YuqOri bosimli va past bosimli gaz tarmoqlarining shahar hududida va koʻcha yoʻllari ostiga joylashtirish
Download 1.35 Mb.
|
Taqdimot (24)
YuqOri bosimli va past bosimli gaz tarmoqlarining shahar hududida va koʻcha yoʻllari ostiga joylashtirishRustamov AsadbekAvariyaga qarshi himoya — gazni avariya yuz bergan vaqtda o‘chirish moslamasi.Blokirovka — xodimlar tomonidan xavfsizlik talablari buzilgan holatlarda yoki texnologik rejim buzilgan vaqtlarda gazni yoki texnologik qurilmani ishga tushirish imkonini bermaydigan uskuna.
Gaz taqsimlash tarmog‘ining himoyalanadigan hududi — foydalanish uchun normal sharoitlarni ta’minlash va uning shikastlanishi imkoniyatini istisno etish maqsadida gaz quvurlari trassasi hamda gaz taqsimlash tarmog‘ining boshqa obyektlari atrofida o‘rnatiladigan, alohida foydalanish sharoitlari mavjud bo‘lgan hudud.
Gaz taqsimlash tarmog‘ining himoyalanadigan hududi — foydalanish uchun normal sharoitlarni ta’minlash va uning shikastlanishi imkoniyatini istisno etish maqsadida gaz quvurlari trassasi hamda gaz taqsimlash tarmog‘ining boshqa obyektlari atrofida o‘rnatiladigan, alohida foydalanish sharoitlari mavjud bo‘lgan hudud.
Gaz tartiblash punkti (GTP) va qurilmasi (GTQ) — gaz taqsimlash tarmoqlarida gaz bosimini pasaytirish va uni belgilangan darajada saqlab turish uchun mo‘ljallangan texnologik qurilma.Gazdan foydalanuvchi jihoz (qurilma) — texnologik jarayonda gazdan yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi jihoz. Gazdan foydalanuvchi jihoz sifatida qozonlar, turbinalar, pechlar, gaz-porshenli dvigatellar, texnologik tizimlar va boshqa jihozlarni qo‘llash mumkin.
Gazning xavfli konsentratsiyasi — gazning alangalanish eng pastki chegarasining 20 foizidan oshadigan, havo miqdoridagi konsentratsiyasi (gazning hajmli ulushi).Diagnostika — obyektlar (gaz quvurlari va inshootlari)ning texnik holatini aniqlash bo‘yicha nazariya, usullar va vositalarni qamrab olgan bilim sohasi.
Maydoncha ichidagi gaz quvuri — korxonaning ishlab chiqarish hududi ichkarisidagi sanoat iste’molchisiga gaz ta’minoti manbaidan gaz uzatishni ta’minlaydigan taqsimlovchi gaz quvuri bo‘lagi (kirish qismi).Maydoncha tashqarisidan o‘tkazilgan gaz quvuri — korxonaning ishlab chiqarish hududidan tashqaridagi sanoat iste’molchisiga gaz ta’minoti manbaidan gaz uzatishni ta’minlaydigan taqsimlovchi gaz quvuri.
Texnik diagnostika qilish gaz quvurining texnik holatini hamda undan keyinchalik foydalanish resurslarini aniqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Gaz quvuri tranzit sifatida tashkilot hududidan o‘tkazilgan tashkilot rahbari gaz taqsimlash ( foydalanish) tashkilotining gaz quvurini tekshirib turish va unga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, avariya hollarining oldini olish hamda bartaraf etish uchun ushbu hududga kirishiga sharoit yaratishi lozim.
Gaz quvuri trassasini tekshirib chiqishda, trassa yotqazilgan hududlarda mavjud jarliklar, balkalar, soylar, daryolar qirg‘oqlari holatiga e’tibor qaratish zarur bo‘lib, erozion, ko‘chki va boshqa holatlar aniqlanganda gaz quvuri saqlanishini ta’minlaydigan choralar ko‘rilishi lozim.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling