Yunoncha: ὁρμάω hormanino
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
GORMONLAR
Tayorladi: Boybutayeva Mahliyo • Gormonlar (qadimgi yunoncha: ὁρμάω - hormanino — qoʻzgʻataman) — ichki sekresiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlanib chiqib, qonga va toʻqima suyuqligiga oʻtadigan biologik faol moddalar. Ular butun organizmga tarqalib, turli aʼzo hamda toʻqimalarning faoliyatini boshqaradi. . • Gormonlarni 1902 yilda Starlen va Beylis kashf qilishgan Tayorladi: Boybutayeva Mahliyo 1. Epifiz 2. Gipofiz 3. Qalqonsimin bez 4. Timus 5. Buyrako’sti bezi 6. Oshqozonosti bezi 7. Tuxumdon 8. Urug’don Tayorladi: Boybutayeva Mahliyo Odamda gormonal regulatsiyaning buzilishi og'ir kasalliklarga olib keladi. Endokrin kasalliklarning hammasi pirovard natijada ichki sekretsiya bezlari funksiyasining kuchayishi yoki susayib qolishi oqibatidir. Gormonlarning ortiqcha hosil boiishi u yoki bu endokrin bezlar giperfunkslyasi deb belgilansa, yetarlicha hosil bo'lib turmasligi o'sha bezlarning gipofunksiyasi deb yuritiladi. Ana shunday o'zgarishlar ichki sekretsiya bezlarining patologik jarayonlardan birlamchi zararlanishi natijasi bo'lishi yoki trop gormonlar , rilizing omillar sekretsiyasining kamchiliklariga, yo bo'lmasa nerv sistemasining og'ir kasalliklariga aloqador bo'lishi mumkin. Tayorladi: Boybutayeva Mahliyo • Gipofiz yoki gipofiz bezi: Bu endokrin tizimning eng muhim bezi hisoblanadi, chunki u boshqa ichki sekretsiya bezlarining faoliyatini tartibga soluvchi gormonlar ishlab chiqaradi. Bunga hissiyotlar va mavsumiy o'zgarishlar kabi omillar ta'sir qilishi mumkin. Gipotalamus: Ushbu ichki sekretsiya bezi gipofizning ishini boshqaradi, gipofizdan gormonal sekretsiyani qo'zg'atishi yoki inhibe qilishi mumkin bo'lgan kimyoviy moddalar chiqaradi. • tovlamachilik: Immunitet hujayralarining o'sishini rag'batlantirish uchun mas'ul bo'lgan timosin gormonini chiqaradi • Tayorladi: Boybutayeva Mahliyo • Gipofiz bezining shikastlanish Akromigaliya, gegantizim yoki nanizm kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Tayorladi: Boybutayeva Mahliyo Somatotropin – jismoniy faollik gormoni. Bosh miyadagi gipofiz markazida ishlab chiqariladi. Mushaklar tonusi, ortiqcha yog‘larni yo‘qotish, tomirlar mustahkamligiga xizmat qiladi. Uning yetishmovchiligi natijasida mushaklar holsizlanadi, qo‘l terisi so‘lg‘inlashadi. Uning ishlab chiqarilishtda S vitamini, to‘yinmagan yog‘ kislotalari(seld, tunes, skumbriya, baliq yog‘i), proteinlar(mol, induk, tovuq go‘shtlari) va o‘simlik oqsillari(guruch, soya, qizil loviya) katta rol o‘ynagani bois, ularni muntazam ravishda iste’mol qilib yurish lozim. Tayorladi: Boybutayeva Mahliyo • Zarur paytda organizm imkoniyatlari Gormonlar ishtirokida safarbar qilinadi. Mas, xavf-xatar taxdid qilganda va shu munosabat bilan muskullarga zoʻr kelganda Adrenalin koʻproq chiqib, qondagi glyukozani koʻpaytiradi, yurak va miyaga qon borishini kuchaytiradi; organizmga zararli taʼsir ortganda AKTG koʻproq chiqadi. Organizm normal yashab, ishlab turishi uchun Gormonlar ehtiyojga yarasha ishlanib chiqishi kerak. Nerv, gumoral va gormonal omillar oʻzaro taʼsir etib, shunga yordam beradi. Baʼzan nerv sistemasi ichki sekreksiya bezlari bilan bevosita bogʻlanadi. Qorin nervi taʼsirlanganda buyrak usti bezlarining magʻiz qavatidan adrenalinning koʻplab chiqishi shundan dalolat beradi Tayorladi: Boybutayeva Mahliyo • Kortizol – stress gormoni. Ushbu gormon kishi xavfli vaziyatga tushganda yoki och qolganda ko‘p miqdorda ishlab chiqarila boshlaydi. Qonda kortizol miqdori baland bo‘lsa doimiy stress va xavotir kuzatilib, moddalar almashinuvi buziladi. Qizil ikra (uning tarkibidagi triptofan “baxt gormoni” – serotanin ishlab chiqarilishiga xizmat qiladi va stressni yo‘qotadi, xolesterol esa asab tizimini mustahkamlaydi), bodom (uning tarkibidagi Ye vitamini odamni tinchlantirib, stress gormoni darajasini tushiradi, ko‘p miqdordagi to‘yinmagan yog‘lar esa xolesterinni kamaytiradi), pista(qon bosimini tushiradi, ortiqcha adrenalinni me’yorlashtiradi, stressni yumshatadi, tetiklik va yaxshi kayfiyat baxsh etadi), loviya (undagi magniy moddasi mushaklarni bo‘shashtiradi, asablarni tinchlantiradi, kortizol miqdorini kamaytiradi), shuningdek, asal, romashka, yalpiz damlamalari, sut, shokolad va pishloq ham kortizol miqdori oshganda, ya’ni tushkunlik, stress, qo‘rquv va xavotir vaqtida koni foyda. Tayorladi: Boybutayeva Mahliyo Tayorladi: Boybutayeva Mahliyo • Dofamin — qoniqish (maqtanchoqlik) gormoni. Adrenalinga o‘xshash ushbu gormon insondagi qoniqish hissini boshqaradi. Masalan, mazali taom yegandi, biror o‘ziga xos holatga duch kelganda ushbu gormon natijasida kimgadir maqtangimiz keladi. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda mazali taomlar, yangi buyum yoki joylar haqidagi xabar va fotosuratlarni joylashtirish domafin miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshmoqda. Musiqa eshitganda miyada mazkur gormon ko‘p miqdorda ishlab chiqarila boshlar ekan. Tayorladi: Boybutayeva Mahliyo • Banan • Apelsin • Uzum • Bolgarskiy • Yong’oq va pista • Non mahsulotlari • Dengiz karami va dengiz balig’i • Shirinliklar shokolad va h.k Tayorladi: Boybutayeva Mahliyo Gormonlarning ta’siri • Gormonlarning to'qima va organlarga ko'rsatadigan ta'sir mexanizmi yetarlicha o'rganilgan emas. Gormonlar asosan hujayralarda, ularning sitoplazmatik tuzilishlarida ro'y berib turadigan jarayonlarga ta'sir qiladi. Gormonlarning bir xili hujayra membrana-sining o'tkazuvchanligini o'zgartirsa, boshqalari, aftidan, hujayra-ning genetik apparatiga ta'sir ko'rsatib, fermentlar hosil bo'lishini idora etib boradi va shu bilan muayyan biokimyoviy jarayonlarni tezlashtiradi yoki susaytirib qo'yadi. Qanday yo'nalishda ta'sir ko'rsatishiga qarab turli bezlarning gormonlarini ikki guruhga bo'lish mumkin — anabolik va kotabolik gormonlar. Tayorladi: Boybutayeva Mahliyo Gormonlarning to'qima va organlarga ko'rsatadigan ta'sir mexanizmi yetarlicha o'rganilgan emas. Gormonlar asosan hujayralarda, ularning sitoplazmatik tuzilishlarida ro'y berib turadigan jarayonlarga ta'sir qiladi. Gormonlarning bir xili hujayra membrana-sining o'tkazuvchanligini o'zgartirsa, boshqalari, aftidan, hujayra-ning genetik apparatiga ta'sir ko'rsatib, fermentlar hosil bo'lishini idora etib boradi va shu bilan muayyan biokimyoviy jarayonlarni tezlashtiradi yoki susaytirib qo'yadi. Qanday yo'nalishda ta'sir ko'rsatishiga qarab turli bezlarning gormonlarini ikki guruhga bo'lish mumkin — anabolik va kotabolik gormonlar. Tayorladi: Boybutayeva Mahliyo • Serotonin miqdorini tabiiy usulda oshirgan ma’qul. Jumladan, oson hazm bo‘luvchi uglevodlarga boy maydalanmagan donlar, yasmiq, suli yormasi va loviya iste’molini kanda qilmaslik zarur. Ko‘p bosqichli tozalashdan o‘tkazilgan, nosog‘lom va ko‘p bor qayta ishlangan mahsulotlar (oq non, bulochki, konfet)dan tiyilishni ham unutmaslik lozim. Shuningdek, meva va sabzavotlardagi qimmatli uglevodlar, B2, B6 vitaminlari, Omega-3 yog‘ kislotalari (baliq), Quyosh nurlari ostida sayr qilish, mustahkam uyqu, jismoniy mashqlar ham uning miqdorini oshirish xususiyatiga ega. Gormonlar qon tarkibi (suv, qand, elektrolitlar miqdori) ni doim bir xilda saqlashda ishtirok etadi va shu bilan gomeostaz regulatorlari xossalarini namoyon qiladi. Gormonlar nihoyat darajada faol moddalardir, chunki juda kichkina konsentratsiyada moddalar almashinuvi hamda funksiyalarining sezilarli darajada o'zgarishiga sabab bo'ladi. Chunonchi, adrenalin ajratib olingan yurakka 1*10-7 - l *10-9 g/ml konsentratsiyada ta'sir ko'rsataveradi. • Insulin – shirinlik gormoni. Oshqozon osti bezida ishlab chiqariladi. Ayni shu gormon biz iste’mol qilgan shirinliklarni parchalab, organizmimiz uchun zarur bo‘lgan energiya, quvvatga aylantirib beradi. Insulinning noto‘g‘ri ishlab chiqarilishi qandli diabet hamda yurak qon-tomir tizimi xastaliklarining rivojlanishiga olib keladi. Yomon uglevodlar (bulochka, pirojniylar) insulin almashinuvini yomonlashtirsa, yaxshi uglevodlar (yirik maydalangan undan tayyorlangan non, jigarrang shakar va sabzavotlar) me’yorini ta’minlaydi. Insulin – harakat gormoni hamdir. Bir soatlik fitnes mashg‘ulotlaridan so‘ng uning miqdori 6-7 foizga ortishi isbotlangan. • Melotonin o‘ziga xos antioksidant hisoblanib, ba’zi kasalliklar, masalan, saratonning ayrim turlari(ko‘krak bezi saratoni)ga qarshi kurashda uning o‘rni beqiyos. Melotonin yetishmovchiligi ham ayrim xastaliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Zero, muxtaram o‘quvchilarimizga uyqusizlik qanchalik og‘ir asoratlarga olib kelishi yaxshigina ma’lum bo‘lsa kerak. • Mazkur gormonning yana bir qiziqarli tomoni shundaki, u ovqat hazm qilish jarayonida ham ishtirok etadi. Shu sababdan me’yoridan ortiqcha ovqat iste’mol qilganimizda, ortiqcha taomni hazm qilish uchun ko‘proq melatonin ishlab chiqariladi va bizni uyqu bosadi. • Testosteron (androgen) erkaklarning birinchi raqamli gormoni bo‘lib, kuch-g‘ayrat manbai hisoblanadi. Ushbu gormonning yetishmasligi erkaklarda nafaqat asabiylik va jinsiy zaiflik ni, balki boshqa bir qator muammolarni ham keltirib chiqaradi. Jumladan, organizmning umumiy tonusi tushib ketadi, xotira zaiflashadi, ishchanlik kayfiyati yo‘qoladi. Buning oldini olish uchun rux(sigir va qo‘y go‘shtlari, dengiz mahsulotlari, oshqovoq urug‘i) moddasi mvjud bo‘lgan mahsulotlarni tez-tez iste’mol qilib turish kerak. Shuningdek, erkaklar kuniga yarim litrdan ziyod pivo iste’mol qilish muntazam ravishda erkaklik gormonlarining kamayishiga olib kelishini unutmaslik, alkogol va tamaki mahsulotlaridan imkon qadar chetlanishlari lozim. • Estrogen — asosan ayollar gormoni bo‘lib, tuxumdonlarda ishlab chiqariladi. Ular tomirlar elastikligini, terining tarangligini ta’minlaydi. Ayollar nazokati bevosita ushbu garmon miqdoriga bog‘liq. Shuningdek, asab tizimiga stress asoratlariga qarshi kurashishga ko‘maklashadi. Organizmda mazkur gormonning yetarlicha miqdorda ishlab chiqarilishi E (o‘simlik yog‘i, loviya), K (ismaloq, oshqovoq, yashil no‘xat, jigar, tuxum sarig‘i) vitaminlari hamda foliy kislotasi (petrushka, karam) me’yoriga chambarchas bog‘liq. Tayorladi: Boybutayeva Mahliyo • Men ushbu slaydni yozish davomida ichki sekretsiya bezlaridan oshqozon osti bezi, buyrak usti bezi, jinsiy bezlar fiziologiyasini yanada chuqurroq o’rganib chiqdim. Ichki sekretsiya bezlarida ishlangan sekret - gormon deb ataladi. Ichki sekretsiya bezlarida ishlangan gormon bevosita qonga quyiladi. Odam hayotida nerv sistemasi muhim ro`l o`ynaydi. Organizmda modda almashinuvi davom etar ekan ichki sekretsiya bezlarida murakkab kimyoviy moddalar yuzaga keladi, bular yuksak fiziologik aktiv moddalar bo`lib, organizm funksiyasining normal kechishini ta`minlab turadi, o`sishda qatnashadi, boshqacha qilib aytganda normal fiziologik funksiyani kimyoviy yo`l bilan boshqarib turadi. Tayorladi: Boybutayeva Mahliyo • Kosfeld M va boshq. (2005). Oksitotsin odamlarga bo'lgan ishonchni oshiradi. Tabiat 435: 673-676. • Marieb, Eleyn. (2014). Anatomiya va fiziologiya. Glenview, IL: Pearson Education, Inc. • Neave N. (2008). Gormonlar va xulq-atvor: psixologik yondashuv. Kembrij: Kembrij universiteti. • Redaktor., Molina, Patrisiya E. (2018). Endokrin fiziologiyasi. McGraw- Hill Education. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling