Yun staphyle shingil va kokklar) (Staphylococcus)


Download 29.49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.02.2023
Hajmi29.49 Kb.
#1185657
Bog'liq
Stafilokokk



Stafilokokk
Bakteriyalar turi
Stafilokokk (yun. staphyle — shingil va
kokklar) (Staphylococcus) —
Micrococcaceae oilasiga mansub
sharsimon bakteriyalar turkumi; S.ni R.
Kox (1878-yil) va L. Pasterlar (1880-yil)
birinchi boʻlib aniqlashgan. F. Rozenbax
(1884-yil) bemorlarning yiringli
yalligʻlangan oʻchoqlaridan S.ni ajratib
olib, uning biokimyoviy xossalarini
oʻrgangan. S. yumaloq shaklda boʻlib,
surtmalarda, asosan, uzum shingiliga


oʻxshab koʻrinadi. S. harakatsiz, fakultativ,
anaerob, grammusbat, xivchin va spora
hosil qilmaydi, patogen turlarida
mikrokapsulasi bor. S. tabiatda keng
tarqalgan mikroorganizmlar boʻlib,
ularning saprofit, shartlipatogen va
patogen turlari mavjud. Odam terisi va
shilliq qavatlarida 14 turi uchraydi.
S, asosan, havoda, suvda, odam va
hayvonlarning normal mikroflorasi
tarkibida, patogen turlari mikrob
tashuvchi odam, hayvonlarda uchraydi va
ularda kasallik qoʻzgʻatadi. S.
organizmga, asosan, teri, havotomchi,
chang, alimentar yoʻllar orqali kiradi.
Hozirgi S. qoʻzgʻatadigan juda kup


kasallik anikdangan. Koʻp hollarda S.
ikkilamchi infeksiyaning rivojlanishiga
sabab boʻladi.
Patogen S. tushgan sut va sut
mahsulotlari, tort, muzqaymoq va
boshqa oziqovqat mahsulotlari isteʼmol
qilinganda zaharlanish (toksikoinfeksiya)
kuzatiladi.
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.

Download 29.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling