Yun parabole) 2-tartibli yassi egri chiziq; har bir nuqtasidan fokus deb ataladigan nuqta va direktrisa deb ataladigan toʻgʻri chiziqqacha masofalari teng boʻladi (rasm, a)


Download 14.77 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi14.77 Kb.
#1209983
Bog'liq
Parabola


Parabola
(yun. parabole) — 2-tartibli yassi egri chiziq; har bir nuqtasidan fokus deb ataladigan nuqta va direktrisa deb ataladigan toʻgʻri chiziqqacha masofalari teng boʻladi (rasm, a). Fokusdan oʻtib, direktrisaga tik boʻlgan FN toʻgʻri chiziq Parabolaning oʻqi, oʻq bilan Parabolaning kesishish nuqtasi uchi deyiladi. Parabola oʻz oʻqiga nisbatan simmetrik chiziq. Havo qarshiligi qisobga olinmasa, boshlangʻich tezligi vertikal boʻlmagan, erkin harakatlanayotgan jiyemning trayektoriyasi Parabola chizadi. Parabolani oʻz oʻqi atrofida aylantirib hosil qilingan sirt (aylanma paraboloid) parallel nurlarni bir nuqtaga yigʻadi va, aksincha, fokusidan tarqalayotgan nurlar paraboloiddan qaytib, parallel dasta hosil qiladi. Parabolaning bu xossasidan projektor va avtomobil faralari yasashda, quyosh energiyasini qoʻllash (konsentratorlar)da foydalaniladi.[1]
Download 14.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling