Yun gnostikos bi-luvchi 1-3-asrlarda Rim imperiyasida
Download 60.69 Kb. Pdf ko'rish
|
Gnostitsizm - Vikipediya (1)
Gnostitsizm Gnostitsizm (yun. gnostikos — bi-luvchi) — 1—3-asrlarda Rim imperiyasida tarqalgan diniy-falsafiy oqim. Uning tarafdorlari oʻz diniy eʼtikrdlarining asl mohiyatini "bilib olishga" intilishgan. G. iudaizm diniy tafakkuridan tashqari Bobil, Misr va b. Sharq mamlakatlaridagi diniy- mifologik tasavvurlar bilan ham chatishib ketgan. Bunga stoiklar (qarang Stoitsizm), neoplatonizm va neopifagoreizm vakillarining falsafiy gʻoyalari ham qoʻshilgan. Gnostiklar xristianlik aqidalarini Sharq mamlakatlaridagi diniy-falsafiy bilimlar bilan bogʻlashga intilgan. Asosiy vakillari — micrlik Valentin (2-asr), suriyalik Vasilid (2-asr). G. olamni dualistik (qarang Dualizm) nuqtai nazardan tushuntiradi. Uning manbai zardushtiylik falsafasidagi yorugʻlik va zulmat, yaxshilik va yomonlik oʻrtasidagi kurashni ifodalovchi dunyoqarashga borib taqaladi. Gnostiklar fikricha, yaxshilik va yorugʻlik xudoning neʼmati, yomonlik va zulmat esa materiyadan kelib chiqadi. G. tarafdorlari xristianlik aqidalaridan chetlanadilar. Ularning fikricha, agar xudo yaxshi va adolatli boʻlsa, nega olamda yovuzlikning , adolatsizlikning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻyadi? Xristianlikda bu muammo olamning yaratuvchisi va yaratuvchining bu olamga gunohni joylashtirganligi haqidagi tasavvur orqali hal etiladi. Bu olamdagi gunohdan faqatgina Isoga eʼtiqod yoʻli b-ngina saqianish mumkin deyiladi. Gnostiklar Isoni tan olsalarda, u haqidagi Bibliya rivoyatlarini rad etadilar. Gnostiklar taʼkidlashicha, gunohkorligi uchun inson aybdor emas, chunki har bir individning joni yaxshilik va yomonlik, adolat va zulm oʻrtasidagi kurash maydonidir. Inson bu kurashni kuzatib turadi va shu asosda olamning mohiyatini anglaydi, unga tushunib yetadi. Xudoning Iso timsolida insonga aylanishi va insonga qoʻshilishi xristianlikning buyuk sirlaridan biridir. Bu taʼlimot boʻyicha xudo va b. gʻayritabiiy ilohiy kuchlar bilan qoʻshilib ketish (yaʼni xudo bilan ekstatik qoʻshilish) va ularni anglash sogʻlom aql va mantiqdan tashqari, tushuntirib boʻlmas tarzda va ongciz sodir boʻladi, uni ratsional yoʻl bilan emas, balki irratsional, gʻayritabiiy yoʻl bilan anglash mumkin. Xudoni bilishning bunday murakkab va chigal uslubi xristian aqidalarining asoslariga xavf sola boshladi, Bibliya matnlarini allegorik tarzda kufrona talqin etishga yoʻl ochdi. Bunday holat 2-asr oxiriga kelib rasmiy cherkovning G.ga qarshi kurash olib borishiga sabab boʻldi. Baxtiyor Toʻrayev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title= Gnostitsizm&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. "https://uz.wikipedia.org/w/index .php? Adabiyotlar Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 19:40 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). title=Gnostitsizm&oldid=2840493" dan olindi Download 60.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling