Yugurish (sportda) yengil atletika turi. Yugurish barcha sport turlari musobaqalari va mashgʻulotlari tarkibiga kirgan
Download 79.69 Kb.
|
Yugurish RASM
Yugurish (sportda) — yengil atletika turi. Yugurish barcha sport turlari musobaqalari va mashgʻulotlari tarkibiga kirgan. Olimpiada oʻyinlarida yugurish boʻyicha qisqa masofa (100, 200, 400 m), oʻrta masofa (800, 1500 m), uzoq masofa (3000, 5000, 10000 m), marafon (42 km 195 m), estafeta (4x100, 4x400 m), toʻsiqlar osha yugurish (100, 110, 400 m), gʻovlar osha yugurish (3000 m), yettikurash (100 m ga toʻsiqlar osha yugurish, 200, 800 m), oʻnkurash (100, 400, 1500 m, 110 m ga toʻsiqlar osha yugurish) va zamonaviy beshkurash (4000 m)da musobaqalar oʻtkaziladi. Shuningdek, yengil atletika musobaqalarida mavqeiga qarab boshqa masofalarda ham yugurish poygalari tashkil etiladi. Yugurish musobaqalari qadimdan Oʻzbekiston xalqi turmush tarzidan oʻrin olganini Navoiy viloyatidagi Sarmishsoy rasmlarit aks ettirilgan yugurayotgan odamlar tasvirlarida koʻrish mumkin. 1916-yilda Margʻilonda yugurish yoʻlkasi qurilgandan keyin zamonaviy qoidalar asosida respublikada ommaviy musobaqalar tashkil etila boshlagan. Hozirgi vaqtda har bir yengil atletika musobaqasida yugurish turlari ham kiritiladi. Oʻzbekistonda yugurish boʻyicha Nikolay Ovsyannikov, Farida Hasanova, Mamatqul Oltiboyev, Aleksandr Chexonin, Ashur Normurodov, Roza Babich, Svetlana Oʻlmasova, Zamira Zayseva, Marina Shmonina, Anvar Koʻchmurodov, Lyudmila Perepeleva kabi taniqli sportchilar yetishib chiqqan. Download 79.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling