Yumshoq tom qoplamalari haqida umumiy ma’lumot. Reja: 1 Yumshoq tom qoplamalariningafzalliklari 2
Download 16.58 Kb.
|
7-Yumshoq tom qoplamalari haqida umumiy ma
Yumshoq tom qoplamalari haqida umumiy ma’lumot. Reja: 1 Yumshoq tom qoplamalariningafzalliklari 2 Yumshoq tom qoplamalarining turlari va fizik-mexanik ko’rsatkichlari Eng mashxur materiallardan biri yumshoq tom qoplamalari hisoblanadi (boshqa manbalarda bitumli plitkalar deb ataladi). “Yumshoq tom’’ shisha tola, maydalangan tosh(sepishga),modifikatsiyalangan bitum qatlami bilan qoplangan tom yopish qoplamalaridir. Yumshoq tomlarning asosiy tarkibi bitumdan iborat bo’lganligi sababli namlik yutilishi 0ga teng bo’ladi va murakkab konfiguratsiyali (gumbazli va notekis yuzali)tomlarda foydalanish imkoniyati mavjud bo’ladi. Respublikamizda yumshoq tom qoplamalari maxsulotlari ‘’TEXNONIKOL’’MCHJ, ‘’TEGOLA’’MCHJ ‘’TEXNODAT’’QK va boshqa korxonalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda.So’nggi yillarda Germaniya,AQSH va boshqa mamlakatlarda rezina-bitum asosida yumshoq tom yopish materiallari keng ishlatilgan,ular yahshi elastik xususiyatlari,suvga va namga qarshilik ko’rsatkichlarning yuqori darajada ekanligi bilan ajralib turadi. AQSHda bitum va smola asosida tom yopma rulonli materiallar ishlab chiqaradigan 100 dan ortiq zavod mavjud. So’nggi yillarda AQSH da tom yopma rulonli materiallar taxminan 20-21% import qilingan.Umuman olganda AQSHda yumshoq tom qoplamalari ishlab chiqarish va undan foydalanish hajmi oshmoqda. Shvetsiyada asphalt,prokat va plastik materiallar qurilish qoplamalari tomlarida suv o’tkazmaydigan qatlam qurish uchun ishlatiladi. Shvetsiya,Norvegiya va Fenlandiyada tom yopish materiallari sifatida bitum va shisha tola, shuningdek minerallarga asoslangan karton va 0,05-0,07 mm qalinligi silliq alyuminiy folga materiallar ishlatiladi. Polshada tom yopishtiruvchi rulonli materiallarni yopishtirish uchun bir necha turdagi sovuq mastikalar ishlatiladi,ularga bitum va to’ldiruvchilar,ayrim turdagi moylar,rezina va smolalar kiradi. Deyarli barcha turdagi yumshoq tom qoplamalari xar hil yuqori sifat darajasiga ega bo’lgan talablarga ega. Ularning qo’llanilish doirasi ularning tarkibi va tuzilishining o’ziga xosligi bilan belgilanadi. Download 16.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling