Yun gaster meʼda, oshqozon meʼda shilliq qavatining yalligʻlanishi
Download 52.13 Kb. Pdf ko'rish
|
Gastrit - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻnggi tahrir 7 yillar avval Mirzoulugbek tomonidan amalga oshirildi
Gastrit Gastrit (yun. gaster — meʼda, oshqozon) — meʼda shilliq qavatining yalligʻlanishi; koʻpincha meʼdaning sekret (meʼda shirasi ajralishi) va harakat faoliyatining izdan chiqishi bilan birga kechadi. Odamlarda notoʻgʻri ovqatlanish, spirtli ichimliklarga ruju qilish, achchiq va shoʻr narsalarni muntazam isteʼmol qilish, ovqatdan zaharlanish, bilar-bilmas turli dorilar qabul qilish, allergiya, Helicobacter pylori mikrobi va b. sabab boʻladi. Kasallikning kechishiga qarab oʻtkir va surunkali G. farq qilinadi. Oʻtkir G.da toʻsh ostida noxush ogʻriq seziladi, qorin dam boʻladi, koʻngil ayniydi, ogʻiz bemaza boʻladi va h.k. Baʼzan bemorning tinkasi quriydi, t-rasi koʻtariladi, qayt qiladi; qorin quldirashi va ich ketishi mumkin. Oʻtkir G.ning ayrim belgilari oʻtkir appenditsit, xolesistit, pankreatit va b. kasalliklarda ham kuzatiladi, shuning uchun darhol vrachga murojaat etish zarur. Bemor parhez va vrach buyurganlariga vaqtida amal qilsa tezda tuzalib ketadi, aks holda kasallik surunkali tuye oladi. Surunkali G. ovqatlanish tarzining muntazam buzilishi, oʻz vaktida ovqat yemaslik yoki bir oʻtirishda meʼyoridan ortiq ovqat yeyish,
nuqul quruq yoki achchiq, issiq, shoʻr ovqatlar isteʼmol qilish va b. tufayli yuzaga keladi. Koʻpincha ruhiy toliqish, spirtli ichimliklar va tamakining zararli taʼsirida, shuningdek ayrim dorilar (aspirin, butadion)ni muntazam pala- partish ichib yurish natijasida ham vujudga kelishi mumkin. Bemor tishlarining yoʻkligi yoki kasalligi, murtak bezi, oʻt pufagi, meʼda osti bezining surunkali yalligʻlanishi ham kasallik avj olishiga olib keladi. Meʼda sekretor faoliyatining holatiga qarab giperatsid yoki gipoatsid (meʼda shirasi ajralishi sekretor va kislotaliligining ortishi yoki kamayishi) G. farq qilinadi. Surunkali G.ning belgilari ham oʻtkir G.ga oʻxshash
boʻladi, lekin bunda kasallik tezda oʻtib ketmay uzoq choʻziladi, koʻpincha bemorning ichi buziladi (dam ich ketadi, dam qabziyat kuzatiladi), tili karash boylaydi. Kasallik zoʻriqqanda uning alomatlari avj oladi. Surunkali G. vaqt- vaqti bilan (bahor va kuz kezlari) quzib turishi mumkin. G. bilan ogʻrigan bemorlar oilaviy vrach nazoratida boʻlishi lozim. Parhezga rioya qilish, fizioterapiya muolajalari, doridarmon, mineral suvlar, shuningdek sanatoriy-kurortlarda davolanish kerak. Hayvonlarda ovqatlanish rejimining buzilishi yoki ularga buzilgan yemxashak, iflos suv berilishi, zaharli oʻt yeb qoʻyishi, kimyoviy dorilarning notoʻgʻri qoʻllanishi natijasida paydo boʻladi. Kasal hayvon boʻshashib qoladi, ishtahasi pasayadi, ogʻiz shilliq pardasi quriydi, sargʻayadi, tili oqaradi, ogʻzidan qoʻlansa hid keladi. Baʼzan harorati koʻtariladi, siydik miqdori kamayadi. G. bilan qattiq ogʻrigan hayvonlarda umuman boʻshashishdan tashqari tomir urishi susayadi yoki bir tekis urmaydi, qon bosimi pasayadi. Qoramolning beli bukchayib qoladi, suti kamayadi, tishini gʻijirlatadi, titraydi. Choʻchqalar qornini yerga berib yotadi. Ot sovuq narsalar va devorni yalaydi. Davosi: kasallik sababi aniqlanib, bartaraf qilinadi, hayvon tinch qoʻyiladi, dastlabki 1—2 kun yarim och qoldiriladi, ich suradigan dorilar ichiriladi. Keyin hayvonni quvvatga kiritadigan dorilar beriladi. Kasalligi oʻz vaktida aniqlangan va vaktida davolangan hayvonlar 1—2 haftada tuzalib ketadi. Ularda G. kamdan- kam hollarda surunkali formata oʻtadi (u oʻtkir G.ning takrorlanishi oqibatida kelib chiqishi mumkin). Bunda kasallik uzoqqa choʻzilib ketmasligi uchun G.ni vaktida davolash zarur. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Adabiyotlar
Soʻnggi tahrir 7 yillar avval Mirzoulug'bek tomonidan amalga oshirildi Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Gastrit&oldid=1617477 " dan olindi Download 52.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling