Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev


Download 2.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/193
Sana25.10.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1722490
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   193
Bog'liq
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish

AO
tl
= 1+5+5+1+3+3= 18 ball 
Qolgan loyiha ballari va umumiy ko„rsatkichlari ham shu tarzda hisoblab 
topiladi.
Jadval natijalaridan ko„rinib turibdiki, loyihalash byurosini tashkil etish va 
gullar o„stirish loyihalarini amalga oshirishda muammolar minimal darajada. Bu 
loyihalarni amalga oshirgan tadbirkorlar foydaga erishishi mumkin bo„ladi.
Tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish jarayonida quyidagi tamoyillar 
loyihalarning muvaffaqiyati garovi bo„ladi.
1. Loyihalarni amalga oshirish uchun taxminiy xarajatlar uning 
jamg„armasi, sheriklar sarmoyasi va mumkin bo„lgan bank krediti yig„indisidan 
iborat bo„lgan potensial imkoniyatidan oshmasligi kerak. 
2. Standart, sodda texnika va texnologiyadan foydalanishga asoslangan 
loyihani amalga oshirish ancha oson bo„ladi: ishlatish va ta‟mirlashning soddaligi; 
ilg„or texnika va texnologiyadan agar u, tadbirkorning kasbiy mahoratiga yoki 
uning «HOU-XAU»siga mos kelgan holda foydalanilsa maqsadga muvofiq 
bo„ladi. 
3. Ishlab chiqarish maydoni shu shahar, hudud, tumanning aniq 
imkoniyatlariga mos kelishi kerak. 
4. Talab qilinayotgan xodimlarning kasb-mahorat darajasi shu hududning
potensial imkoniyatlariga mos kelishi kerak. 
5. Xom ashyo va material ta‟minoti manbalari ham ishonchliligi, xom ashyo 
sifatining yaxshiligi bilan mos kelishi kerak.
 
3.3. Kichik biznes va xususiy korxonalarni davlat tomonidan
qo‘llab–quvvatlanishi 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Iqtisodiy islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkchilikni himoya qilishni ta‟minlash va
tadbirkorlikni rivojlantirish choralari to„g„risida” 1994 yil 21 yanvardagi Farmoni 
tadbirkorlik va biznes faoliyatini kengaytirish uchun imkon ochish bilangina 
cheklanib qolmay, balki Respublika xalq xo„jaligi majmuasining jahon bozoriga 
mos ravishda kirib borishi uchun ham yo„l ochadi. Shunisi quvonarliki, bu farmon
tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ullanish uchun aholining barcha ijtimoiy
guruhlariga teng imkoniyatlar beradi. 


83 
Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va iqtisodiyotning kichik 
biznes sektorini shakllantirishni jadallashtirish yuzasidan bosh islohotchi sifatida 
ko„p ishlarni qilmoqda, ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqmoqda.
Ayrim chora-tadbirlar asta-sekin kuchga kirib bormoqda, lekin umuman 
olganda iqtisodiyot ilgari tomonga qarab rivojlanmoqda, rivojlanganida ham 
«sakrab-sakrab» emas, balki bozor munosabatlariga o„tishning o„ziga xos usulida 
ko„zda tutilganidek, bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. 
Yana bir narsani nazardan qochirmaslik kerak, tadbirkorlik va biznes 
respublikaning o„zidagi ishlab chiqarishga, jumladan, undagi resurslarga - xom 
ashyo, moddiy, aqliy va boshqalarga tayanmaydigan bo„lsa, fikrimizcha, ravnaq 
topishi bir qadar qiyin. 
Ma‟lumki, tashabbuskorlik, tadbirkorlik ma‟lum darajada ijtimoiy, moddiy, 
madaniy taraqqiyotning asosi hisoblanadi. Shaxsiy tashabbuskorlik rag„batlantirib 
boriladigan va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy sharoit yaratib
berilgan qator mamlakatlarda (AQSh, Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya va
h.k.) yuqori iqtisodiy natijalarga hamda aholining moddiy faravonligini yuqori 
darajaga ko„tarishga erishildi. Tadbirkorlik faoliyatini faollashtirish yuqori 
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda uchinchi jahon davlatlari 
Gonkong, Malayziya, Koreya va h.k.larga ham taalluqlidir. 
Xorijiy mamlakatlar tajribalari shuni ko„rsatdiki, tadbirkorlikni 
rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur: 
1. Tadbirkorlikni davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash va eng muhimi unga 
iqtisodiy hamda huquqiy erkinlik berish. 
2. Jamiyat fikr-mulohazalariga muvofiq qulay ijtimoiy muhitni shakllantirish 
(tashkil etish). 
3. Soliq tizimida mumkin qadar qulaylik tug„dirish. 
4. Xususiy va intellektual mulkni himoya qilishning samarali tizimlarini tashkil qi-
lish. 
5. Tadbirkorlikni qo„llab-quvvatlash infrastrukturasini tashkil qilish (o„quv 
markazlari, maslahat beruvchi, tadbiq qiluvchi, innovatsiya va h.k.). 
Shuni ta‟kidlash lozimki, O„zbekistonda bu sharoitlar ma‟lum darajada 
tashkil qilingan va boshqalarini amalga oshirish yuzasidan bir qator tadbirlar olib 
borilmoq-da. 
Bu boradagi ilk faoliyatlar mustaqillikka erishgan davrimizdayoq boshlangan, 
jumladan, 1991 yili «Tadbirkorlik to„g„risida»gi va «Korxonalar to„g„risida»gi 
qonunlarning qabul qilinishidir. Ushbu qonunlarga muvofiq har bir fuqaro tad-
birkorlik faoliyati bilan shug„ullanish huquqiga ega. Har bir fuqaro ish faoliyatini 
tashkil qilishi mumkin va ishlab chiqarayotgan mahsuloti hamda olingan foyda yu-
zasidan mustaqil ravishda mahsulotlar (ko„ylak, mebel, oyoq kiyimlari, turli pa-
zandalik mahsulotlari va h.k.) tayyorlashi va sotishi, korxona (firma) tashkil qilishi, 
aholiga va sanoat korxonalariga turli xildagi pulli xizmatlar ko„rsatishi, sotib ol-
ishi, sotishi, vositachilik faoliyatini ko„rsatishi mumkin. Shuningdek, fuqarolar tad-
birkorlik faoliyatida moddiy javobgarlikni amaldagi qonun-qoidalar asosida olib 
boradilar va butun mas‟uliyatni o„z zimmalariga oladilar. 


84 
Tadbirkorlar davlat qonunlariga zid bo„lmagan turli yo„nalishda faoliyat 
ko„rsatuvchi korxonalar (firmalar), tashkilotlarni tashkil etishlari mumkin. Tad-
birkor mustaqil ravishda ishlab chiqarish dasturini tuzish, o„z mahsulotiga 
iste‟molchilarni tanlash, ularga O„zbekiston Respublikasi davlat qonunlari va
shartnomalari asosida narx belgilash, shartnomalar tuzish, korxona daromadidan 
mustaqil foydalanish, majburiy to„lovlardan qolgan qismiga tashqi iqtisodiy
faoliyat olib borish huquqiga ega. 
Tadbirkor o„z mahsulotini, xizmatini o„zi mustaqil belgilagan tarif va 
narxlarda yoki shartnoma asosida hamda ayrim hollarda O„zbekiston Respu-
blikasi qonun-qoidalariga muvofiq davlat tomonidan belgilangan narxlarda sotish-
ni amalga oshiradi. 
Davlat antimonopol qonun-qoidalariga muvofiq bozorda hukmron (ustun
bo„lgan) holatni egallagan korxona mahsulotlari narxini bosh-qarish huquqiga 
ega. Tadbirkor davlat va xorijiy davlatlar banklari kreditlaridan hamda tijorat 
banklari-ning chet el valyutalaridan foydalanish huquqiga ega. 
Tadbirkor mulkchilik shaklidan qat‟iy nazar ishchilarga mehnat sharoitini 
yaratish va ularni ijtimoiy himoyalash maqsadida davlat qonunida kafolatlangan 
minimal ish haqini ta‟minlagan holda mustaqil ravishda ish haqining shakli, siste-
masi va miqdorini belgilashi mumkin. 
Bu faoliyatlardan tashqari O„zbekiston Respublikasida kichik biznes va 
xususiy korxonalar faoliyati doirasida quyidagilar kafolatlanadi: 

Tadbirkorlik faoliyati qatnashchilari manfaatlarini himoya qilish, davlat, 
davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan korxonalar haq-huquqlarining 
kamsitilishiga yo„l qo„ymaslik; 

Mulkchilik shaklidan qat‟iy nazar korxonalar faoliyatiga bir xil shartlar, 
sharoitlar yaratish; 

Tadbirkorlik faoliyati qatnashchilarining (subyektlarining) bozordan, 
tabiiy, mehnat, moliyaviy, moddiy resurslardan foydalanishda teng huquqliligi; 

Korxona mulkini noqonuniy musodara qilishdan himoyalash; 

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo„lgan talabga ko„ra ish va xiz-
matlar bajarish, shartnomalar tuzish va boshqalarda mustaqil ish yuritish. 
Davlat barcha turdagi qurollar ishlab chiqarish, narkotik va zaharli moddalar, 
spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, rudalarni, qimmatbaho metallar va radioak-
tiv materiallarni qayta ishlash hamda yuqumli, asab, onkologik kasalliklarni davo-
lash kabi faoliyatlarda yakka hokimlikni (monopoliyani) saqlab qoladi. 
Davlat tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy tashabbuslarini kafolatlaydi. 
Davlat tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga kafolat beradi. 
Agar davlat yoki uning organlari tomonidan kompetensiyaga va qonun talablariga
mos bo„lmagan akt tuzilib, ayrim harakatlar natijasida tadbirkor huquqlari buzil-
sa, tadbirkor bu aktning noqonuniy ekanligini e‟tirof etish (tan olish) to„g„risida
ariza yozib sudga murojaat etish huquqiga ega. 
Yuqoridagi vazifalarni bajarish bilan birgalikda O„zbekistonda iqtisodiy 
islohot yillarida kichik biznes va xususiy korxonalarni rivojlantirishga yordam be-
radigan huquqiy shart-sharoitlar va institutsional tuzilmalar vujudga keltirildi.


85 
Tadbirkorlikni rivojlantirishni qo„llab-quvvatlashning muhim omillaridan 
biri hisoblangan kichik va o„rta biznesni rivojlantirishni infratuzilmalarsiz tasavvur 
etish qiyin. Respublikamizda kichik biznes va xususiy korxonalarni qo„llab-
quvvatlash uchun tegishli bo„lgan barcha infratuzilma elementlari amalda yaratil-
gan. Bular turli jamg„armalar, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, 
kredit va sug„urta tashkilotlari, dehqon va fermer uyushmalari, lizing va injeniring 
kompaniyalari, tijorat banklari, texnoparklar, maslahat va axborot xizmati 
ko„rsatuvchi turli agentliklar va xizmatlardir. 
Bu tuzilmalardan biri savdo-sanoat palatasi bo„lib, u tomonidan tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug„ullanuvchi kichik va xususiy biznes subyektlariga o„z 
faoliyatlarini tashkil etishda hujjatlarni rasmiylashtirish, moddiy-texnik resurslar 
bilan ta‟minlash, moliyaviy yordam berish, ularni huquqiy himoya qilish va yordam 
ko„rsatish hamda xo„jalik faoliyatlarini olib borish jarayonlarida yuzaga keladigan 
turli muammolarni hal etishda maslahatlar berish, ularni zaruriy axborotlar bilan 
ta‟minlash ishlari olib boriladi. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida 
hozirgi kunda savdo-sanoat palatasi qoshida tadbirkorlarga turli xizmatlar 
ko„rsatuvchi axborot-maslahat markazlari tashkil etilgan. Masalan, «Savdo-sanoat 
palatasida» ko„p tarmoqli «Maroqand» axborot markazi 3.1-rasmda ifodalangan 
xizmatlar bo„yicha faoliyat ko„rsatmoqda. 
Tadbirkorlarga xizmat ko„rsatuvchi infratuzilmalardan yana biri - bu lizing 
tizimidir. Lizingning mohiyati, iqtisodiy va tashkiliy ahamiyatini 3.2-rasmda 
keltirilgan asosiy vazifalari orqali izohlash mumkin. Lizing bajaradigan vazifalarni 
ichki va tashqi vazifalarga ajratish mumkin. Ichki vazifalar lizingdan foydalanuvchi 
korxona darajasida namoyon bo„lsa, tashqi vazifalari esa, umumiqtisodiy darajada 
namoyon bo„lib, makroiqtisodiy ko„rsatkichlarga ta‟sir etadi. Lizing tizimining 
g„oyat muhim tomoni shundaki, u moliyaviy tejash asosida mashina va uskunalarni 
qisqa muddat ichida yangilashga yordam beradi. Ayniqsa, moliyaviy resurslarga 
ega bo„lmagan kichik biznes va xususiy korxonalar tadbirkorlari uchun lizing juda 
ham qo„l keladi. Lizing xalq xo„jaligini chet el sarmoyasi va eng zamonaviy yangi 
texnologiyalar hamda asbob-uskunalar bilan ta‟minlanishiga ham imkoniyatlar 
yaratadi.
Hozirgi kunga kelib respublikamizda nufuzli lizing kompaniyalari tashkil 
etildi. Bularga «O„zbeklizing Interneyshnl», «O„zavializing», «Barakalizing», 
«O„zagrolizing», «O„zKeysmashlizing» kabi lizing kompaniyalari misol bo„la 
oladi. Haqiqatdan ushbu kompaniyalar O„zbekiston bozorida xo„jalik yurituvchi 
subyektlarni yangi texnologik uskunalar bilan ta‟minlashda samarali ishlar olib 
bormoqda.
Kichik va xususiy rivojlantirish yo„nalishlaridan yana biri, bu moliyaviy 
ko„mak berish hisoblanadi. Bu borada hukumatimiz tomonidan juda ko„plab 
farmoyish va qarorlar qabul qilinmoqda. Kichik biznes va xususiy korxonalarni 
moliyalashtirish imkoniyatlarini oshirish maqsadida O„zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2001 yili «Kichik va o„rta korxonalar, dehqon va fermer 
xo„jaliklarini mablag„ bilan ta‟minlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank 
xizmatlari va boshqa xizmatlar ko„rsatish bo„yicha chora-tadbirlar to„g„risida»gi 
366-sonli qarori alohida ahamiyat kasb etadi.


86 

tovar va xizmatlarni sotish haqida tak-
liflar; 

tovar va xizmatlarni, shu jumladan xom 
ashyo materiallarni xarid qilishga 
bo„lgan talablar 

xalqaro va respublika miqyosidagi 
ko„rgazma va yarmarkalar; 

investiciyalarning ustivor 
yo„nalishlari, investitsiyalarni jalb qi-
lishga oid qoida va shartlar; 

ishlab chiqarishning tarmoqlari 
bo„yicha mini texnologiya va uskuna-
lar 

kredit olish uchun zarur hujjatlar va 
shartlar; 

biznes hamroh. Xorijiy davlatlardan 
hamkorlik qilish xohishini bildirgan 
kompaniyalar haqida ma‟lumotlar, 
ularni takliflari lizing olish qoidalari; 

soliq tuzimi haqidagi ma‟lumotlar, 
soliq kodeksiga kiritilgan o„zgarishlar 
haqida. 

Masla
h
atlar. O'z ishini yuritish bo„yicha 
takliflar; 

Audit. Auditorlik xizmatini tashkil qilish 
bo„yicha ma‟lumotlar; 

Korxona va uning ma
h
sulotlari reklamasi; 

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling