Yunesko tomonidan o'zbek xalqining nomoddiy moddiy merosga bo'lgan munosabati reja


Download 0.86 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi0.86 Mb.
#1061281
Bog'liq
YUNESKO TOMONIDAN O\'ZBEK XALQINING NOMODDIY MODDIY MEROSGA BO\'LGAN MUNOSABATI


YUNESKO TOMONIDAN O'ZBEK XALQINING NOMODDIY MODDIY MEROSGA BO'LGAN MUNOSABATI
REJA:

  1. YUNESKOning nomoddiy madaniy merosni

  2. Nomoddiy madaniy merosni

  3. Xalq badiiy hunarmandchiliklari

O‘zbekiston ilk bor YUNESKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi


O‘zbekiston birinchi marta YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi. O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatlab, 105 mamlakat ovoz berdi.
O‘zbekiston YUNESKO Bosh qarorgohida (Parijda) bo‘lib o‘tayotgan «Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi konvensiyaga a’zo bo‘lgan davlatlar Bosh assambleyasining 9-sessiyasida Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaga a’zolikka saylandi.
Turizm va madaniy meros agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022−2026 yillarda qo‘mitada a’zo sifatida faoliyat yuritadi.
YUNESKOning ikkinchi mintaqaviy saylov guruhida (Sharqiy Yevropa va MDHning ayrim davlatlari) ikkita bo‘sh o‘rin uchun beshta nomzod — O‘zbekiston, Bolgariya, Bosniya va Gersegovina, Slovakiya hamda Estoniya o‘zaro kurash olib bordi.
O‘zbekiston uchun eng ko‘p davlat ovoz bergan — 105. Boshqa raqobatchi davlatlar quyidagicha ovoz olgan: Slovakiya (94 — ikkinchi bo‘sh o‘ringa saylangan), Estoniya (69), Bolgariya (26), Bosniya va Gersegovina (9).
O‘zbekiston tomoni o‘z nutqida ovoz bergan davlatlarga o‘z minnatdorligini bildirdi va 2003 yilgi Konvensiyani mamlakat, mintaqaviy va global miqyosda ilgari surishda katta hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini ta’kidladi.
«Bu biz uchun ham faxr, ham mas’uliyat. O‘zbekiston, albatta, o‘ziga bildirilgan yuksanch ishonchni oqlaydi», — dedi turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov.
Mamlakatning boy nomoddiy madaniy merosini asrab-avaylash va ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. «Konstitutsiyani isloh qilish doirasida ilgari surilgan, qisman madaniy merosni muhofaza qilish va targ‘ib etish chora-tadbirlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishga oid takliflar delegatlar e’tiboriga havola etildi», — deyiladi xabarda.
Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning asosiy vazifalaridan biri — Konvensiya maqsadlarini ilgari surish, ilg‘or tajribalar bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish chora-tadbirlari bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat.
Qo‘mita ishtirokchi-davlatlar tomonidan nomoddiy merosni ro‘yxatga kiritish to‘g‘risidagi so‘rovlarni, shuningdek, dasturlar va loyihalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi.
Qo‘mita xalqaro yordam ko‘rsatishga ham mas’uldir. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita Konvensiyani amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘radi, asosan, operativ ko‘rsatmalar to‘plamini va Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish rejasini ishlab chiqish Konvensiyaning 25-moddasida belgilangan. U ushbu hujjatlarni Bosh assambleyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Hozirgi kunga qadar YUNESKO konvensiyasini 180 ta davlat qo‘llab-quvvatlaydi, O‘zbekiston unga 2008-yilda a’zo bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda YUNESKO insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga O‘zbekiston tomonidan 10 ta milliy va ko‘p millatli elementlar, shu jumladan shoshmaqom, palov pishirish an’analari, Navro‘z bayrami, Xorazm lazgisi va baxshi san’ati kiritilgan.


O‘zbekistonda madaniyat va san’at Ma’naviyat maskanlari. Teatr. Mustaqillik yillarida madaniy hayotda ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bu avvalo teatr san’ati rivojlanishida yaqqol sezila boshlandi, yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi. 1991-yilda Farg‘ona, 1993-yilda Xorazmda davlat qo‘g‘irchoq teatrlari ish boshladi, 1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyat teatrlari qoshida qo‘g‘irchoq guruhlari, 2001-yilda Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri ochildi. O‘zbek davlat akademik drama (2001-yil), O‘zbekiston akademik rus drama teatrlari (1999-yil) kabi poytaxt hamda viloyat teatr jamoalariga yangi binolar qurildi, ta’mirlandi. 2015-yilning oktabrida rekonstruksiya qilingan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nafaqat, mahalliy teatr va tomosha guruhlarining chiqishlariga, balki, xorij mamlakatlardan tashrif buyuradigan jamoalar, atoqli artistlarning chiqishlariga ham mo‘ljallangan «Turkiston» saroyi 1993-yilning sentabrida ish boshladi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri. ? 103 2009-yilda «O‘zbekiston» xalqaro forumlar saroyi, 2011-yilda Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan tashkil topgan Ma’rifat markazi majmuasi, 2014-yilda Farg‘ona viloyatida Teatr-konsert saroyi kabi ma’naviyat maskanlari ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida»gi (1998-yil) farmoni sahna ijodiyotida alohida o‘rin tutib, unga muvofiq ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta’minlash, milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish kabi maqsadlarda «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. 2017-yil faoliyati tanqidiy o‘rganilib, «O‘zbekteatr» birlashmasi tugatilib, uning funksiyalari Madaniyat vazirligiga o‘tkazildi. 2001-yil O‘zbek davlat akademik drama teatriga Prezident farmoni bilan «Milliy teatr» maqomi berildi. 2014-yilda Prezident «O‘zbek milliy akademik drama teatrining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq teatr ta’mirlandi va yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi. Umuman, mustaqillik o‘zbek teatrlari va san’atkorlarining dunyo sahnasiga chiqishi uchun keng yo‘l ochdi.


Poytaxtdagi respublika teatrlari qatorida viloyat jamoalari ham xalqaro madaniy munosabatlarda qatnashib kelmoqda. Bu borada O‘zbekiston Yoshlar teatri, Ilhom teatri va Qashqadaryodagi «Eski masjid» teatr-studiyasi faol bo‘ldi. 1993-yilning 23–30-oktabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan «Teatr: Sharq va G‘arb» xalqaro festivali O‘zbekistonda dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan sahna san’atkorlari qatnashgan birinchi yirik tadbir ekanligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Simpoziumlar saroyi va O‘bekiston Milliy kutubxonasi. O‘zbek milliy akademik drama teatri binosi. 104 Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq teatr jamoalari Amir Temur mavzusiga murojaat qilishdi. Dastlab Qashqadaryo viloyat musiqali drama va komediya hamda O‘zbek davlat akademik drama teatrlarida sohibqiron hayoti haqidagi tarixiy dramalar sahnaga qo‘yildi. Bu jamiyatda milliy iftixor o‘sishi, tarixiy xotiraning tiklanishi borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan hamohang bo‘lib, sahna ijodiyotida Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, jadidlar siymolarining faoliyatiga oid asarlar ham yaratildi. Milliy mumtoz adabiyot namunalari, ayniqsa, Alisher Navoiy dostonlari sahnalashtirildi. Folklor-etnografik manbalar asosidagi pyesalar drama-turgiyaning alohida yo‘nalishini tashkil qildi. Musiqa va raqs san’ati. Mustaqillik yillarida musiqa san’atida tub burilish asliga qaytish, an’anaviy ohanglardan bahramandlik va ta’sirlanishda namoyon bo‘ldi. Buning uchun eng avvalo, xalqqa yaqinlashish, el orasida yurish, eng noyob xalq iste’dodlarini izlab topish zarur edi. Shu maqsadda 1992-yili bir qancha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi. Jumladan, Toshkent shahrida mart oyida milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh navolar», aprel oyida mashhur san’atkorlar asarlari ijrochilarining «Boqiy ovozlar», Xorazm viloyatida may oyida folklor jamoalarining, iyun oyida Qo‘qon shahrida askiya, qiziqchi va masxarabozlarning va avgust oyida Toshkent shahrida lapar, yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi. Ular bir necha o‘nlab iste’dodlarni kashf qildi. Bu kabi tadbirlar, festivallar o‘tkazilishi an’anaga aylanib, xalqaro miqyosda nomoddiy madaniy merosni asrash yuzasidan olib borilayotgan harakatlar bilan uyg‘unlashib ketdi. Mustaqillik davrida professional musiqa va raqsni rivojlantirish ishlariga ham e’tibor qaratildi. 1996-yil «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 1997-yil Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «O‘zbekraqs» milliy raqs birlashmasi hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tuzildi. Prezidentning 2001-yil «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi, Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi ish boshladi. Istiqlol davrida tamomila yangi ko‘rik-tanlovlar, festivallar yuzaga keldi. 1995-yilda Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuida ko‘rik-tanlov o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qildi. 1996-yil mart oyidan o‘tkazilib kelinayotgan «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi ko‘rik- 105 tanlovi mustaqillikni, Vatanni anglash, uni ulug‘lash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Shuning uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni maxsus farmon qabul qilindi. Unda har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi. Tanlov mustaqillikni madh etuvchi yuzlab qo‘shiqlar yaratilishiga turtki bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yildagi qarori bilan har ikki yilda bir marotaba Samarqand shahrida «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali o‘tkazila boshlandi. Birinchi festivalda dunyoning 31 mamlakatidan vakillar ishtirok etishdi. Festivalning hudud qamrovi ham tobora kengayib bormoqda. 2015- yili X festivalda 66 mamlakatdan vakillar qatnashdi. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalining ochilishi marosimi. Yodda tuting! YUNESKO tomonidan yuritiladigan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatidan Shashmaqom (2008), Boysun madaniy muhiti (2008), Navro‘z (2009), Katta ashula (2009), Askiya (2014) o‘rin oldi. 2017-yilda Prezident qarori bilan O‘zbek milliy maqom san‘ati markazi tashkil etildi. 2018-yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati festivalini o‘tkazish belgilandi. 1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festivali o‘tkazildi. Mazkur festivalda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlaridan ijrochilar ishtirok etishdi. Mustaqillik yillari musiqa san’atini akademik, an’anaviy va zamonaviy yo‘nalishlarida rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratish qatorida ta’limiga ham e’tibor berildi. 2002-yilda Toshkent davlat konservatoriyasi O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirildi. Konservatoriyaning yangi binosi qurildi. Prezidentning qarori bilan qabul qilingan Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha davlat dasturi ham muhim o‘rin tutib, 106 uning doirasida 2009–2014-yillarda hududlarda 278 ta musiqa va san’at maktabi foydalanishga topshirildi, ular 30 mingdan ortiq yangi musiqa asboblari, 61 ming nusxada o‘quv qo‘llanma, milliy va jahon musiqasi notalari bilan ta’minlandi. «Nihol», «Zulfiya» nomidagi davlat mukofotlari ta’sis etilishi, «Kamalak yulduzlari» respublika bolalar ijodiyoti festivali, «Sozlar navosi» yosh musiqa ijrochilar va boshqa ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelinayotgani yangi iste’dodlarni ro‘yobga chiqarish va qo‘llabquvvatlash maqsadlariga xizmat qiladi. O‘zingizni sinang! Konservatoriya – bu ... Nomoddiy madaniy meros – bu .. ! Musiqa festivallari – bu ... Ma’naviyat maskanlari – bu ... Tasviriy san’at. Tasviriy san’at uchun mustaqillik keng imkoniyatlar yaratib berdi. Avvalo, 1997-yilda O‘zbekistonda birinchi bor Badiiy akademiya tashkil etildi. 2002-yili Toshkent foto uyi, 2004-yili O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi, 2005-yili O‘zbek liboslari galereyasi, 2006-yili Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi ish boshladi. Prezidentning 1997-yil «Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmonida amaliy bezak san’ati ahamiyatini oshirish, qo‘lda ishlanadigan badiiy buyumlarni tayyorlash davlat tomonidan madad berilish choralari belgilandi. Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni ta’sis etildi, «Hunarmand» uyushmasi tashkil qilindi. Hunarmandlar daromad solig‘idan ozod etildi. Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirish maqsadida soliq imtiyozlarining muddati uzaytirilmoqda. Bu tadbirlar badiiy kulollik, kandakorlik, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik, lakli miniatyura kabi turlarini rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratmoqda. Kino. Mustaqillik yillarida milliy kino san’atini rivojlantirishga ham alohida etibor qaratildi. Dastlabki davrdagi moliyaviy qo‘llabquvvatlashlar 2004-yili «O‘zbekkino» milliy agentligi tashkil etilgandan keyin yangi bosqichga ko‘tarildi. 2005-yildan boshlab davlat tomonidan 107 yillik ishlab chiqarish hajmlarining istiqbollik ko‘rsatkichlari belgilandi (15 ta to‘la metrajli badiiy kinofilm, 20 ta hujjatli va ilmiy-ommabop, 10 ta multiplikatsion kinofilm va 60 soatlik ma’naviy-ma’rifiy, o‘quvuslubiy videofilmlar). Kino san’ati ustalari ham mustabidlik va mustaqillik davrlarining mohiyatini badiiyat vositasi bilan ochib berish yo‘lida tinmay izlanib, xalqimizga o‘zlarining yangi-yangi asarlarini taqdim etdi. «Abdullajon», «O‘tkan kunlar», «Yozning yolg‘iz yodgori», «Voiz», «Osmondagi bolalar», «Chashma», «Yo‘l bo‘lsin», «Vatan», «O‘tov», «Parizod», «Unutma meni», «Aldangan ayol», «Tubanlik», «Qo‘rg‘oshin», «Baron»kabi badiiy filmlar tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. Mustaqillik yillarida ishlangan «To‘maris», «Bulbul», «Kulol» singari multfilmlar jahonning nufuzli festivallarida ham e’tirof etildi. Badiiy adabiyot. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqidalar hukmronligi illatlaridan ozod bo‘ldi. Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo‘lib qoldi. Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, Xurshid Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, pyesa va qissalarida ulug‘ bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi. Mustaqillik davri adabiyotining bayroqlari O‘zbekiston qahramonlari Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuflar ijodiy faoliyati bilan butun xalqimiz faxrlanadi. Milliy istiqlol davridagi o‘zbek adabiyotshunosligi oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda O. Sharofiddinov, B. Qosimov, N. Karimovlarning asarlari alohida o‘rin egallaydi. T. Malikning romanlari, O. Matjon, O. Hojiyeva, A. Suyun, Y. Eshbek, H. Do‘stmuhammad, Sh. Salimova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g‘oyaviy yetuk asarlari o‘zbek milliy istiqlol adabiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Umuman, adabiyotga e’tibor madaniyatning muhim yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Yozuvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida 2010-yil O‘zbekiston 108 Yozuvchilar uyushmasi huzurida «Ijod» fondi tashkil etilib, 2011-yildan yosh ijodkorlarning birinchi kitoblari davlat hisobidan chop qilina boshlandi. Muzey. Millatimizning o‘zligini anglashda milliy, tarixiy qadriyatlari-mizni tiklashda muzeylar alohida o‘rin tutadi. Muzeylar tarixiy yodgorliklar maskani, adabiyot, san’at, urf – odatlari, hayot obrazlarimizning moddiy va maishiy jihatdan bir ko‘rinishi, ko‘zgusi, tasviri. Muzeylar orqali o‘tmishni, tarixni ko‘rish, eslash, sezish, o‘rganish mumkin. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor berildi. 1996-yili Toshkentda Temuriylar tarixi, Olimpiya shon-shuhrati, 2002-yili Qatag‘on qurbonlari xotirasi, Surxondaryo viloyatining markazi – Termiz shahrida Arxeologiya muzeyi ish boshladi. O‘zbekiston Prezidentining 1998-yildagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofi qlashtirish, ilmiy – uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1998-yilda «O‘zbekmuzey» Respublika jamg‘armasi tuzildi. Ahoining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi «Moziydan sado» jurnali ta’sis etildi va u 1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Yoshlar ma’naviyatida Muzeylarning ahamiyati hisobga olinib 2014-yil Vazirlar Mahkamasining qarori bilan haftaning seshanba va juma kunlari bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat ko‘rsatish, har yili 2–8 sentabr kunlari «Muzeylar haftaligi»ni tashkil etish belgilandi. Yodda tuting! 1991–1994 yillarda 73 ta muzey mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilda 450 ga yaqin muzey faoliyat olib bormoqda. Muzeylar faoliyati. 135 ta Davlat muzeylari 99 ta Nodavlat muzeylari 28 ta Kollej muzeylari 182 ta Maktab muzeylari 109 Shunday qilib, davlat madaniy hayotning ko‘p qirrali xususiyatini saqlagan holda rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratishga e’tibor qaratib kelmoqda. Shuningdek, madaniyat O‘zbekiston aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi yoshlarga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.


uning tashkil etdi Nomoddiy madaniy meros ro'yxatlari muhimlarni yaxshiroq himoya qilishni ta'minlash maqsadida nomoddiy madaniy meros bo'ylab va ularning ahamiyatini anglash.[1] Ushbu ro'yxat Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo'yicha hukumatlararo qo'mita tomonidan e'lon qilinadi, uning a'zolari ishtirok etuvchi davlatlar tomonidan Bosh assambleyada yig'iladi.[2]Dunyo bo'ylab insoniyatning turli xil og'zaki va nomoddiy xazinalari to'plami orqali dastur YuNESKO muhim tarkibiy qism va ombor sifatida aniqlagan nomoddiy merosni muhofaza qilishning ahamiyatiga e'tiborni qaratishga qaratilgan. madaniy xilma-xillik va ijodiy ifoda.[3][4]
Ro'yxat 2008 yilda 2003 yilda tashkil etilgan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to'g'risidagi konventsiya kuchga kirdi.
2010 yildan boshlab dastur ikkita ro'yxatni tuzadi. Uzoqroq, Insoniyatning nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro'yxati, madaniy "ushbu merosning xilma-xilligini namoyish etishga va uning ahamiyati to'g'risida xabardorlikni oshirishga yordam beradigan" amaliy va iboralarni o'z ichiga oladi. Qisqa, Shoshilinch muhofazaga muhtoj bo'lgan nomoddiy madaniy meros ro'yxati, jamoalar va mamlakatlarga tegishli bo'lib, ularni tirik saqlash uchun shoshilinch choralar ko'rishni talab qiladigan madaniy elementlardan iborat.[5][6]
2013 yilda shoshilinch muhofazaga muhtoj moddiy bo'lmagan madaniy meros ro'yxatiga to'rtta element kiritildi, bu ishtirokchi davlatlarga ushbu hamkorlik merosini tegishli jamoalar ishtirokida etkazib berishni ta'minlash uchun xalqaro hamkorlikni va yordamni safarbar qilishga yordam beradi. Shoshilinch himoya ro'yxati endi 35 elementdan iborat bo'lib, Qo'mita[qaysi? ] nomoddiy meros to'g'risida xabardorlikni oshirish va ularning madaniy xilma-xilligini aks ettiruvchi jamoalarning urf-odatlari va nou-xaularini tan olishga xizmat qiladigan insoniyatning nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro'yxatiga 25 ta element kiritilgan. Ro'yxat mukammallik yoki eksklyuzivlikning biron bir standartini belgilamaydi yoki tan olmaydi. Ro'yxat 2018 yilga kelib 122 mamlakatga to'g'ri keladigan 508 elementni tashkil etdi.[7]
Ro'yxatlarga kiritilgan elementlar insoniyatning nomoddiy merosining muhim asoslari, jahon miqyosidagi nomoddiy meros uchun eng yuksak sharaf hisoblanadi.
Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling