Yulduz Uamonova --- Hamroz
Sozlamoq ersang gapingni,
Burkama pardoz bilan.
Kelsa kim qoshingga, boqqin
E’tibor, e’zoz bilan.
Jism-u joning birla tingla
Dost-u yorlar suhbatin, (x2)
Inson insondir hamisha
Hamfikr, hamroz bilan. (x2)
Toma-toma kol bolarmish –
El aro bordir naql,
Bir butun olam yaralmish
Kam-kamu, oz-oz bilan.
Oz kamolingga ozing sen
Posbon-u soqchi bol. (x2)
Xokisor-u xor etma
Ulfati nosoz bilan. (x2)
Tolma oltin togi birla
Qolsa odat istasang,
Odamiylik deb atalmish
Bebaho me’ros bilan.
Yoq, umr yoli uzilmas,
Zoye ketkurma uni,
Qaydagi nokas-u nomard,
Qaydagi vosvos bilan.
Qaydagi vosvos bilan.
To abad Oxunjoningni
Bogla mahkam roz bilan. (x2)
Bogla mahkam roz bilan…
https://t.me/sokinlik_sarii
Последнее изменение: 16 февр. 2020 г.
Do'stlaringiz bilan baham: |