7.1-misol: Хамза stansiyasidan Карши stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofasi aniqlansin.
Yechish: №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan Хамза va Карши stansiyalarini qidirib topamiz:
Stansiya Хамза: Uzbek.; Страница 391; Строка 40; Ташкент-Товарный-6,
Хаваст-153; Kod 722504.
Stansiya Карши: Uzbek; Страница 395; Строка 12; Кашкадарья-12,
Нишан (eksp.)-62; Kod 733104.
Хамза stansiyasi Ташкент-Товарный – Хаваст uchastkasida joylashgan bo‘lib, Хамза stansiyasidan Ташкент-Товарный tranzit punktigacha bo‘lgan masofa 6 km, Хаваст tranzit punktigacha bo‘lgan masofa 153 km.
Карши stansiyasi Кашкадарья – Нишан (eksp.) uchastkasida joylashgan bo‘lib, Карши stansiyasidan Кашкадарья tranzit punktigacha bo‘lgan masofa 12 km, Нишан (eksp.) tranzit punktigacha bo‘lgan masofa 62 km.
Harakat yo‘nalishi bo‘yicha jo‘natuvchi stansiya joylashgan uchastkadan chiquvchi tranzit punktini va tayinlangan stansiya joylashgan uchastkaga kiruvchi tranzit punktini aniqlash uchun ularning orasidagi masofa 4 marotaba aniqlanadi va eng kam masofaga ega bo‘lgani chiquvchi tranzit punkti va kiruvchi tranzit punkti deb qabul qilinadi.
№4 Tarif qo‘llanmasining 3-kitobi [4] ni “O‘zbekiston temir yo‘llari tranzit punktlari tarif masofalari” jadvalidan quyidagi tranzit punktlar orasidagi tarif masofalarini aniqlaymiz:
Ташкент-Товарный – Кашкадарья 506 km;
Ташкент-Товарный – Нишан (eksp.) 580 km;
Хаваст – Кашкадарья 347 km, min;
Хаваст – Нишан (eksp.) 421 km;
Shunday qilib harakat yo‘nalishi bo‘yicha: Хаваст – chiquvchi tranzit punkti; Кашкадарья – kiruvchi tranzit punkti (8.2-rasm).
Stansiyalar orasidagi masofalar:
Хамза – Хаваст = 153 km;
Хаваст – Кашкадарья = 347 km;
Кашкадарья – Карши = 12 km.
Do'stlaringiz bilan baham: |