Yun staphyle shingil va kokklar) (Staphylococcus)
Download 29.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Stafilokokk
Stafilokokk Bakteriyalar turi Stafilokokk (yun. staphyle — shingil va kokklar) (Staphylococcus) — Micrococcaceae oilasiga mansub sharsimon bakteriyalar turkumi; S.ni R. Kox (1878-yil) va L. Pasterlar (1880-yil) birinchi boʻlib aniqlashgan. F. Rozenbax (1884-yil) bemorlarning yiringli yalligʻlangan oʻchoqlaridan S.ni ajratib olib, uning biokimyoviy xossalarini oʻrgangan. S. yumaloq shaklda boʻlib, surtmalarda, asosan, uzum shingiliga oʻxshab koʻrinadi. S. harakatsiz, fakultativ, anaerob, grammusbat, xivchin va spora hosil qilmaydi, patogen turlarida mikrokapsulasi bor. S. tabiatda keng tarqalgan mikroorganizmlar boʻlib, ularning saprofit, shartlipatogen va patogen turlari mavjud. Odam terisi va shilliq qavatlarida 14 turi uchraydi. S, asosan, havoda, suvda, odam va hayvonlarning normal mikroflorasi tarkibida, patogen turlari mikrob tashuvchi odam, hayvonlarda uchraydi va ularda kasallik qoʻzgʻatadi. S. organizmga, asosan, teri, havotomchi, chang, alimentar yoʻllar orqali kiradi. Hozirgi S. qoʻzgʻatadigan juda kup kasallik anikdangan. Koʻp hollarda S. ikkilamchi infeksiyaning rivojlanishiga sabab boʻladi. Patogen S. tushgan sut va sut mahsulotlari, tort, muzqaymoq va boshqa oziqovqat mahsulotlari isteʼmol qilinganda zaharlanish (toksikoinfeksiya) kuzatiladi. Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. Download 29.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling