Suyurg'ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o‘tgan. Suyurg‘ol egasi soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlami ishlatib, yer solig‘i - xiroj olganlar.
Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo‘lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan.
Ushr yerlar. Sayid va xo‘jalarga mansub yerlar. Bu yerlardan olingan hosilning o‘ndan biri davlatga berilgan.
Vaqf yerlar. Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir yerlar. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om etiladi.
Askarlarga, ulaming rahbarlariga beriladigan yerlar.
Ulug‘bek hukmronligi davrida g‘alla g‘aram qilinmasdan awal soliq to‘plash qat’iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig‘ib olgachgina real soliq to‘lash imkoniga ega bo‘ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab bo‘lingan: 1) saraton (iyun-iyul); 2) sumbula mezon (avgust va sentabr); 3) qavs (noyabr).
Merkantelizm so’zining ma’nosi —? Italyancha «mercante» - «savdogar».
Merkantilistlarning fikricha boylik…? Savdoda, «asosan tashqi savdoda»
Merkantelizmning asosiy namoyondalari? Uil Stafford va Gaspar Skaruffi
Fiziokratiya so’zining ma’nosi? Lotincha "fizio" - yer, tabiat, "kratos" – kuch, hokimiyat- tabiat kuchi.
Fiziokratlar fikriga ko’ra boylik ? Qishloq xo’jaligidan.
Fiziokratiyaning asoschisi? F.Kene
Klassik iqtisodiy maktab asoschilari? U.Petti, A.Smit va Devid Rikardo.
Klassik iqtisodiy maktab asoschilari fikricha boylik…?
Boylik faqat qishloq xo’jaligida emas, balki sanoat, transport, qurilish va boshqa sohalarda ham yaratilishini isbotlab berdi
Klassik maktab vakillar bozor iqtisodiyoti sharoitida ...? Davlatning aralashuvini cheklash g’oyasini ilgari suradi.
«Mehnat boylikning otasi, er uning onasi», degan iborasi…? U. Pettiga tegishli.
A.Smit g’oyasi ? «ko’rinmas qo’l» g’oyasini ilgari suradi.
A.Smit mashxur asari? «Odamlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot»
D.Rikardo foydaning yagona manbayi? Mehnat ekanligini ko‘rsatadi.
D.Rikardo fikricha yerda, uch sinf muammosi yotadi, bular?
Do'stlaringiz bilan baham: |