Shamcha asosining tarkibiga dori moddasini kiritish
Dori moddasi yoki uning suvda yoki spirtda yoki yog‘dagi eritmalari moyli asos tarkibiga eritma-konsentrat sifatida kiritiladi. Shamcha tarkibiga kirgan barcha ekstraktlar yoki kukunlar ko‘rinishidagi ingredientlar maxsus sig‘imdan o‘tkaziladi. Aksariyat holatlarda erituvchi sifatida tozalangan suvdan foydalaniladi. U tozalangan suvni qabul qilgich orqali to‘plagichda yig‘iladi. Eritma-konsentrat bo‘z materialli filtr joylashtirilgan sig‘imdan asos solingan reaktorga o‘tkaziladi. Ingredientlarni eritish uchun har xil usullardan foydalanish mumkin. Masalan rux sulfat tozalangan suvda 45-48oC haroratda 1:0,5 nisbatda eritiladi. Belladonna quyuq ekstrakti ham tengma-teng nisbatdagi tozalangan suvda eritiladi. Buning uchun belladonna quyuq ekstrakti 55-60oC haroratda suv hamomida qizdirilib, suyultiriladi va maxsus sig‘imga solinadi. Tozalangan suv o‘lchab olinib, 45-48oC haroratgacha isitiladi va belladonna quyuq ekstrakti solingan maxsus sig‘imga solinadi. Quyuq ekstrakt to‘liq erigandan so‘ng eritma filtrlanadi va moyli asos bilan aralashtirish uchun uzatiladi. Opiy ekstraktining eritmasi ham xuddi shu tartibda tayyorlanadi. Suv qalampirining ekstratini eritmasi esa oldin suv qalampirining ekstrakti 55-60oC gacha qizdirilib so‘ng teng miqdordagi 40% etil spirti bilan aralashtirish orqali tayyorlanadi. Tayyor eritma tarkibi kiritilishi lozim bo‘lgan fenol 44oC haroratgacha qizdirilgan moyli asos bilan 1:2 nisbatda aralashtiriladi. Yod kristallari 10% spirti eritma ko‘rinishida asos tarkibiga kiritiladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |