma`noni yozishdan tovushni yozishga o`tish yo`lidir. Biz otlarni «rebus» usulida yozishni eslatib o`tgan edik, bunda otlarni yozish uchun ma`nosi jihatdan emas, balki eshitilishi jihatdan o`xshash so`zlar tanlanar edi. Masalan, Shumerda eramizdan oldingi uch ming yillik boshidayoq Shumer hokimlarining faoliyatlarini - xarbiy yurishlar, janglar va boshqalarni madh etuvchi Yozuvlar (o`ziga xos abadiy «janr» sifatida) tarqalgan edi. Bu szuvlarda zabt etilgan shaharlar va o`lkalarning nomlari, ajnabiy podshohlarning aynan «rebus» usulida yozilgan otlari keltirilardi.
Eshitilishi (jaranglashi) jihatdan bir-biriga yaqin so`zlar - omonimlarni umumiy belgi bilan ifodalashda ham fonetik prpitsip qo`llanilgan. Inson logogrammani aytilgan so`zning Yozuvdagi ifodasi sifatida idrok etishni o`rgangan.
Bo`g`inli Yozuv harfga olib borayotgan yo`ldagi navbatdagi qadam bo`ldi. Bu mutlaqo yangi g`oya edi, uning yuzaga kelishi yuksak abstrakt (mavhum) tafakkurni talab qilardi. Bu osonlikcha qo`yiladigan qadam emas.
YAxlit ma`no anglatadigan so`zni birinchi marta hech qanday ma`noni bildirmaydigan qismlarga bo`lib yuborish uchun ma`noni go`yo ahamiyatsiz bir narsa hisoblab, tovush qobig`ini undan ajrtish kerak edi. Holbuki so`z ma`noni anglatish, etkazish maqsadidagina mavjuddir. Buning uchun insoniyatga qariyb ikki ming yil kerak bo`ldi. Agar dastlabki ideografik sistemalar eramizdan oldingi to`rtinchi-uchinchi ming yilliklarda vujudga kela boshlagan bo`lsa, bo`g`inli szuv sistemasi faqat eramizdan oldingi ikkinchi-birinchi ming yilliklardagina paydo bo`ldi.
Bo`g`inlar Qadimgi Misr, Shumer, Ossuriya, Bobil, Qadimgi fors, xitoy va boshqa ideografik Yozuv sistemalarida ajralib chiqqan. Odatda bir bo`g`inli ideogrammalar - «rebus» usulida bo`g`inlarga aylangan.
Biroq turli tarixiy sharoitlar taqozosi bilan qadimgi Yozuvlar ba`zan sof bo`g`inlarga aylanishga ulgura olmay, muomaladan chiqib ketgan. Boshqa, ancha «yoshroq» Yozuvlar esa, aksincha, qadimgi ideografik sistemaning bslgilar asosidan foydalanib, bo`g`inli Yozuvga aylangan (masalan, yapon Yozuvi). Xitoy Yozuvining rivojlanish yo`li o`ziga xos bo`lgan.
Bo`g`inli Yozuv sistemasi o`rganish va qo`llanish uchun ideografik Yozuvga qaraganda ancha qulay bo`lgan. Undagi belgilar soni ikki-uch yuzdan oshmagan va bir necha belgidan kam bo`lmagan, shunga ko`ra Yozuv ancha ixchamlashgan, tilning fonetik va grammatik tuzilishini aniqroq aks ettirgan.
Shunday bo`lishiga qaramay, til oz bo`g`inlardan «yig`ilgan» holdagina bo`g`inli Yozuv o`zini oqlay olgan. Boshqa hollarda Yozuv ixchamligini yo`qotgan - ko`p joy egallaydigan bo`lib qolavergan.
Yozuvning bundan keyingi rivojlanishi tovushlar oqimini juda mayda «bo`lakchalarga» - tovushga qadar bo`lish yo`lidan borgan.
Insoniyat g`oyat darajada zo`r, ulug` ish bajargan. Dastlab bizning murakkab va turli-tuman nutqimizni tashkil etgan «bir andazaga tushgan» til elementlari alohida ajralib chiqqupga qadar tovushlar oqimini mayda bo`lakchalarga, qismlarga bo`lish, ularni o`zaro taqqos-lash, ularning farqini va o`xshashligini aniqlash kerak bo`lgan, axir. Masalan, sen so`zidagi birinchi tovushni talaffuz etganda lablarimizni bir oz yozamiz, so`ng so`zidagi birinchi tovushni talaffuz etishda lablarimizni salgina oldinga cho`zamiz va yumaloqlantiramiz, sal so`zida lablarimizni dumaloqlantirmaymiz, suv so`zida esa lablarimizni oldinga cho`zamiz va yumaloqlantiramiz. Biroq turlicha eshitilgan shu tovush Yozuvda bir xil harf - s harfi bilan yoziladi. Qad va qat so`zlari, garchi oxirgi harflari turli tovushdan iborat bo`lsa ham, bir xilda eshitiladi va hokazo.
Qadimgi Misr Yozuvida dastlab undosh tovushlar ajratilgan, bupga qadimgi Misr tilida bir tovushdan tuzilgan logogrammalar bo`lganligi yordam bergan.
Birinchi alifboni eramizdan oldingi ikkinchi ming yillikda
Download 285 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling