Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida). O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida).
- Bu sahifa navigatsiya:
- REJA: 1. Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida).
Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida). O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o‘zgarish va muammolar) Mustaqillik yillarida qishloq REJA: 1. Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida). 2. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o‘zgarish va muammolar) Mustaqillik yillarida qishloq O’rta Osiyo tarixiy voqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir. Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi davrida respublikamiz yosh avlodi, Islom Karimov aytganidek, «...necha yillar bizni tariximizdan, dinmizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, - natijada ular o’z xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madagiyatidan bahramand bo’lish, o’rganishdan mahrum bo’lib keldi». Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy- axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazdi. Vaholanki, Islom Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobida ta’kidlanidek: «...o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda». Mustaqillik tufayli o’rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lgach, ona zaminimiz ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish biz yoshlarning vazifamiz, inchunun, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi. IX-XV asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda «Renessans» (uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab- yashnashi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon , ayniqsa halifa Ma’mun davrida (813-133 yy.) Bag’dodda «Bayt-ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o’girildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol o’ynadilar. Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-e’tibori bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat qilish, bamisoli uning qayta uyg’onishni anglatadi. Uyg’onish davri namoyondalari qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi. Fanda Sharq va /arb uyg’onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular umumiy, o’xshash tomonlari bilan birga, ma’lum farq, o’ziga xos xususiyatlari jihatidan ham ajralib turadi. Avvalo ular davr nuqtai nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq uyg’onish davri IX-XII asrlarni, so’nggi uyg’onish davri XIV-XV asrlarni o’z ichiga olsa, /arb uyg’onish davri XV-XVII asrlarni o’z ichiga olishi bilan farqlanadi. /arb uyg’onish davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos bo’lsa, Sharqda masalaning g’arbdagidek keskin qo’yilishini ko’rmaymiz. Sharq va /arb uyg’onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat qilish, uni qayta tiriltirish, tabiiy fanlar rivoji, fanda universallikni (qomusiylik), gumanizmni targ’ib etish va boshqalarda namoyon bo’ladi. Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunoslikgining taraqqiyoti ; 2) yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) astranomiya, matematika, minerologiya, jug’rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji; 4) uslubda (metodologiya)- rastionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylikning targ’ib etilishi; 6) falsafaning keng darajada rivoj topishi; 7) adabiyot, she’riyat, ritorikaning (notiqlik) keng rivoji; 8) bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi. Bu davrga kelib, avvalo O’rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu-fan va madaniyatning yirik o’chog’iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil topdi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg’oniy, Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom Moturudiy, Imom Iso at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Maxmud az-Zamaxshariy kabi O’rta Osiyolik olimlar va ulamolarning dongi butun dunyoga taralgan edi. O’rta Osiyo tarixiy vaqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazidan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahoshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar uning taraqqiyoti va boyishga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas tarkibiy qismidir. Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totalitar tuzum hukumronligi davrida mamlakatimiz navqiron avlodi, Islom Karimov aytganidek, necha yillar bizni tariximizdan, dinimizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, natijada ular o’z xalqining tarixini, uning boy tabiiy ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madaniyatdan baxramand bo’lish, o’rganishdan maxrum bo’lib keldi1. Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand- nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazadi. Vaholanki, Islom Karimov “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” kitobida ta’kidlaganidek: “... o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda”2 Mustaqillik tufayli ona zaminimizning ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish, taxlil etish imkoniyatiga ega bo’ldik. O’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi. Ona zaminimizda bundan necha asrlar avval yaratilib, to hanuz yurtimizga ko’rk bag’ishlab turgan qadimiy obidalar, asori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an’analari haqida, Vatanimizning shonli tarixi to’g’risida tasavvur va tushunchalar beradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har bir inson qalbida g’urur-iftixor tuyg’ularini uyg’otadi. IX-XII asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida “Renessans” (Uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab-yashnaganligi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa, xalifa Ma’mun ibn Xarun ar Rashid (813-833yy) davrida Bog’dodda “Bay tul-hikmat (Donishmandla uyi tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-Ximiya va ilmi Nujumga oid asarlar arab tiliga o’grildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar Abbos ibn Said Javhariy, Axmad ibn Abdulloh Marvaziy, Axmad, al – Farg’oniy, Muxammad al Xorazmiylar ham katta hissa qo’shganlar. Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat- ej’tibori bilan dunyoviy gumanistik dunyoqarashi, antik davr madiniy merosiga murojaat qilish bamisoli uning qayta uyg’onishini anglatadi, tabiiy fanlar rivoji, fanda universallik (qomusiylik)ni, gumanizmni targ’ib etish va boshqalarda namoyon bo’ladi. •madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunosligining taraqqiyoti; •astranomiya, matematika, minerologiya, jo’g’rofiya, kimyo va boshqa •yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanii; •tabiiy fanlar rivoji; •falsafaning keng darajada rivoj topishi; •adabiyot, she’riyat, ritorikaning keng miqyosda rivojlanishi; •bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi. •insoniy do’stlik, yuksak axloqiylikning targ’ib etilishi; •uslub (metodologiya)da –ratsionalizm, mantiqning ustunligi; Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: O’rta Osiyoning ko’hna va hamisha navquron Buxoro, Xiva, Samarqand kabi shaharlarida qadimdan fan, madaniyat va ma’naviyatning markazi bo’lib kelganligi bilan ajralib turadi. O’rta Osiyo tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar Muso Muhammad al-Xorazmiy, Axmad al-Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sinolarning nomi bilan bog’liq. Axmad al-Fag’oniy (798-861yy.) mashhur falakiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Falakiyot ilmining usullari haqida” kitob, “Axmad al-Farg’oniy jadvali”, “Usturlab bilan amal qilish haqida” kitob, “Usturlab yasash haqida” qitob, “Simoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida” kitob va boshqalar. Axmad al- Farg’oniyning “Astronomiya asoslari” kitobi o’sha davrdagi astronomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo’lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko’p asrlar davomida Evropada astronomiya bo’yicha qo’llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan. Beruniy yoshlarni ilmga o’rgatish jarayonida aqlga va tajribadan o’tgan bilimga tayanish lozimligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan holda, bolalar bilishi va o’rganishi lozim bo’lgan fanlarni haqiqiy fanlar (til, adabiyot, falsafa, tarix, etnografiya, she’riyat, psixologiya, matematika, fizika, jug’rofiya, geodeziya, falakiyot, minerologiya, tibbiyot)ga bo’ladi. Bu fanlarning har biriga o’z davrigacha bo’lgan bilimlarni umumlashtirib, o’zining yangi xulosalari bilan katta hissa qo’shdi. Jumladan, Beruniy umuman til, til ilmi haqida gapirib, til kishilar o’rtasidagi aloqa va fikr almashuvi vositasigina emas, balki til ilmi barcha fanlarning asosini o’rganishi kaliti deyiladi. Insonning eng oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, yoshlar haqida g’amxurlik qilishdan iboratdir. Beruniy doimo xalqlarning do’stligini, inoq, ittifoq bo’lib yashashi uchun kurashib keldi. U insoniyatga, u yaratgan madaniyatga qirg’in keltiruvchi urushlarni qoraladi. Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma’rifatning keng tarqalishiga katta e’tibolr bergan allomadir. Markaziy Osiyoda uyg’onish davrining eng mashhur mutafakkiri Abu Ali al- Husayn ibn Abdulloh Ibn Sino (980-1037yy.) falsafa, tabobat, tabiatshunoslik, falakiyot, tilshunoslik, mantiq, adabiyot, pedagogika, psixologiya, fizologiya, fiqh, musiqa kabi fan sohilariga bag’ishlab 450 dan ziyod yozgan asarlari bilan jahon ilm- fani rivojiga ulkan hissa qo’shgan va o’z davrida “Shayx-ar-rais” (Olimlar raisi) unvoni bilan taqdirlandi. Olimning falsafaga oid asarlarining eng yirigi “Kitob ash-shifo” bo’lib, mantiq, fizika, matematika, metofizika va ilohiyot qismlarini o’z ichiga oladi. Mantiqning o’zi 9 kitob, fizika 8 kitob, matematika 4 kitob, ilohiyot 1 kitob, jami 22 ta kitobdan ibrat. “Kitob an-nojat”, “Ash-shifo”ning qisqartirilgan turi bo’lib, tabiat, ilohiyot, riyoziyot qismlardan iboratdir. “Danishnoma” ham mantiq, ilohiyot, tabiat, geometriya, astranomiya, arifmetika, musiqa kabi qismlardan iborat. Salomon va Isbol” falsafiy asar. Ibn Sino bilan Beruniyning yozishlari-fizikaga va falsafaga oid 18 ta maktub. Ibn Sinoning maktublariga Beruniyning e’tirozlari nomli risola chop etilgan. Ibn Sino falsafada Aristotel ta’limoti izdan borib, Farobiy g’oyalarini yanada kamolotga erishtirdi. Faylasuf Sharq allomalariga xos bo’lgan xususiyat, ya’ni axloq, odob, inson psixologiyasining kamolotiga alohida ahamiyat beradi. Ayniqsa, Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida talqin etilgan ta’lim-tarbiya xususidagi fikrlar g’oyat muhimdir. U bola tarbiyasini tug’ilmasdan ona qornidaligidanoq boshlash masalasiga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha, bola tug’ilganidan boshlab esa ayoqqa turguncha ma’lum tartibda tarbiyalanib borishi lozim. Bu tartib o’z vaqtida ovqatlantirish, cho’miltirish, yo’rgaklash, uxlatish kabi muayyan tartib va qoidalardan iborat. oz buzilishini keltirib chiqaradi. Masalan, g’azab kuchli qizdiradi, qayg’u kuchli quritadi..”. Ibn Sino bolani kamolotga erishishining birinchi mezoni hisoblangan ilmu ma’rifatni egallashga da’vat etar ekan, ilmu ma’rafat insonni ma’naviy yuksaklikka ko’taradi va jamiyat ravnaqining asosiy omili bo’lib xizmat qiladi, deydi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling