Yun akrobotes oyoq uchila yuraman, yuqoriga chiqaman 1 gimnastika shaklidagi jismoniy mashqlar turi
Download 13.81 Kb.
|
Akrobatika
Akrobatika (yun. akrobotes – oyoq uchila yuraman, yuqoriga chiqaman) – 1) gimnastika shaklidagi jismoniy mashqlar turi; 2) sakrash, sport uskunalariga tayanib yoki ularsiz muvozanatni saqlab bajariladigan, kuch, epchillik namoyish qilinadigan va boshqa maxsus jismoniy mashqlar majmuasi, sport turi. Sport A.si 20-asr 30- yillarida paydo bo‘ldi. Bu sport turida sakrash mashqlari quyidagicha bajariladi: ay-lanishlar, do‘mbaloq oshishlar, salto. Bu harakatlarni bajarganda sportchi avvalo o‘z muvozanatini, so‘ng sheriklarining muvozanatini saqlashi zarur. A. musobaqalari kuyidagi turlarga bo‘linadi: akrobatik sakrashlar (erkak va ayollar); aralash juftliklar mashqi (erkak va ayol); erkaklar juftlik mash-klari; ayollar guruhli mashqlari; erka-klar guruhli mashqlari (ikki yoki to‘rt kishi); batut (sakragich) ustida (erkaklar va ayollar) mashklari. Xalqaro sport A. si federatsiyasiga (1973 yil asos solingan) 29 mamlakat a’zo (1987). 1974 yildan jahon, 1978 yildan Yevropa chempionati o‘tkaziladi. A. sporti O‘zbekistonda 1936 yildan rivojlana boshladi. Oʻzbekiston Respublikasida N. Lakiza, M. Teshaboyev, M. Tojiyev, D. Ko-stin, R. Isyanov, V. Babich, M. Qodirova, Ya. Muhamedov mashhur akrobatchilardir; 3) sirk san’ati janri. Misr, Yunoniston, Rim, Vizantiya, Xitoy, Yaponiyada kad.dan ma’lum. O‘rta asrlarda A. Tur-kiston masharabozlik san’atidan o‘rin egallab, dorbozlikda keng qo‘llanilgan. Boshqa mamlakatlarda mim janrida chiquvchilar (Italiyada), jonglyorlar (Fransiyada) faoliyatida namoyon bo‘lgan. 26918-asr oxirlaridan sirkda keng tarqaldi. Asosan, dinamik va statik mashqlarga bo‘linadi. Dinamik mashqlar umbaloq oshish, to‘ntarilish, salto (turgan joyda muallaq holda umbaloq oshib, yana o‘z vaziyatiga kaytish) harakatlaridan; sta-tik mashklar turli vaziyatda muvozanat saqpash, chalqanchasiga ag‘darilib, gavdani "ko‘prikcha" qilish kabi mashqlardan iborat. Kuch A.si (qo‘lda yoki boshda tu-rish, muvozanat saqlash), sakrash A.si (ikki yoki undan ortiq kishining sa-krashi, flik-flyak, saltomortale, g‘ildiraksimon sakrash va boshqalar), yelka A.si (3 kishidan kam bo‘lmagan holda, ulardan biri yelkadan yelkaga sakraydi), komik A. (masharabozlar grimda chiqib tasodifan qoqilib ketgandek bo‘lib, tomoshabinlarni kuldiradi, dor, to‘rnik, batut va manej ustida kulgili mashklar bajaradi) va boshqa A. o‘yinlari bor. Ot ustida A. (chopib ketayotgan ot ustida mashqlar ba-jarish) zamonaviy sirkda asosiy janrlardan biri. O‘zbekiston sirk va estrada dasturlarida A. dan keng foydalaniladi. Maxsus (sirk, teatr) o‘quv yurtlarida A. alohida daryo sifatida o‘qitiladi. Download 13.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling