Yulduzli tunlar romaniga xos epiklik va asar talqini Vayisova Zarina Buxoro davlat universiteti
Download 15.05 Kb.
|
Yulduzli tunlar-WPS Office
Yulduzli tunlar romaniga xos epiklik va asar talqini Vayisova Zarina Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi Annotatsiya Ushbu maqola oʻzbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub tarixiy roman boʻlib , “Yulduzli tunlar” asaridagi bosh qahramon Zahriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi, faoliyati ko’rsatgan qahramonliklarini har tomonlama yoritib beradi. Ushbu asar Bobur hayotiga bag’ishlangan bo’lib, uning taxtga o’tirgandan to vafot eguniga qadar bo’lgan barcha janglari, qahramonliklari, yurgizgan siyosati hamda Jasoratlari haqida to’liq ma’lumot beruvchi roman hisoblanganligi sababli bu maqola ham ko’proq Bobur Mirzoning qahramonliklarini yoritgan. Kalit so’zlar: obraz, poytaxt, tarixiy roman, qahramonlik, Temuriylar , Shoh va shoir, sarkarda, Abstract This article is a historical novel written by the Uzbek writer Pirimkul Kadirov, and it comprehensively covers the life, work and heroic deeds of the main character Zahriddin Muhammad Babur in the work "Starry Nights". This work is dedicated to the life of Babur, and since it is considered a novel that provides complete information about all his battles, heroism, policies and bravery from his accession to the throne until his death, this article is more Babur. Illuminated the heroism of Mirza. Key words: image, capital, historical novel, heroism, Timurids, King and poet, warlord, Аннотация Данная статья представляет собой исторический роман узбекского писателя Пиримкула Кадырова и всесторонне освещает жизнь, творчество и подвиги главного героя Захриддина Мухаммада Бабура в произведении «Звездные ночи». Это произведение посвящено жизни Бабура, и поскольку оно считается романом, дающим полную информацию обо всех его битвах, героизме, политике и отваге с момента восшествия на престол до самой смерти, то эта статья больше относится к Бабуру. Мирзы. Ключевые слова: образ, столица, исторический роман, героизм, Тимуриды, царь и поэт, полководец, Kimki o’zbek nomini, o’zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo’shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo’lsa Amir Temur siymosini eslashi kerak.” Islom Karimov .
Bobur Mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular, davlatni boshqarishda adolatparvarligi butun dunyoni lol qoldirgan. Buyuk Temuriylar avlodiga mansub bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur taniqli shoir, betakror g’azal va ruboiylar muallifi, zabardast shoh, olimdir. Shu dilbar shaxs va uning avlodlari haqida betakror asarlar bitgan yozuvchimiz Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” kitobi doimo el ardog’ida bo’lib kelgan. “Yulduzli tunlar” tarixiy-biografik romandir. Chunki unga asos qilib olingan syujet roman janriga xos ma’lum bir davrdagi shart-sharoit, xalq, mamlakat hayoti, tarixiy shaxs obrazlari orqali yoritiladi va Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo’li asar markazida turadiBunga zid ravishda,asar faqat Bobur Mirzoga bag’ishlanmay, balki, oddiy qora xalqning kechmishlarini ham tasvirlab bera olgan.Oddiy kambag’al yigit Tohir sababli yuzaga kelgan ko’prik hodisasi tufayli dushman ko’p talofat ko’radi va sulh tuzishga majbur bo’ladi. Ne-ne beklarning qo’lidan kelmagan xaloskorlik,qalblari vatanparvarlik ruhiga yo’g’rilgan tavakkalchi yigitlarning qo’lidan kelgani hammani hayratga soladi va haqiqiy qahramonlik nima ekanligini, yurtga, tug’ilib o’sgan makonga muhabbat qanday bo’lishini talab qiladigan fidoyilik bilan ko’rsatib berishadi.Oʻn ikki yoshida toji taxt tashvishi boshiga tushgan Boburning irodasiga qoyil qolaman. Bu asarda muallif oʻn beshinchi asrda yashagan xalqimizning turmush tarzi, dunyoqarashi, kiyim-kechaklari, uy-joylari hatto shevasini ham juda aniq, qiziqarli taʼriflaganki, beixtiyor oʻzingni ular orasida xis qilasan. Romanning men uchun eng ibratli jihati, Zahiriddin Muhammad Boburning oʻz maqsadi yoʻlida turfa qiyinchiliklarga, taqdirning beshafqat zarbalariga mardona dosh berganligi. Garchi Boburni oʻz yurtiga sigʻdirishmagan, shu bois “boshini olib bir sorigʻa” ketgan boʻlsa-da, u kindik qoni toʻkilgan diyoridan yuz oʻgirmadi. Butun umr yurtini sogʻinib, unga intizor boʻlib, unga talpinib yashadi. Unga aslo yomonlik tilamadi. Vatan ona, onadan esa arazlab boʻlmaydi, degan aqidaga amal qildi. Oʻz sheʼrlarida bu mehrni, sogʻinchni takror-takror izhor qildi. Yana bir eʼtiborli jihati shuki, bobomiz yon-atrofidagilardan kimda-kim vataniga qaytishni istasa qarshilik qilmagan, oq yoʻl tilab ruxsat bergan. Ha, tengdoshim! Bizning alloma bobolarimiz nafaqat soʻzda, amalda ham avlodlarga ibrat boʻlguvchi ishlarni amalga oshirgan. Yozuvchi Bobur xarakterini yaratishda obrazlarning xatti-harakati orqali davr ijtimoiy hayoti va tarixiy shart-sharoitlarni, qahramon ma’naviyatini, yetuk inson sifatidagi faoliyatini ochib berishga alohida e’tibor beradi. Haqiqatan ham, “Yulduzli tunlar” romanida tarixiy ijtimoiy muhit, ya’ni taxt manfaatlari asta-sekin Boburning fikrlariga, uning adolatli qarashlariga, pokiza tuyg’ulariga tazyiq o’tkaza boshlaydi.Bobur – ham shoh, ham shoir. Uning ichki dunyosi juda rang-barang va ayni vaqtda murakkab. Bu murakkablik bir shaxs timsolida mohir sarkarda hamda jahongirlik, fotihlik bilan chiqisha olmaydigan gumanist ruhiyati mujassamligida namoyon bo’ladi.Asar nainki adib ijodi, balki, umuman,roman va XX asr o'zbek adabiyot tarixida muhim o'rin tutadi. Uning chop etilib, o'quvchilar qo'liga tegish tarixi ham o'ziga xosdir. Sho'ro zamonida o'zbek adabiyotidagi buyuk tarixiy siymolarga bag'ishlangan birorta asarining qismati oson kechmadi. Bunga ,,Abulfayzxon", ,,Muqanna", ,,Navoiy” , ,,Mirzo Ulug'bek”,,,Ko'hna dunyo” singari asarlar misoldir. “Yulduzli tunlar” ham bundan mustasno emas. Sho'rolar bunday asarlar xalqning ko'zini ochadi, isyonkor ruhni charxlaydi, ulug' ota-bobolar orqali buyuk o'tmishga, ma'naviy qudrat an'analariga intilish va sadoqatni kuchaytiradi, deb qo'rqdilar va yanglisnmadilar. Bunday asarlar mohiyat e'tibori bilan o'zlikni anglashga chorlashi, xalqni zimdan mustaqillikka tayyorlashi mumkin.Bu asargacha yozuvchi, asosan, o'z zamondoshlari va zamonasi muammolariga bag'ishlangan asarlar yozdi. „ Yulduzli tunlarda” esa, adib ilk bor tarixiy mavzuga murojaat etdi, buyuk tarixiy shaxs obrazini yaratishga kirishdi. Gap mavzu va qahramonning tarixiyligida emas. Asosiysi, jahon tarixi, xususan, O'rta Osiyo va Hindiston tarixida o'chmas iz qoldirgan, markazlashgan davlat tuzib, ko'pdan ko'p xalqlami qirg'inbarot urushlardan saqlab qolgan, murakkab qismatli podshoh, ne-ne jang-u jadallarda mahorat va jasorat ko'rsatgan sarkarda, she'rlaridagi har bir satrda o'z ichki dunyosi, qiyofasi porlab turgan buyuk shoir, har bir so'zidan tarix nafasi keluvchi ,,Boburnoma" muallifi hamda dilbar tabiat siymosi bu darajada haqqoniy, teran gavdalantirilgan roman shu vaqtgacha o’zbek adabiyotida ham, jahon adabiyotida ham yaratilmagan. Yulduzli tunlar” ko’p yillardan buyon xalqimiz ko’nglidan chuqur joy egallagan durdona asar ekanligini, uni mutoala qilar ekansiz beixtiyor o’tmishga qaytib, buyuk ajdodlarimiz tarixi, otlar dupuri, suvoriylarning qilichlari jarangi, sershovqin bozorlar-u, tabiatning inson qo’li tegmagan ajib manzaralari ko’z oldingizda namoyon bo’ladi. Asarni o’qish davomida Bobur siymosi, uning ruhiyatini chuqur anglagandek bo’lasan. Uning qalbida yashayotgan shoh va shoir, nozik qalbidan kechayotgan inju hislarni his qilasan. Suronli yillar davomida qilgan buyuk ishlari, Hindistondek o’lkan mamlakatni qo’lga kirtib, uning xalqini o’z xalqidek ko’rib, amalga oshirgan obodonchilik ishlari, qad roslagan qasrlar, masjid-madrasalar, xonaqoh-u timlar, maktablar kishi qalbini g’urur-iftixorga to’ldiradi.Bobur Mirzo otasi vafot etgandan so’ng yosh bo’lishiga qaramay, taxtga o’tiradi. Temuriylar sulolasini halokatdan qutqarib qolishi,bir-biriga qilich ko’targan hattoki bir-birlarining qoniga tashna aka-ukalarning achinarli qismati aks ettirilgan.Roman ikki qismdan iboratligi, birinchi qismda Movarounahr voqelari ,ikkinchi qismda Afg’oniston , Hindiston, Xurosonda bo’lgan hodisalar aks ettirilishi Bobur shaxsiyatini birlashtiradi. Bobur o’z diniy e’tiqodini e’zozlab, mashoyix va dindorlarni izzat-u ehtirom qilsa-da, ularni o’z siyosiy muommolariga dohil bo’lishiga imkon bermas va firqaparastlik xususidagi maslahatlarini qabul etmas edi. U, shuningdek, mazhab tabaqa va boshqa ixtilofli masalalarni saroyda tarqalishiga izn bermagan. Asar faqat Bobur Mirzoga bag’ishlanmay, balki, oddiy qora xalqning kechmishlarini ham tasvirlab bera olgan.Oddiy kambag’al yigit Tohir sababli yuzaga kelgan ko’prik hodisasi tufayli dushman ko’p talofat ko’radi va sulh tuzishga majbur bo’ladi. Ne-ne beklarning qo’lidan kelmagan xaloskorlik,qalblari vatanparvarlik ruhiga yo’g’rilgan tavakkalchi yigitlarning qo’lidan kelgani hammani hayratga soladi va haqiqiy qahramonlik nima ekanligini, yurtga, tug’ilib o’sgan makonga muhabbat qanday bo’lishini talab qiladigan fidoyilik bilan ko’rsatib berishadi. Adib butun asar davomida Boburning shoh, fotih, sifatida qilgan shafqatsizliklari uning katta gunihi ekanligini ta’kidlab boradi. Bobur garchi bobosi Amir Temur davlatini qayta birlashtirmagan bo’lsa ham Hindistonda tinch va osuda davlat tuza oldi. Bu haqida Rumer Goden : “ Bobur bunyod etgan davlat garchi bobolariniki singari bepoyon mintaqalarga yoyilmagan bo’lsa-da , u o’z saltanatining sultoni, buyuk imperator darajasiga ko’tarildi” degan fikrni ilgari surgan. Bobur tarixchi olim Xondamir bilan suhbatda deydi; “Toj-u taxt bevafoligini ko’pdan ko’p sezib yuribman. Menga vafo qilsa faqat yozga asarlarim, ruboiylarim vafo qilmog’i mumkin. Vatanimga endi qayta olmasam ham asarlarim qaytmog’i mumkin. Endi orzuim- mening tug’ilgan yurtimga qila olmagan farzandlik xizmatimni asarlarim qilsa… . Bu asar shoh sarkarda, shoir – benazir inson Z. M. Boburning yorqin siymosi mahorat bn aks ettirilgan to`laqonli va sermiqyoa badiiy asardir. Roman Bobur siymosini tarixiy haqiqatga mos, badiiy jihatdan jozibali tasvirlashi bilan e`tiborli. Humoyun og`ir betob bo`lib yotganida Bobur farzandiga shunday deydi: “Sening betoqatligingga men toqat keltiray! Sening shu og`ir dardingni xudo sendan olib menda bersin…. ….. Bobur umumiy jimlikda Humoyunning boshidan uch marta aylandi – yu: - E parvardigor! – deb iltijo qildi. – Menki, Boburmen, agar jon berish mumkin bo`lsa, umr – u jonimni Humoyunga qurbon qildim! Azroyil mening jonimni olsin – u, xudo Humoyunga shifo bersin!”Humoyun ko`p o`tmay tuzaladi. Bobur qazosi shu voqealarga to`g`ri kelad Birgina shu jarayonda koʻrishimiz mumkin haqiqiy Oʻzbek otalari qanday boʻloshi kerakligini. Hatto oʻz farzandi uchun jonini bergan Oʻzbek otasi desam adashmayman. Bobur Hindistonda saltanatni boshqarganda podsho bo`lishning shon –shavkati bilab bir qatorda, adadsiz pushaymonlarni, iztiroblarni, yuzi qarolig`larni boshidan kechirgan. Vatan sog`inchi bilan o`rtangan. Shu ma`noda romanda Bobur ruhi, ichki dunyosi, orzu – armonlarining yuksak mahorati bilan tasvirlanganini ta`kidlash zarur. ”Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda Bobur Mirzo shaxsining biz uchun bag’oyat qimmatli tomoni shundaki, eng og’ir damda ham u oliyjanob fazilatlarini saqlay bilgan. Fotihlikdan , shohlikdan insoniylikni ustun qo’ygan. Agar Bobur shunday qalbga ega bo’lmaganida, bunday go’zal g’azallar yarata olmagan , juda kata madaniy me’ros qoldira olmagan bo’lar edi. Bobur tariximizda buyuk shoir , xalqni buyuk millat darajasiga ko’tagan adolatli hukmdor bo’lib tarixda qolgan.Roman voqealari orqali o‘quvchi tarixda Temuriylar o‘rtasidagi nizolar, fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida behad qonxo‘r beklar zulmidan sillasi butkul qurigan xalqning g‘oyat nochor ahvoli va uyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon qanchalar oson mahv etgani bilan tanishadi. O'z mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib, uni mohirlik bilan idora qildi. Bu o'lkani 332 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi". Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. “Yulduzli tunlar” “SHarq” nashriyoti – 2016. 2. W.W.W.Ziyo.uz.com. kutubxonasi 3. Boburnoma “Sharq” nashriyoti – 2002 4 11- sinf adabiyoti 1- qism Download 15.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling