Yun peshtzko izlayman, topaman 1 masala yechishning


Download 59.6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.06.2023
Hajmi59.6 Kb.
#1473811
Bog'liq
Evristika - Vikipediya



Evristika
Evristika (yun. peshtzko — izlayman,
topaman) — 1) masala yechishning
maxsus usullari (evristik usullar).
Masalani aniq matematik modellarga
tayanib va anʼanaviy usullardan
foydalanib yechishning aksi. Evristik
usullardan foydalanish masalani yechish
vaqtini ancha qisqartiradi. Bunday usulda
olingan yechim eng toʻgʻri yechim
hisoblanmaydi, balki mumkin boʻlgan
yechimlardan biri boʻladi. Koʻpincha, E.


yordamida qoʻyilgan maqsadga erishib
boʻlmaydi. Baʼzan psixologik va kibernetik
adabiyotda evristik usullarga masalalar
yechishning induktiv usullari sifatida
tushuniladi; 2) EHM (kompyuter) uchun
dasturlar tuzish usuli (evristik
dasturlash). Agar oddiy dasturlar tuzish
usulida dasturchi masalani yechishning
tayyor mat. usulini EHM ga "tushunarli"
shaklga kodlasa, evristik dasturlashda u
masalani yechishning intuitiv (his qilib)
tushuniladigan usulini shakllantirishga
intiladi. Bu usul ham oldinga qoʻyilgan
vazifani mutlaq hal qilishga imkon
bermaydi; 3) mahsuldor ijodiy fikrlash
(tafakkur) jarayonini tashkil qilish (evristik
faoliyat); 4) evristik faoliyatni


oʻrganadigan predmet; fikrlash haqidagi
fanning maxsus boʻlimi. Fan sifatida
psixologiya, sunʼiy intellekt nazariyasi,
strukturaviy lingvistika, axborotlar
nazariyasi predmetlarining omixtasi
sifatida rivojlanadi; 5) maxsus oʻqitish
usuli (Suqrot suhbatlari) yoki
muammolarni koʻplashib hal qilish. Bunda
taʼlim olayotgan kishilarga yoʻnaltiruvchi
qoʻshimcha savollar va misollar beriladi.
Murakkab muammolarni koʻplashib hal
qilishda gʻoya muallifiga ishtirokchilar
yoʻnaltiruvchi savollar, misollar, aks
misollar berishadi.


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Evristika&action=edit)
 
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Evristika&oldid=2838793

dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 19:01 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 59.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling