Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya
B. Idrokning konstantliligi qonuni
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. Kutishlar va taxminlarning idrokka ta‟siri.
- G. O„zgarmas ma‟lumotning idrok qilinmasligi qonuni.
- D. Anglanganlik qonuni.
- E. Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish.
- Kasb tanlash yo„nalishlari
- Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar
- XIX asrning 80
B. Idrokning konstantliligi qonuni. Bu qonun ma‘lum ma‘noda oldingisiga bog‗liq. YA‘ni bunda ham ilgarigi tajriba katta rol o‗ynaydi. Ma‘nosi: odam o‗ziga tanish bo‗lgan narsalarni o‗sha xossa va xususiyatlar bilan o‗zgarishsiz idrok qilishga moyildir. Masalan, samolyot ichida o‗tirib erga qaraganmisiz? Avtomobil yo‗llari, ularda harakat qilayotgan mashinalar kichkina ko‗rinadi, lekin biz ularni hozir kichrayib qolgan, deb idrok qilmaymiz- ku? Aslida ko‗z korachig‗imizdagi aks kichkina bo‗lsa-da, ularni o‗zimiz «to‗g‗rilab» alohida predmetlar sifatida idrok qilaveramiz. Bu o‗rinda bir etnografning Afrikadagi kuzatishi haqida misol keltirish joizdir. U kunlarning birida pigmeylar deb ataluvchi qabila vakillaridan biri bilan quyuq o‗rmondan chiqqan (bu qabilaning umri kalin o‗rmonda o‗tadi). Ro‗parada yaylovda sonsiz mollar podasi o‗tlab yurgan bo‗lgan. Etnograf ularni oddiy mollar podasi sifatida idrok qilgan, pigmey esa ularni chumolilarga o‗xshatib, ularning ko‗pligi va kichikligidan hayratlangan. Olimda idrokning konstantligi namoyon bo‗lgan bo‗lsa, uning sherigida uning buzilganligi kuzatilgan. Demak, idrokimizning konstantligi, ya‘ni ilgarigi tajriba asosida narsalarning xossa va xususiyatlarini o‗zgartirmay, turg‗un xolda yaxlit tarzda idrok qilish xususiyati bizga tashqi muhitda to‗g‗ri moslashuvimiz, narsalar dunyosida adashmasligimizni ta‘minlaydi. Konstantlik - «constanta» so‗zidan olingan bo‗lib, o‗zgarmas, doimiy degan ma‘noni bildiradi. V. Kutishlar va taxminlarning idrokka ta‟siri. Ko‗pincha bizning idrokimiz ayni paytda biz nimalarni kutayotganimizga bog‗liq bo‗lib qoladi. Biz o‗zimiz kutgandan ham ko‗p paytlarda o‗zimiz ko‗rgimiz kelgan narsalarni ko‗ramiz, eshitgimiz kelgan narsani eshitamiz. Masalan, sonlar qatorida paydo bo‗lgan V harfi uzoqdan albatta 13 soniday idrok qilinadi, yoki aksincha harflar orasidagi 13 «V» ga juda o‗xshaydi. Kechasi yolg‗iz qolib kimnidir kutayotgan bo‗lsangiz, har qanday juda sekin sharpa ham oyoq tovushlariga o‗xshayveradi. Sog‗ingan do‗stingizga biror jihati bilan o‗xshash bo‗lgan odamni ko‗rsangiz- chi? SHunday qilib, inson idroki shaxsiy ma‘no va ahamiyat kasb etgan ma‘lumot vositasida ongdagi bo‗shliqni to‗ldirishga harakat qiladi. Birovning orqadan chaqirishini kutayotgan bo‗lsangiz, negadir albatta, bosh harfi to‗g‗ri kelgan ismni aytsa ham tezginada o‗sha tomonga o‗girilib qaraysiz. Aynan shunday hodisalar ba‘zan idrokdagi xatoliklarning kelib chiqishiga olib keladi. Amerikalik Dj. Begbi degan olim stereoskop orqali amerikalik va meksikalik bolalarga shakli unchalik aniq bo‗lmagan slaydlarni birin-ketin ko‗rsatgan. Amerikalik bolalar ularni beysbol o‗yini, oq sochli qiz ifodalangan desalar, meksikalik bolalar ularni buqalar jangi, qora sochli qiz, deb ta‘riflaganlar. Ko‗pchilik bolalar esa ko‗rsatilgan ikkita rasmdan faqat bittasini ko‗rganini e‘tirof etganlar. Demak, bizning idrokimiz, uning mazmuni madaniy va ma‘naviy muhitga ham bog‗liq bo‗lib, bu kutishlar tizimidan kelib chiqarkan. G. O„zgarmas ma‟lumotning idrok qilinmasligi qonuni. Bu qonunning mohiyati shundaki, muntazam ta‘sir etuvchi ma‘lumot ongda uzoq ushlab turilmaydi. Masalan, o‗tirganingizda soatning tikqilashini eshitganmisiz? Ha, tovush eshitiladi, lekin ma‘lum vaqt o‗tgandan so‗ng u yo‗q bo‗lib qolganday - eshitilmaydi. YOki eksperiment sharoitida yolg‗iz bitta nuqtadagi yorug‗lik manbai ko‗zga ta‘sir etilib, ko‗z ham shu nuqta bilan bir vaqtda harakatga keltirib turilganda, 1-3 sekunddan so‗ng odam yorug‗lik manbaini ko‗rmay qo‗ygandek. SHunga o‗xshash eksperimentlar barcha idrok turlarida ham sinalgan. Past ohangli kuy ham ma‘lum vaqtdan keyin eshitmaganday hisni keltirib chiqarishini sinab ko‗rishingiz mumkin. Nutq vositasida hadeb bir xil so‗zlarni qaytaraverish psixoterapevtik praktikada gipnotik holatni keltirib chiqaruvchi omil sifatida ishlatiladi. CHunki bir xil so‗zlar hadeb qaytarilaversa, ular o‗zining ma‘no - mohiyatini ham yo‗qotadi. Masalan, ko‗chalarda yuradigan «folbinlar»ni ko‗rganmisiz? Ular avtomatik tarzda aytadigan so‗zlari aslida ularning o‗zlari uchun umuman ma‘nosini yo‗qotgan («baxtingdan ochaymi, taxtingdan ochaymi?» va hakozo shunga o‗xshash so‗zlar). Har qanday harakat hadeb qaytarilaversa, «psixologik to‗yinish» hodisasi ro‗y beradi va harakatlar avtomatlashib, uning ayrim detallari umuman ong nazoratidan chiqadi. Masalan, mahoratli raqqosa har qanday raqsga ham chiroyli, jozibali harakatlar bilan o‗yin tushib ketaveradi. D. Anglanganlik qonuni. Idrok qilayotgan shaxs uchun figuraning anglanganlgi, uning zarurati va ma‘nosi katta ahamiyatga ega bo‗ladi. Agar biz kuzatayotgan predmet, eshitayotgan nutq yoki his qilayotgan narsamiz ma‘nosiz, tushunarsiz, noaniq bo‗lsa, biz juda tez charchaymiz va toliqamiz. Masalan, xitoy tilini bilmaydigan odam shu tilda so‗zlashuvchilar orasiga tushib qolsa, psixologik jihatdan juda qiynaladi. YA‘ni, bizga barcha narsalarda biror ma’no va mazmun kerak. Odam odatda tushunadigan narsasinigina idrok qiladi. Hattoki, ma‘ruzachining bugun tushuntirayotgan ma‘ruzasidagi faktlar sizning tushunchalaringiz va bilim doirangizdan uzoq bo‗lsa, professorga qarab o‗tirgan bo‗lsangiz ham uning gaplari qulog‗ingizga kirmaydi. SHunday paytlarda «Nima deyapti o‗zi?» deb qo‗shnimizdan so‗rab qo‗yamiz ham, zero ma‘ruzasi o‗sha biz uchun qadrdon bo‗lgan o‗zbek tilida gapirayotgan bo‗lsa ham. Sinab ko‗rish uchun o‗rtog‗ingizga bir nechta so‗zlardan iborat qatorni bering. Ular orasida mazmunan bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan so‗zlar, hattoki ma‘nosiz (teskarisiga yozilgan so‗zlar) bo‗lsin. Oraga 2-4 ta tanish o‗zbek tilidagi so‗zlardan aralashtiring. Bir daqiqa mobaynida qarab, eslab qolganini qaytarishni so‗rasangiz, o‗sha 2-4 ta so‗zlardan boshqalarni deyarli «ko‗rmaganining» guvohi bo‗lasiz. E. Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish. Biz idrok jarayonida ilgarigi tajribaga tayanganimiz bilan ko‗pincha adashamiz, ba‘zan esa o‗zimiz uchun yangiliklar ochib, tajribani yanada boyitamiz. Ilgarigi tajriba va kelajakni bashorat qilish insonga xos xususiyat bo‗lib, bizning sezgi organlarimiz orqali keladigan ma‘lumotlarning ko‗lami va imkoniyatlarini yanada oshiradi. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda, idrok - tashqi muhit to‘g‘risidagi taxminlarimizni isbot qilishga qaratilgan faol jarayondir. Biz bevosita idrokimiz «tagiga etolmayotgan», «tushunmayotgan» narsalarni bevosita his qilgimiz, qo‗limiz bilan ushlab ko‗rgimiz, ular bilan ishlagimiz keladi. YA‘ni, idrok qilinayotgan narsada noaniqlik, sir paydo bo‗lsa, biz «Bu nima bo‗ldi?» degan savol asosida taxmin qila boshlaymiz va uni tekshirish uchun harakat qilamiz. Aynan harakatlar, amaliy ishlar idrokimiz imkoniyatlari va chegaralari kengaytiradi va anglashga yordam beradi. Qishloq xo‗jalik kasblariga yo‗naltirish o‗quvchilar o‗rtasida mexanizatorlik kasbiga qiziqtirish ishlarini olib borar ekanlar unga nomzodlarni tanlashda quyidagilarga amal qilishlari kerak: qishloq xo‗jalik texnikasiga barqaror qiziqish; ijodiy mehnat qilishga intilish; o‗smirlarning mashinalar, agregatlar, qurilmalarda mustaqil ishlash istagi, o‗zi harakat qiluvchi mashinalarni boshqarishga qiziqish; erga, jonajon o‗lkaga va qishloq mehnat ahliga hurmat. Qishloq xo‗jalik kasblarini tashlashga yo‗llash ishlarida o‗quv-tajriba uchastkalari (dala, sabzavot, rezavor meva, issiqxonalar, kolleksiya) muhim rol o‗ynaydi. O‗quvchilar agrotexnika, chorvachilik asoslari, qishloq xo‗jalik mashinalari va mashina-traktor texnologiyasiga doir mashg‗ulotlarda nazariy ma‘lumotlarni o‗zlashtiradilar, mexanizatorlik kasbini egallaydilar. O‗quvchilar qishloq xo‗jalik ishlab chiqarish moddiy boyliklarning ijodkorlari bo‗lgan mehnat ahlining o‗y va tashvishlariga kirib boradilar. Birgina traktorga doir mehnat politexnika amaliyoti bir qator ishchi kasblari bilan tanishtirish imkoniyatini beradi. Ular orasida traktorchi mashinist, paxta terish mashinalarining haydovchilari, sholi ekish va sholi yig‗ish texnikasi haydovchilari, mexaniklar, qishloq xo‗jalik texnikasini remont qiluvchi slesar, g‗alla yig‗uvchi kombayn haydovchisi, chorvachilik fermalari uskunalarini ta‘mirlovchi va montaj qiluvchi slesar, haydovchi, chorvador-mexanizator va hokazolar. Transport va texnologiya mashinalarini boshqarish va ishlatishni muvaffaqtyatli egallash yoshlarga xalq xo‗jaligining boshqa sohalari – sanoat korxonalari, qurilish, transportda, aloqa muassasalarida, yog‗och tayyorlash sanoatida, geologik razvedka, vodoprovod, magistral quvurlari qurilishida foydalaniladigan shunga o‗xshash texnikani uncha qiynalmasdan o‗rganib olishlariga imkon beradi. Qishloq xo‗jalik agregatlari haydovchilari uchun, mehnat faoliyatida mustaqillik va o‗z-o‗zini nazorat qilish elementlari tarbiyalanadi. Mashina – traktor agregatlarini ishga tushirish va sozlash, uning ishidagi kamchiliklarini aniqlash va yo‗qotish, mashinaga texnik xizmat ko‗rsatish o‗quvchilarning yangi kasb - qishloq xo‗jalik texnikasida sozlovchi master kasbi bilan tanishtirishlariga yordam beradi. «CHorvachilik asoslari» ni amaliy o‗rganishda o‗quvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti mazmuniga sigirlarni elektrotexnik tartibda sog‗ishga asoslangan sut sog‗adigan qurilmalarni ishga tayyorlash, sut sog‗uvchi apparatlarni ishlatish, bir sog‗im sutni hisoblash va uning yog‗lilik drajasini aniqlash, em-xashak tayyorlovchi va em-xashak beruvchi mashinalarni oddiy tuzatish hamda mexanizatsiyalashgan suv taqsimlovchi vositalar (nasos stansiyasi, suv quvuri, avtosug‗orish) ning texnik xizmati, binolar va o‗tloq maydonlardan go‗ngni yig‗ib olishga oid mexanizmlarni ishga tayyorlash va boshqarish bilan bog‗liq bo‗lgan ishlab chiqarish topshiriqlari amalga oshiriladi. Texnikaviy ijod o‗quvchilarning qishloq xo‗jalik kasblariga qiziqishini rivojlantirishga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi. O‗quvchilarni faol texnika ijodkorligi ishlariga jalb qilish ularning qishloq xo‗jalik texnikasini ishlatish va ta‘mirlashda (dala ishlari jarayonida ham, xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash davrida ham) bevosita ishtirok etishni talab etadi. O‗quvchi yoki talabalar bevosita amaliy ishlarga jalb qilinishi orqali qishloq xo‗jalik va iqtisodiy bilim asoslarini egallaydilar. O‗quvchilarning iqtisodiy bilimlarni o‗zlashtirib olishlari ularga ongli ravishda mehnat unumdorligini oshirish, qishloq xo‗jalik mahsulotlarining sifatini yaxshilash va uning tannarxini kamaytirish imkonini beradi. O‗rmon xo‗jaligi bilan shug‗ullanuvchi o‗quvchilar serunum mehnat qiladilar. O‗rmon ko‗chatlari ularning ixtiyorida bo‗lib, bunda ular yosh ko‗chatlarni ekish va parvarish qilishga doir barcha ish jarayonini bajaradilar. Kasb tanlash yo„nalishlari Kasb tanlash bilan bog‗liq bo‗lgan yo‗nalishlarga to‗xtalib o‗tamiz. Ulardan birinchisi kasbiy ma‘rifat hisoblanadi. Kasbiy ma‘rifat deb tanlanadigan kasb haqida, uning ijtimoiy-psixologik va boshqa jihatlari haqida bilimlarni uzatishga aytiladi. SHuning uchun ma‘lum kasbni tanlash jarayonida shu kasb haqida, uning talablari va imkoniyatlari haqida qancha ko‗p ma‘lumotlarga ega bo‗lishlik shu kasbni tanlashda to‗g‗ri qaror qabul qilishga yordam beradi. Darhaqiqat kasbni tanlash jarayonida kasblar olami haqidagi bilimlar, qanday qilib tanlash haqidagi bilimlari har qanday endigina hayot yo‗lining boshida turgan o‗spirin uchun juda foydali hisoblanadi. Keyingi yo‗nalish –kasbiy maslahat hisoblanadi. Kasbiy maslahat quyidagi vazifalarni bajarishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗yadi: A) Lug‗aviy- ma‘lumot berish vazifasini bajaradi. Bu ma‘lumotlar ishga joylashish kanallari, ishga kirishga qo‗yiladigan talablar, turli xil kasblarni egallash imkoniyatlari, kasbiy o‗sishning kelajakdagi yo‗nalishlari haqida ish axtaruvchiga xabar beradi. B) Diagnostik vazifani bajaradi. Bunda kasb tanlash sub‘ekti shaxsini uning ma‘lum shaxs xususiyatlari tanlayotgan kasb talablariga mosligi nuqtai- nazardan o‗rganish haqida gap ketadi. Biz o‗z tadqiqotimizda ham mazkur masalaga etiborimizni qaratganmiz. V) Korreksion vazifani bajaradi. Kasb tanlash sub‘ektining imkoniyatlariga uning qiziqishlarini mos keltirishga qarab o‗zgartirish korreksiya deb ataladi Kasbiy yo‗nalganlik bu talabaning o‗z bilim, tajriba va qobiliyatini tanlagan kasbi sohasida qo‗llash uchun shaxsiy intilishidir. SHaxsning kasbiy yo‗nalganligi kasbga nisbatan ijobiy munosabat, unga qiziqish va layoqat, shaxsiy tayyorgarlikni takomillashtirish istagi, o‗z kasbi sohasida mehnat qilib, moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarni qondirishini o‗z ichiga oladi. SHuningdek, kasbiy yo‗nalganlik kasbiy faoliyat maqsad va vazifalarini tushunishni hamda qabul qilishni nazarda tutadi. Talabalarda kasbiy yo‗nalganlikni shakllantirish uchun kasbni egallash imkoniyatlariga ishontirish, bo‗lg‗usi ishning kelajagiga ishonch hosil qilish, mehnat an‘analarini targ‗ib qilish, kasbning ishlab chiqarish va estetik tomonlarini, uning ijodiy xarakterini ko‗rsatish zarur. SHaxsning kasbiy kamoloti masalasi uning hayotida muhim o‗rin tutadigan faoliyat yo‗nalishidir. Bu faoliyat yo‗nalishini to‗g‗ri tanlash va belgilash keng ko‗lamdagi shaxsiy muammolarni hal etishga olib keladi. SHunga ko‗ra, quyidagi mulohazaga e‘tibor qaratish ancha muhimdir. ―Kasb tanlash – kasb talablaridan kelib chiqib, bir qancha variantlar orasidan shaxsiy xususiyatlari va xislatlari ustuvorligiga ko‗ra munosibrog‗ini tanlashni bildiradi. Kasb tanlash kasbiy yo‗nalganlikka nisbatan bir muncha murakkabrog‗ jarayon. CHunki shaxsda kasbga xos xususiyatlar – muayyan kasbni egallashga tayyorgarlik (bilim, tajriba, dunyoqarash doirasining kengligini) darajasining mavjudligini aniqlash talab etiladi. Kasbiy ta‘limning muhim vazifalaridan biri kasbiy tayyorgarlik bo‗lib, bunda tayyorgarlik ikki xil ko‗rinishda amalga oshiriladi: mustaqil o‗rganish (qo‗shimcha ta‘lim yoki mustaqil ta‘lim) va maxsus kasbiy ta‘lim muassasalarida ta‘lim olish orqali. Kasbiy ta‘limning muvaffaqiyatini belgilaydigan muhim psixologik jarayon ―ma‘lum bir kasbga tayyorgarlik‖ holati hisoblanadi. Bu holat emotsional va motivatsion tayyorgarlikni ham nazarda tutadi. Kasb tanlash inson hayotidagi muhim bir bosqich hisoblanib, bunda inson hayoti uchun muhim qaror qabul qiladi va u jamiyatda o‗z imkoniyatlarini ro‗yobga chiqaradi. Bu jarayon inson tomonidan o‗z ichki imkoniyatlari tahlil qilish natijasida ma‘lum kasbning talablariga uning imkoniyatlarining mos kelishiga qarab sodir bo‗ladi. Kasb tanlash ma‘lum bir kasbni tanlayotgan inson (tanlov sub‘ekti) bilan tanlanayotgan kasb (tanlov ob‘ekti) munosabatlarini o‗zida aks ettiruvchi faoliyat hisoblanadi: Tanlov sub‘ekti va tanlov ob‘ekti o‗rtasidagi munosabatlar xarakteristikasini o‗rganish davrimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Kasb tanlash qisqa vaqtda hal etiladigan ish bo‗lmasdan, balki qator bosqichlardan iborat jarayondir. Bu bosqichlarning davoimiyligi tashqi omillarga va kasb tanlash sub‘ektining individual xususiyatlariga bog‗liq holda kechadi. Belgilangan vazifalarni amalga oshirish davomida bugungi kunda mavjud bo‗lgan muammolarni bartaraf qilish choralarini belgilab olishimiz lozim. Bu muammolarga quyidagilar kiradi: - kasb – hunarga yo‗naltirish ishlarining mazmun va mohiyatini keng jamoatchilik, ayniqsa, ota-onalar o‗rtasida keng targ‗ibot qilish ishlarini kuchaytirish; - ta‘lim tizimining barcha bo‗g‗inlarida kasb-hunarga yo‗naltirish ishlarining ilmiy, o‗quv-metodik, me‘yoriy bazalarini yaratish; - kasb-hunarga yo‗naltirishning zamonaviy axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga izchil tatbiq etish; - kasb-hunarga yo‗naltirishning uzluksizligini ta‘minlaydigan va yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradigan noan‘anaviy texnologiyalarni yaratish; - kasbiy axborot va maslahatlarning elektron tashuvchi vositalarini yaratish; - xorijiy mamlakatlarning kasb-hunarga yo‗naltirish ishlarida ilg‗or tajribalarini o‗rganish va amaliyotga tatbiq etish; - hududiy tashxis Markazlari mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini shakllantirish va takomillashtirish. O‗spirinlarning kasbiy o‗zlikni anglashi borasidagi holatlari tahlil qilinganda, ularning kasblar to‗g‗risidagi tushunchalarida sayozlik mavjudligi ko‗zga tashlandi. Bundan tashqari, kasbiy o‗zligini anglash bilan ma‘lum kasbni tanlash jarayoni o‗rtasida ta‘lim-tarbiya muhiti va atrofdagilarning ta‘siri omillarini nazardan chetda tutmasligimiz lozim bo‗ladi. Mazkur o‗zaro ta‘sir jarayonlaridagi dialektik bog‗liqlikning o‗ziyoq ushbu masalaning naqadar murakkabligidan dalolat beradi. Masalan, birgina kasbiy maslahatni tashkil etishning o‗zining bir qator bosqichlari mavjud: a) kasbiy ma‘lumot bosqichida shaxs o‗zi uchun mehnatni tashkil etish, ishga qabul qilish talablari, turli kasblarni egallashi, ularni tayyorlash bosqichlari va ta‘lim olish muddati, mehnat haqi va kasbning istiqboli xususida ma‘lumotlar oladi . b) diagnostik bosqichda shaxsning o‗z tanlagan kasbiga nisbatan qiziqishlari, layoqati, qobiliyati va maqsadlarining mosligi o‗rganiladi v) shakllantiruvchi bosqichda kasb tanlagan o‗quvchi yoki shaxsga rahbarlik qilinadi, kasb tanlashdagi og‗ishlarning oldi olinadi va tuzatishlar kiritiladi g) tibbiy jihatdan salomatligining kasbga mos kelishini aniqlash va psixologik bosqichda shaxs sifatlarining o‗z tanlagan kasbiga muvofiqligi masalalari muhokama qilinadi Turli kasblar insonga qo‗yadigan talablarini yaxshi bilish masalaning bir tomonidir. Bu talablarni ko‗pincha turli xil kasblarga tibbiy va psixologik jihatdan zid deb ta‘riflash juda oson bo‗ladi. Uning ikkinchi tomoni – ehtimol tutilgan mehnat bozorini jamiyatning u yoki bu mutaxassisga bo‗lgan ehtiyojini bilishdir. Bu mohiyatiga ko‗ra, iqtisodiy va ijtimoiy muammo bo‗lib, usiz kasb tanlashga yo‗llash mumkin emas. Kasbga yo‗naltirishning uchinchi tomoni va bunga oid barcha ishlarning asosi shaxs xususiyatlarini va eng avvalo yo‗naltirilayotgan shaxsning qobiliyati va istagini bilishdan iborat. Kasb mehnat bozori haqidagi ishlar tutashgan burchakda kasbga yo‗naltirishning kasbiy oqartuv deb ataluvchi shakl joylashgan. U kasb tashviqotini jamiyat va davlat uchun zarur bo‗lgan kasbga yoshlar e‘tiborini jalb etishni ham o‗z ichiga oladi. YOshlarni kasblarga yo‗naltirishda asosan muhitning: ota-onalar, tanishlar, o‗rtoqlar, maktab, mahalla va ko‗chadagi do‗stlarning stixiyali ta‘sirida amalga oshiriladi. Ularning kasbga beradigan bahosi o‗smirga ko‗proq ta‘sir ko‗rsatadi. O‗smirlarga ta‘sir etish ahamiyatiga ko‗ra, badiiy adabiyotlar, kinofilmlar hamda televizion eshittirishlar ikkinchi o‗rinni egallaydi. Ular o‗smirlarda katta taassurot va hayajon uyg‗otadi. Aksariyat o‗g‗il bolalar dengizchi, uchuvchi, milliy xavfsizlik va ichki ishlar xodimi, qizlar esa san‘atkor, shifokor, oshpaz, tikuvchi bo‗lishni orzu qiladilar. O‗quvchilarga o‗zlarining kelajakdagi kasblarini tanlashda o‗rta maktab ta‘limi bir muncha kamroq ta‘sir etadi, holbuki aynan u o‗quvchilarni ishlab chiqarishning barcha sohalarida katta ehtiyoj sezayotgan kasbga tanlash uchun yo‗naltirishi kerak. Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar 1. Idrok qilish qonunlari sanang? 2. Figura va fonning ilgarigi harakatga bog‗liqligi qonuni tushuntiring? 3. Kutishlar va taxminlarning idrokka ta‘sirini ayting? 4. O‗zgarmas ma‘lumotning idrok qilinmasligi qonunini gapiring? 5. Anglanganlik qonunini izohlang? 6. Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish qonuni nima? 7. Kasb tanlash yo‗nalishlarini izohlang? XOTIRA VA KASBIY MASLAXAT . Xotira va shaxs tajribasining boyligi Odam ko‗rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina eslab qola oladi. Ma‘lum bo‗lishicha, bir vaqtning o‗zida odam ongida 7 tadan ortiq belgiga ega bo‗lgan ma‘lumotning qolishi qiyin ekan ekan. Bu ettita so‗z, son, belgi, narsaning shakli bo‗lishi mumkin. Agar telefon raqamlari 8 ta belgili bo‗lganda, uni yodda saqlash ancha qiyin bo‗larkan. Demak, ongning tanlovchanligi va ma‘lumotlarni saralab, terib ishlatishi yana bir psixik jarayonni - xotirani bilishimiz lozimligini bildiradi. X o t i r a - bu tajribamizga aloqador har qanday ma’lumotni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bilan bog‘liq murakkab jarayondir. Xotira har qanday tajribamizga aloqador ma’lumotlarning ongimizdagi aksidir. Inson his qilgan barcha narsa va hodisalar izsiz yo‗qolmaydi. Ular ma‘ulm miqdorda xotirada saqlab qolinadi, mustahkamlashib va kerak bo‗lganda qayta esga tushiriladi. Esda olib qolish, esga tushirish va unitishda namoyon bo‗ladigan aqliy faoliyat xotira deyiladi. Xotirani tajriba asosida psixologiya fanida tadqiq etish XIX asrning 80- Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling