Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev


Download 2.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/193
Sana25.10.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1722490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Bog'liq
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish

 
Taqrizchilar: 
 
SH.ZAYNUDDINOV 
Toshkent 
Davlat 
iqtisodiyot 
universiteti, 
«Menejment» kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor 
M. ADHAMOV Farg„ona Davlat universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi prof-
essori, iqtisod fanlari doktori
 
 
 
 



KIRISH 
Mustaqil O„zbekiston Respublikasini iqtisodiy jihatdan rivojlantirish amalga 
oshirilayotgan hozirgi kunda jamiyatning har bir a‟zosi oldida bozor iqtisodiyoti 
qonuniyatlarini, 
uning 
O„zbekiston 
Respublikasida 
qanday 
amalga 
oshirilayotganini, bu qonuniyatlarning ishlab chiqarishga tadbiq etilishi va 
pirovard natijasini, talab darajasida xizmat ko„rsatish va tovar ishlab chiqarishni 
yo„lga qo„yishning sirlarini bilib olish kabi vazifalar turibdi. 
Bozor iqtisodiyotining asl ma‟nosi iqtisodiyotni tashqaridan tartibga solish 
tajribasidan voz kechib, o„z-o„zini boshqaradigan mexanizm yaratishdir. Ana shu 
o„z-o„zini tartibga solib, yo„naltirib, barqaror o„sish suratlarini ta‟minlab turadigan 
yangi bozor mexanizmining markazida inson omili yotadi. Boshqacha qilib 
aytganda shunday sifatdagi kadrlar tayyorlash kerakki, u o„zida hozirgi zamon 
ilmiy-texnik 
inqilobi yutuqlarini mujassamlashtirgan, paydo bo„ladigan 
ziddiyatlarni bartaraf qila oladigan xususiyatlarni gavdalantirgan bo„lishi kerak. 
Ayni vaqtda kadrlar o„zida yuksak milliylik, o„z Vatani imkoniyatlaridan unumli 
foydalana bilish xislatlarini ham egallashlari darkor.
Prezidentimiz I.A.Karimov «O„zbekiston kelajagi buyuk davlat, deb 
ta‟kidlamoq uchun barcha asoslar bor. Respublikada hamma narsa tabiiy boyliklar, 
unumdor yer, qudratli iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ma‟naviy salohiyatlar mavjud. 
Eng muhimi - bu diyorda mehnatsevar xalq va iste‟dodli yoshlar yashaydi»
*
,

degan edi. 
O„zbekiston Respublikasining kelajakda buyuk davlat bo„lishi ko„p jihatdan 
hozirgi kunda ta‟lim-tarbiya olayotgan yoshlarga bog„liq ekan, ularni har 
tomonlama yetuk kadrlar qilib tayyorlash, ayniqsa, ilmiy jihatdan har qanday 
nazariy muammolarga va xo„jalik amaliyotida paydo bo„ladigan savollarga ijobiy 
yondasha oladigan, ularni hal etish qobiliyatiga ega bo„lgan mutaxassislarni 
tayyorlash shu kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanib bormoqda. 
Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida «yangi pedagogik texnologiyalarni 
qo„llab talabalarni o„qitishni intensivlashtirish» eng zarur vazifalardan qilib 
qo„yilgan.
Pedagogik texnologiya bu - texnika va inson omillarining o„zaro ta‟sirini 
hisobga olgan holda o„qitish va darslarni o„zlashtirish jarayonidagi yaratish, 
qo„llash, aniqlashni optimal shaklga keltirishni o„ziga maqsad qilib qo„ygan 
sistemali yondashish uslubidir.
O„qitishning maqsadi, uning mazmuni, dars uslubi, nazorat va natijani 
baholashni o„zaro bog„lab loyihalash, dars o„tayotgan o„qituvchining maqsadi va 
talabalarning vazifalari orqali aniq ravshan belgilab berish pedagogik 
texnologiyaning asosini tashkil qiladi. 
1997 yil avgust oyida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»da 
O„zbekiston yoshlarining raqobatbardosh bilimli bo„lishi, jahon andozalari 
darajasiga erishish va davlat standartlari asosida tayyorlash vazifasi qo„yilishining 
*
*
I.A. Karimov. O„zbekiston buyuk kelajak sari. T.: O„zbekiston. 1998, 165bet.



o„zi, iqtisodning barcha sohalarida yangi mutaxassislarni va ixtisoslashgan 
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga qaratilgandir. 
Bunday jahon andozalariga mos keladigan va Respublikamiz milliy 
qadriyatlarini o„zida mujassam eta oladigan mutaxassis kadrlar tayyorlash oliy 
o„quv yurtlari zimmasiga yuklatiladi. Bu esa oliy o„quv yurti zimmasiga barcha 
umumiy yo„nalishga oid fanlar, ilg„or texnika-texnologiya bilan bir qatorda 
zamonaviy moliyaviy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqaruvga oid bilimlarni o„qitishni 
tubdan yaxshilash va takomillashtirish vazifasini qo„yadi.
Korxonalar va ularning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish davr talabiga 
aylanib borayotgan bir paytda zamonaviy iqtisodiy fanlar qatoridan o„rin olgan 
biznes va tadbirkorlikka oid fanlarni o„qitish muhim o„rin tutadi. Ishlab chiqarish 
salohiyatini mustahkamlash Respublikani yanada samarali rivojlantirish uchun 
ishonchli asoslardan biridir. 
Respublikada qudratli va bir qancha nodir sanoat korxonalari barpo etilgan va 
ishlab turibdi. Ular sanoatning deyarli barcha tarmoqlari - og„ir sanoat, mashinaso-
zlik, samolyotsozlik va avtomobilsozlik sanoatidan tortib, engil sanoat va qishloq 
xo„jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati, fan bilan bog„liq bo„lgan ishlab 
chiqarish tarmoqlarigacha barcha turdagi ishlab chiqarish sohalarini qamrab olgan.
Mavjud ulkan resurslar, aql-zakovat va ishlab chiqarish potensiali hamda shu 
soha ilmini mukammal egallagan mutaxassis kadrlar respublikada iqtisodiyotni 
yangilash, uni rivojlantirish yo„liga o„tkazishga doir islohotlarni amalga oshirishga 
yordam beradi. 
Hozirgi kunda har bir rahbar xodim korxonalar faoliyati samaradorligi aso-
sini tashkil qiladigan asosiy va yordamchi ishlab chi-qarish jarayonlarini tashkil 
qilish, texnika - texnologiyani zamon talablari asosida takomillashtirishda inno-
vatsion qarorlar qabul qilish va boshqarish kabi bilimlarga ega bo„lishi zarur. 
Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish davr talabiga aylanib borayotgan 
bir davrda kichik biznes va xususiy korxonalarni tashkil qilishning tashkiliy-
huquqiy asoslari, muammolarni bartaraf qilish yo„llarini bilish talab etiladi.
Shu munosabat bilan mazkur darslikda korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil 
qilish, kichik biznes va xususiy korxonalarni tashkil qilishga doir masalalarni im-
kon qadar kengroq yoritishga harakat qilindi. 
Darslikni tayyorlashda o„zlarining qimmatli fikr-mulohazalarini bildirgan 
taqrizchilar iqtisod fanlari doktori, professorlar Sh.Zaynuddinov va M.Adhamov-
larga shuningdek, “Menejment” kafedrasi mudiri, dotsent Х.G‟oziyev, dotsent 
A.Soliyevlarga muallifllar chuqur minnatdorchilik bildiradilar. 
Mualliflar darslikni ilk bor nashrga tayyorlanganligi va kamchiliklardan holi 
emasligini nazarda tutib, bildirilgan fikr-mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul 
qiladilar va kelgusi nashrlarda ularni inobatga oladilar. 




Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling