Yumshoq dori shakllarini ishlab chiqishda ishlatiladigan yordamchi moddalar


Download 122.95 Kb.
bet5/6
Sana14.01.2023
Hajmi122.95 Kb.
#1092804
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yumshoq dori shakllarini ishlab chiqarishda qo\'shiladigan yordamchi

Shamchalar (lotincha – suppositoria so‘zidan olingan bo‘lib, joylashtirmoq, o‘rnatmoq degan ma’nolarni bildiradi) dori moddasi va shamcha asosidan tashkil topgan yumshoq dori shakli bo‘lib, eramizdan oldingi 2600 yildan boshlab, Misr va Messopatamiya xalqlari tomonidan o‘simlik va hayvon yog‘laridan shuningdek, asal, o‘simlik, sharbatlari va mumlardan shamcha sifatida foydalanib kelinganligi haqidagi ma’lumotlar qadimiy yozuvlarda ya’ni Ebers papiruslarida o‘z aksini topgan. Qadimiy grek tibbiyotining namoyondalari Gippokrat va Dioskaridlar kelib chiqishi nuqtai-nazaridan turli tabiiy xom ashyolar (asal, moylar, mum, o‘simlik sharbatlari va boshq.) asosidagi shamchalardan amaliyotda foydalanganlar.Shamchalar - xona haroratida qattiq, tana haroratida suyuqlanuvchi yoki eruvchi, tarkibida bir yoki ikki, ba’zan undan ham ko‘p dori moddasi va yordamchi moddalar saqlagan, dozalarga bo‘lingan dori turi bo‘lib, asosan tananing bo‘shliqlariga qo‘llash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Shamchalar - xona haroratida qattiq, tana haroratida suyuqlanuvchi yoki eruvchi, tarkibida bir yoki ikki, ba’zan undan ham ko‘p dori moddasi va yordamchi moddalar saqlagan, dozalarga bo‘lingan dori turi bo‘lib, asosan tananing bo‘shliqlariga qo‘llash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Shamchalar ishlatilishiga qarab quyidagicha tasniflanadi:
  • rektal shamchalar (Suppositoria rectalia) to‘g‘ri ichak uchun mo‘ljallangan;
  • vaginal Shamchalar (Suppositoria vaginalia) bo‘shliqlarga ishlatish uchun mo‘ljallangan;
  • tayoqchalar (Bacilli) siydik chiqarish yo‘llari, bachadon bo‘yin kanallari va boshqa yaralar oqibatida paydo bo‘lgan tanadagi teshik-yo‘llarga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Keyingi yillarda shamchalarni korxona sharoitida ishlab chiqarilish ko‘lami boshqa dori shakllariga qaraganda bir muncha ortdi. Sababi bu dori turi og‘iz orqali qabul qilinadigan boshqa dori turlariga qaraganda farmakologik ta’sirining tezroq yuzaga chiqishi, ya’ni to‘g‘ri ichak orqali dori turi tarkibidan dori moddasini tezroq so‘rilishi va qon tarkibiga o‘tishidadir. Bu dori turining ta’sir qilish tezligi, in’eksion dori turining so‘rish tezligiga yaqinlashmoqda. Shuningdek, og‘iz orqali qabul qilinadigan dori turlariga o‘xshab, oshqozon ichak traktida va jigarda hech qanday fermentativ ta’sirlarga uchramasligi, bu dori turining asosiy yutug‘idir.
Shamchalarni korxona sharoitida ishlab chiqarish texnologiyasida asoslarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
  • xona haroratida yetarli qattiqlikka ega bo‘lishi;
  • erish va suyuqlanish haroratini tana haroratiga yaqin bo‘lishi;
  • to‘g‘ri ichak shilliq qavatini qitiqlamasligi, shuningdek boshqa noqulay holatlarni keltirib chiqarmasligi, umuman inson organizmi uchun fiziologik indefferent bo‘lishi;
  • dori moddasining dori shakli tarkibidan ajralib chiqishiga va terapevtik samaradorligiga to‘sqinlik qilmasligi;
  • dori moddasi bilan shamcha massasi tarkibida to‘g‘ri munosabatda bo‘la olishi lozim.


Download 122.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling