"Yulduzli tunlar" romani bo'yicha testlar (1-son)


Download 73.5 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi73.5 Kb.
#1187914
Bog'liq
2 YULDUZLI TUNLAR MUKAMMAL


1. O’n besh-yigirma yildan beri urush ko’rmagan
Samarqandga nisbatan ancha sokin shahar qaysi javobda berilgan?
A) Toshkent B) Buxoro C) Dabusiya D) O’ratepa
2. Boburga qarshi hurmatsizliklarga toqat qilmay, uning obro’si uchun kim har yerda kurashgan?
A) No’yon Ko’kaldosh B) Tohir
C) Qosimbek D) Qutlug’ Nigorxonim
3. Shayboniyxon Movaronnahrdan tashqari yana qaysi
hududlarni egallamoqchi edi?
A) Hindiston va Yaqin Sharq
B) Eron va Xuroson
C) Hindiston va Xuroson
D) Yettisuv va Sharqiy Turkiston
4. Bobur Toshkentda qanday qurol sotib oladi?
A) kamon B) qalqon C) xanjar D) qilich
5. Qabuliga Bobur kelgan Mahmudxon uni qanday
kuttirib qo’yadi?
A) Beklari bilan shatranj o’ynaydi.
B) Chavgon o’yini bilan band bo’ladi.
C) Ahmad Tanbalning elchisini qabul qiladi.
D) Shayboniyxon elchisi bilan shatranj o’ynaydi.
6. Kim Boburga avvallari “hazratim” deya murojaat qilib, boshiga ish tushgach, “mirzam” deya murojaat qila boshlaydi?
A) Roziya Sultonbegim B) Oyshabegim
C) Xonzodabegim D) Hadichabegim
7. Dahqat qishlog’ida yalangoyoq yura boshlagan
Boburning xayoliga qaysi rivoyat keladi?
A) Odam Ato va Momo Havo haqida rivoyat
B) Nuh alayhissalom va to’fon rivoyati
C) Odaming tuproqdan yaratilgani haqida rivoyat
D) Iso Masih haqida rivoyat
8. Bobur qaysi hukmdorlarni eslab, dunyoda orttirgan
boyliklari qolib, qabrga bitta kafan bilan ketgani haqida aytib beradi?
A) Jamshid va Iskandar Zulqarnayn
B) Amir Temur va Chingizxon
C) Husayn Boyqaro va Shoxruh
D) Afrosiyob va Siyovush
9. Uch oy Movarounnahrda bo’lgan Qosimbek Boburga qanday xabar olib keladi?
A) Shayboniyxonning Hirotga hujum qilishi haqida
B) Shayboniyxonning Toshkentni egallagini haqida
C) Shayboniyxon o’dirilgani haqida
D) Ahmad Tanbalning halokati haqida
10. Ko’chkunchixon kim?
A) Shayboniyxonning amakisi
B) Boburning beklaridan biri
C) Shayboniyxonning o’g’li
D) Xo’jand dorug’asi
11. Mahmudxonning o’n olti yoshlik qizi Mo’g’ilxonim kimga nikohlangan?
A) Temur Sultonga B) Ko’chkunchixonga
C) Jonibek Sultonga D) Shayboniyxonga
12. Bobur Qosimbekka qayerga ketishiga ruxsat beradi?
A) Andijonga B) Hirotga C) Hisorga D) Badaxshonga
13. Osmon Yaylovda Bobur uchratgan cho’pon kim edi?
A) beklar talabi bilan o’ldirilgan mirobning o‘g’li
B) Ahmad Tanbal o’ldirgan chargak chorvadorning o’g’li
C) Samarqandda Shayboniyxon o’ldirgan bekning o’g’li
D) Shayboniyxon yuborga xufiya
14. Kim Shayboniyxon qo’shinlarini tog’ga olib borib,
adashtirib kelgan?
A) cho’pon yigit B) dahqatlik chorvador
C) dahqatlik katxudo D) afg’on yigit
15. Bobur Sherimbek tog’oyini qanday lavozimga
ko’taradi?
A) amirul umaro B) qo’rchiboshi
C) amiri lashkar D) kutvoli
16. No’yon Ko’kaldosh qay tariqa halok bo’ladi?
A) Otdan yiqilib halok bo’ladi.
B) Ocharchilik tufayli vafot etadi.
C) Jarlikdan tashlab o’ldirishadi.
D) Zaharlab o’ldirishadi.
17. Qaysi asarning muqaddimasida hukmdordan olingan topshiriq haqida gap boradi?
A) “Zafarnoma” B) “Shayboniynoma”
C) “Tarixi arbaa ulus” D) “Hayrat ul-abror”
18. Bobur navkarlarining paroli qaysi so’z edi?
A) “Samarqand” B) “Andijon”
C) “Vaqoe” D) “Sarafroz”
19. Shayboniyxon «iltifoti»ga umid qilib, oqibat о‘zining ham, о‘g ‘lining ham taqdiri fojiali tugagan ayol kim?
A) Xadichabegim B) Oyshabegim
C) Xonzodabegim D) Zuhrabegim
20. Bobur Amudaryoning janubiy qirg’og’iga o’tganda
qo’shinlari qanchaga ko’payadi?
A) 4000 ga B) 5000 ga C) 2000 ga D) 3000 ga
21. Hatto mushuk bilan ham urushib ko’rmagan qo’rqoq hukmdor kim edi?
A) Xisravshoh B) Boysunqur Mirzo
C) Mahmudxon Sulton D) Muzaffar Mirzo
22. Boqibek Chag’oniy qancha qo’shini bilan Boburga
qo’shiladi?
A) 400 ta B) 300 ta C) 240 ta D) 350 ta
23. Boburning Husayn Boyqaro bilan ittifoq tuzishi va
Shayboniyxonga qarshi yurishi nega amalga oshmagan?
A) Husayn Boyqaroning vafoti tufayli
B) Husayn Boyqaro beklarining ig’volari tufayli
C) Boburning Hirotga safarining bekor qilinishi tufayli
D) Qish yaqinlashgani sababli
24. “Asrga tatigulik kun” romanidagi manqurtning asl ismi bilan ismi o’xshash bo’lgan “Yulduzli tunlar”dagi personaj kim?
A) mulla Fazliddin B) Boqibek
C) Safarbek D) Faxriddin
25. Alisher Navoiy yashagan Hirotdagi uy qanday
nomlangan?
A)‘Alisheriy” B) “Ixlosiya” C) “Shifoiya D) “Unsiya”
26. “Alisherning vafot etgan bo’lsa-da, ixtirolari tirik” deya Bobur nimaga qarab xayol qiladi?
A) soatga B) favvoraga C) xaritaga D) minoraga
27. Injil anhorining chap sohilida Bobur qaysi inshootni ko’radi?
A) “Ixlosiya” madrasasini
B) “Shifoiya” kasalxonasini
C) “Unsiya” mavzeyini
D) Gavharshodbegim madrasasini
28. Hirotdagi inshootlarning Samarqand obidalariga
o’xshashligining sababi nima edi?
A) Samarqand me’morlarining Hirotda tahsil olishi
B) Hirot me’morlarining Samarqandda tahsil olishi
C) Har ikki shaharning Temuriylar davlatining markazi
ekanligi
D) Hirot me’morlarining Samarqandga ko’chib ketishi
29. Qaysi buyuk ijodkorlar Alisher Navoiy tarbiyasi va
homiyligida kamolga yetishgan?
1) Kamoliddin Behzod 2) Sultonali Mashhadiy
3) shoir Hiloliy 4) Zayniddin Vosifiy
5) Xondamir 6) Muhammad Solih
A) 1, 2, 3, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5, 6
C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5
30. Qaysi voqea ta’sirida Alisher Navoiy xushini
yo’qotadi?
A) Husayn Boyqaroning vafoti
B) Husayn Boyqaroning o’z nabirasini qatl etishi
C) Husayn Boyqaroning Navoiyga jilovdorlik qilishi
D) Shayboniyxonning Samarqandni egallashi
31. Husayn Boyqaroning qonuniy taxt vorisi kim edi?
A) Muzaffar Mirzo B) Badiuzzamon
C) Boysunqur D) Jahongir Mirzo
32. Sohib Doro kimning suhbatdosh yaqinlaridan biri edi?
A) Shayboniyxonning B) Kamoliddin Binoiyning
C) Alisher Navoiyning D)Umarshayx Mirzoning
33. Mir Sarbarahna va Burhon gung kim edilar?
A) mashhur hofizlar B) mashhur qiziqchilar
C) Badiuzzamon beklari D) hirotlik bastakorlar
34. Bobur Hirotda Xadichabegim bilan nima haqida
suhbatlashadi?
A) Muzaffar Mirzoni qo’llab-quvvatlash haqida
B) Husayn Boyqaroni to’g’ri yo’lga qaytarish haqida
C) Shayboniyxonning hujum qilishi ehtimoli haqida
D) Temuriylarning parokanda bo’lagni haqida
35. Zununbekka nisbatan berilgan “Hizabrulla” unvoni
ma’nosi nima?
A) “Allohning arsloni” B) “Allohning qoploni”
C) “Allohning suygani” D) “Dushman ofati”
36. Badiuzzamon qaysi jihat(lar)i bilan otasi – Husayn
Boyqaroga o’xshab ketardi?
A) shertaxlitligi B) mayxo’rligi
C) ko’zining qisiqligi D) A va C javoblar to’g’ri
37. Kamoliddin Behzod og’a-ini – Badiuzzamon va
Muzaffar Mirzolarning raqobatini nimaga o’xshatadi?
A) shatranj o’yiniga B) chavgon o’yiniga
C) ovchi qushga D) yo‘lbarsning ov qilishiga
38. Sulton Ali Mashhadiy Boburga qanday xizmat qiladi?
A) G’azallarini ko’chirib beradi.
B) Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarini topib beradi.
C) “Temur tuzuklari”ni ko’chirib beradi.
D) Navoiy suratlaridan birini sovg’a qiladi.
39. Bobur Hirotdan ketishda kimga ko’zi tushib qoladi va ko’ngil qo’yadi?
A) Oyshabegimga B) Poyanda Sultonbegimga
C) Mo’g’ilxonga D) Mohimga
40. Bobur qancha vaqt Hirotda mehmon bo’ladi?
A) ikki oy B) qirq kun C) bir oy D) yigirma kun
41.Shayboniyxon kim(lar)ga ishqiy maktub yozib, o’zining she’rlaridan bayt keltiradi?
A) Zuhrabegimga B) Qorako’zbegimga
C) Xonzodabegimga D) barchasi to’g’ri
42. Mansur baxshi nimasi bilan nom qozongan?
A) xotin zotiga juda qattiqqo’lligi bilan
B) xotinbozligi va juda oliftaligi bilan
C) ov qushlariga ishqibozligi bilan
D) harbiy qurollarni mahorat bilan ishlatishligi bilan
43. Shayboniyxon o’z amaldori Mansur baxshi orqali
Xadichabegimdan nimani talab qiladi?
A) oltindan yasalgan gul kompozitsiyasini
B) Ixtiyoriddin qal’asidan chiqib taslim bo’lishni
C) o’ziga turmushga chiqishini
D) Xurosondan butunlay chiqib ketishni
44. Husayn Boyqaroga atab she’rlar yozgan Muhammad Sultonning laqabi nima edi?
A) “Burunduq” B) “Ko’sa” C) “Sherdil” D) “Ko’ksa”
45. Nizomiddin Abdurahim Hirot ziyolilarini sharmanda qilishning qanday usulini o’ylab topadi?
A) Ularga eski cho’pon kiydirib, dalada ishlatadi.
B) Majburan qo’y sotib oldirib, ko’chada o’zlariga o’sha qo’ylarni haydatib boradi.
C) Bozorga olib borib, tilanchilik qilishga majburlaydi.
D) Juma namozida masjidga kirishlariga yo’l qo’ymaydi.
46. Shayboniyxon amaldori bo’lgan Muhammad Solih
Xurosonda nimani boshqaradi?
A) shariat ishlari va bozordagi narx-navoni
B) san’at ishlarini
C) madrasa va maktab ishlarini
D) Hirotdagi buzuqi ziyolilani jazolashni
47. Shayboniyxon suratini kimga chizdiradi?
A) Sultonali Mashhadiyga B)Kamoliddin Behzodga
C) Mirali Tabriziyga D) mulla Fazliddinga
48. Ubaydulla Sulton Ixtiyoriddin qal’asini qancha vaqtda zabt etadi?
A) 20 kunda B) bir oyda C) 17 kunda D) 12 kunda
49. “Nahotki, mening ham paymonam to’lgan bo’lsa?!”degan o’y qachon Shayboniyxonni bezovta qiladi?
A) Shoh Ismoil tomonidan qamalga olinganda
B) Ubaydulla Sulton Movarounnarga ketib qolganda
C) Bobur Hirotga hujum qilganda
D) Najmi Soniy Buxoroga hujum uyushtirganda
50. “Xalifayi Rahmon”(a) va “Sohibi zamon” (b)
unvonlari kimlarga berilgan?
A) a – Shoh Ismoil, b – Bobur
B) a – Shoh Ismoil, b – Shayboniyxon
C) a – Husayn Boyqaro, b – Shayboniyxon
D) a – Shayboniyxon, b – Shoh Ismoil
51. «Yulduzli tunlar» romanida Bobur qaysi farzandi uchun o‘z jonini ham ayamagan?
A) Komron B) Hindol C) Askariy D) Humoyun
52. «Yulduzli tunlar» romanidagi tarixiy shaxslarni kо‘rsating.
A) Malika Bayda, Ahmad Tanbal
B) Xadichabegim, Ibrohim Lo’diy
C) Mohimbonu, Zuhrabegim
D) Barcha javoblar to'g'ri
53. Bobur Mirzo umrining oxirida toj-u taxtdan voz kechib, bir go‘shada saroy ahlidan ko‘ra, o‘ziga yaqin bo‘lib qolgan bir kishi bilan turmoqchiligini aytadi. Bu kishi kim?
A) muarrix Xondamir B) mulla Fazliddin
C) Safarbek D) Tohir
54. Malika Bayda Boburni zaharlaganini nega ochiq,
mamnunlik bilan tan oladi, nega o‘z jazosini istaydi?
A) Bobur ustidan ma’naviy tantanaga erishmoqchi bo'ladi
B) Shohni el oldida sharmanda qilmoqchi bo'ladi
C) o'zi o'ldirilsa, butun Hind xalqi Boburga qarshi kurashga otlanishini istagani uchun
D) A va В javoblar to’g’ri
55. Bobur: «Vatanimga o‘zim qaytolmasam ham, asarlarim qaytmog’i mumkin. Endigi orzum - men tug’ilgan yurtimga qilolmagan farzandlik xizmatimni asarlarim qilsa...», - degan armonlarini kimga aytgan?
A) Xondamirga B) Mohimga
C) Humoyunga D) Tohirga
56. Shayboniyxon Shoh Ismoilga elchilari orqali nimalarni sovg’a qilib jo’natadi?
A) o’lik qush jasadi va tuxum B) kashkul va hassa
C) kamon o’qi va suyak D) chavgon to’pi va cho’pi
57. Shayboniyxon qizilboshlarga qarshi qaysi sarkardalarsiz jang qiladi?
A) Ko’pakbiy va Qambarbiy
B) Ko’pakbiy va Ubaydulla Sulton
C) Qambarbiy va Temur Sulton
D) Temur Sulton va Ubaydulla Sulton
58. Shoh Ismoil Shayoniyxonning somon tiqilgan boshini kimga “sovg’a” qilib yuboradi?
A) Temur Sultonga B) Ubaydulla Sutonga
C) Boyazid II ga D) Boburga
59. Hurramshoh kim edi?
A) Shayboniyxonning jiyani
B) Xadichabegimning nabirasi
C) Xonzodabegimning o’g’li
D) Ibrohim Lo’diyning oshpazi
60. “O’lging kelsa, Qunduzga bor” maqoli qaysi xalqqa tegishli?
A) hindlarga B) afg’onlarga
C) tojiklarga D) turkmanlarga
61. Tohir va uning do'stlari qanday bahona bilan to'qayga chiqib ketishadi?
A) dushmanga orqadan hujum qilish bahonasi
B) ov qilish bahonasi
C) o'tin qilish bahonasi
D) dushman qo'shinlari sonini aniqlash bahonasi
62. Dushman qancha vaqtda ko'prikni tuzatadi?
A) ikki kunda B) o'n kunda
C) uch kunda D) besh kunda
63. Sulh tuzilgach, Samarqand askarlari nega Tohirlarnikiga bostirib kiradi?
A) Tohirni tutish uchun
B) Robiyani olib ketish uchun
C) Fazliddinni olib ketish uchun
D) o'lja olish uchun
64. Dushman askarlari o'lat tufayli nechta otlaridan ayrilishgan edi?
A) 110 ta B) 50 ta C) 60 ta D) 80 ta
65. Samarqand askarlarining fikricha, otdan ham qimmat - bu ...?
A) tilla buyumlar B) suluv qiz
C) Marg'ilon atlasi D) ayollar taqinchoqlari
66. Robiyani kim qutqarishga urinadi?
A) Tohir B) Fazliddin
C) Mahmud D) Sherimbek
67. Mulla Fazliddin Bobur buyrug'i bilan qayerda kichik hujra qurgan edi?
A)Axsida B)Andijonda C) Karkidonda D)Buratog'da
68. Turkiy tillarda nimani "bura" yoki "burg'a" deyishgan?
A) bolasi bor tulkini B) erkak bo'rini
C) ulkan nortuyani D) yuk tashuvchi tuyani
69. Yuvosh qora otda o'tirgan va oppoq kiyingan o'rta yashar ayol kim edi?
A) Xonzodabegim B) Qutlug' Nigorxonim
C) Fotima Sulton D) Qorako'zbegim
70. Borgoh nima?
A) podshohning xos chodiri
B) podshohning taxti qo'yiladigan va marosimlar o'tkaziladigan chodir
C) jang paytida hukmdor uchun tayyorlanadigan qo'nalg'a
D) podshohning dam oladigan va ziyofat beradigan o'rdasi
71. Bir marta erkakcha kiyinib ot minib, inisining o'smir mulozimlari bilan chavgon o'ynagan. Tasvir kim haqida?
A) Qorako'zbegim B) Xonzodabegim
C) Fotima Sulton D) Qutlug' Nigorxonim
72. Malikaning setorda kuy chalganiga kim guvoh bo'lib, juda hayratga tushgan edi?
A) Uzun Hasan B) Sherimbek tog'oyi
C) No'yon Ko'kaldosh D) Fazliddin
73. Malikaning nima deb murojaat qilishi me'morga juda yoqib tushgan edi?
A) mavlono B) ustod C) murshid D) addoyi
74. Qaysi ma'lumot Qosimbek haqida emas?
A) Boburning eng yaqin odami edi.
B) Xonzodabegimni tog'da yiqilib ketishidan qutqargan edi
C) Qavchin urug'i vakili edi.
D) To'ladan kelgan barvasta kishi bo'lgan.
75. Kim "naqshi lola"ni "islimi gulxan" deb o'ylaydi?
A) Qutlug' Nigorzonim B) Bobur Mirzo
C) Xonzodabegim D) Qosimbek
76. Mulla Fazliddin qayerlarda tahsil olib kelgan edi?
A) Hirot va Samarqandda
B) Buxoro va Toshkentda
C) Xiva va Hirotda
D) Samarqand va Bag'dodda
77. Bobur O'shda qurdirgan ilk imorati xalq tomonidan qanday nomlangan?
A) Tog' qasri B) Oq uy C) Oqsaroy D) Tog'saroy
78. Boburning qaysi harakati Qosimbekka yoqmas edi?
A) muhim ishda onasidan maslahat so'rashi
B) beklar bilan maslahat qilmasdan qaror qabul qilishi
C) qo'riqchilarni kamaytirishga urinishi
D) beklar bilan chavgon o'ynashi
79. Bobur necha yoshida Samarqandni ko'rgandi?
A)7 yoshida B) 6 yoshida C) 5 yoshida D) 9 yoshida
80. Xonzodabegim Boburni qaysi hukmdor kabi shuhrat qozonishini xohlardi?
A) Amir Temur kabi B) Mirzo Ulug'bek kabi
C) Ismoil Somoniy kabi D) Xalifa Usmon kabi
81. Boburga Buxorodan kimning nomidan maktub keladi?
A) Boysunqur Mirzoning
B) Sulton Ali Mirzoning
C) Sulton Ahmadning
D) Sulton Mahmudning
82. Bobur qaysi shaharni behuda to'rt oy davomida qamal etadi?
A) Samarqandni B) Buxoroni
C) Toshkentni D) Axsini
83. Navoiy dostonidagi qaysi qahramon ajib binolar qurgan edi?
A) Majnun B) Xusrav C) Farhod D) Bahrom
84. Bobur oilasi Qosimbekka alohida ehtirom bildirganda uning nomiga qaysi unvonni qo'shib aytardi?
A) mavlono unvoni B) toji sar unvoni
C) bek og'a unvoni D) amir ul-umaro unvoni
85. Alisher Navoiy tomonidan Hirotda qurilgan inshootlarni aniqlang.
A) Tarabxona va Shifoiya
B) Ixlosiya va Unsiya
C) Toqi Musaddas va Unsiya
D) Tizandaron va Tarabxona
86. Sulton Ahmad Mirzoning o'rtancha qizi Oyshabegim kimga unashtirilgan?
A) Ahmad Tanbalga B) Bobur Mirzoga
C) Qosimbekka D) Tilba Sultonga
87. Bobur besh yoshida to'ydagi qaysi marosimni ko'rgan?
A) "Kelinsalom" B) "Sochsiypatar"
C) "Qo'lushlatar" D) "Betochar"
88. Oyshabegimni qaysi voqeadan so'ng Boysunqur buyrug'i bilan qamab qo'yishgan?
A) Andijondan kelgan savdogarlarga joy bergach
B) Toshkentga yashirincha ketmoqchi bo'lgach
C) Sulton Alining ayolini yashirib qo'ygach
D) unga turmushga chiqishni rad etgach
89. Qutlug' Nigorxonim fikricha najot nimada edi?
A) urushda B) ilmda C) sulhda D) adolatda
90. Samarqandga shimoldan kim ko'z tikkan edi?
A) Xusravshoh B) Sulton Mahmud
C) Shayboniyxon D) Abulxayrxon
91. Qutlug' Nigorxonimning qaysi gapi Boburga "kiyikday beozor yashang" degandek tuyuladi?
A) Sulh tuzing - binokor bo'ling.
B)Samarqandga hujumdan avval beklarni birlashtiring.
C) Bu dunyo sizning kuyunishlaringizga arzimas.
D) Andijonni tashlab ketmang - otangiz kabi yashang.
92."Movarounnahrdagi parokandalikni tugatib, qudratli davlat tuzmaguncha katta orzularimiz ro'yobga chiqmagay". Bu nasihatni Boburga kim aytadi?
A) Qosimbek B) Qutlug' Nigorxonim
C) Ahmad Tanbal D) Xo'ja Abdulla
93. Ahmad Tanbal qaysi ishni uddalagach Boburning yaqin beklari qatorida joy oladi?
A) Samarqand qo'shiniga katta zarar yetkazgach
B) chargaklardan o'lpon undirib qaytgach
C) O'shdagi isyonni bostirgach
D) Boburni fitnadan ogoh etgach
94. O'shda Boburning ilk hujrasini qurgan me'morga Qosimbek nimani hadya etadi?
A) o'z to'nini B) o'z qilichini
C) Andijondagi uyini D) Navoiy kitobini
95. Kimning tabrigi Ahmad Tanbal uchun eng yoqimlisi bo'ladi?
A) Xonzodabegimning
B) Qutlug' Nigorxonimning
C) Bobur Mirzoning
D) Xo'ja Abdullaning
96. Bazmda Ahmad Tanbalga kim sharbat uzatadi?
A) Ali Do'stbek B) Bobur Mirzo
C) Qosimbek D) Sherimbek
97. Eson Davlatbegim kim?
A) Ahmad Tanbalning onasi
B) Ali Do'stbekning onasi
C) Boburning momosi
D) Boburning xolasi
98. Tohir qanday maqsadda Andijonga boradi?
A) Fazliddinga shogird tushish uchun
B) Robiyani qutqarish uchun
C) tog'asidan yordam olish uchun
D) Boburning xos navkarlari safiga qo'shilish uchun
99. Tohir qaysi shaharga ham piyoda borib keladi?
A) Buxoroga B) Toshkentga
C) Samarqandga D) Axsiga
100. O'shda Bobur qaysi asarining davomini yozishga urinadi?
A) "Muxtasar" B) "Mubayyin"
C) "Vaqoi" D) "Devon"
Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling