Yuqori qovushqoq neftlarning fizik parametrlarini aniqlash
Download 24.72 Kb.
|
YUQORI QOVUSHQOQ NEFTLARNING FIZIK PARAMETRLARINI ANIQLASH
YUQORI QOVUSHQOQ NEFTLARNING FIZIK PARAMETRLARINI ANIQLASH Qazib olish jarayonida esa ko‘pgina kon va quduqlarda mavjud bo‘lgan neft mahsulotlaridagi erigan gazlar to‘yinish bosimining tez pasayib ketishi, harorat ta’siri, qatlam o‘tkazuvchanligining juda past bo‘lishi, yuqori qovushqoqlikka ega neftlarni qazib olishdagi murakkabliklar, mahsulotlarning fizik – kimyoviy xossalarining o‘zgarib borishi, katta chuqurlikda yotuvchi konlardagi tog‘ bosimi va shu kabi ko‘pgina qazib olish jarayoniga salbiy ta’sir qiluvchi murakkab sharoitlarni keltirib chiqaradi. Respublikamizdagi bunday konlarimizdan yirik va o‘lkan konlardan Ko‘kdumaloq neftgazkondensat koni, SHo‘rtan gazkondensat konlari va shunga o‘xshash o‘rtacha kattalikdagi boshqa ko‘pgina konlarimizni keltirib o‘tishimiz mukin. Ma'lumki, suvga PAAning qo'shilishi suv qovushqoqligini oshirishga olib keladi. Natijada neftning suvga nisbatan qovushqoqligi past bo'lgach, suvning siqib chiqarish hususiyati ortadi. Shundayqolatda siqib chiqarish frontibarqarorligi ortadi va ko'proq Neft qazib olish imkoni paydo bo'ladi. Bunday usulni Yuqori qovushqoqlikka ega bo'lgan neftlarda qo’llash(10-50 mPa*s) maqsadga muvofiqdir. Suvning qovushqoqligi ortganligi natijasida haydovchi quduqlarning suyuqlik kabul qilish hususiyati kamayishini inobatga olib, hamda qatlamda siquvchi agent harakatining qiyinlashuvini ham ko'zda tutgan qolda bu usulni o'tkazuvchanligi anchagina yahshi bo'lgan kollektorlarda (0,1 mkm dan ortiq), asosan g’ovakli kollektorlarda qo’llash lozimdir. Shuni e'tiborga olish lozimki, sizilish jarayonida polimerletadi. Shuning uchun suvga to'yinganlik 8-arning bir qismi g’ovaklar devorida qolib k10% dan ortiq bo'lmagan va oz miqdorda gillar mavjud kollektorlarda, hamda qatlam harorati 70-80 C bo'lgan qolatlarda bu usulni qo’llash maqsadga muvofiq. Ko'plab qilingan laboratoriya va kondagi tadqiqotlar natijasida quyidagilarni hayd qilish mumkin bo'ladi: 1. Mitsilyar eritmalar terrigen kollektorlarda karbonat kollektorlarga nisbatan muvaffaqiyatliroq qo’llanishi hayd etiladi. Kollektorlarning turli tumanligi juda katta bo'lmasligi taqozo etiladi. Maksimal o'tkazuvchanlik koeffitsienti bilan o'rtacha o'tkazuvchanlik koeffitsienti orsidagi farq 3-4 martadan ortmasligi lozim. O'rtacha o'tkazuvchanlik koeffitsienti 50 mkm2 dan kam bo'lmasligi maqsadga muvofiqdir. qatlamda tuzlar miqdori minimal darajada bo'lgani ma'qul. 2. Iqtisod nuqtai nazaridan qatlamni qoldiq neftga to'yinganlik darajasi 25 - 30% dan ortiq bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Neftga to'yinganlik darajasi qancha ko'p bo'lsa, olinadigan natija shuncha yahshi bo'ladi. Mitsilyar eritmalarda bir suyuq faza orasiga ikkinchi suyuq faza kirgan bo'ladi. Fazalardan biri aksariyat suv bo'lib, ikkinchisi uglevodorodlardan iborat. Aksariyat ikki turdagi Mikroemulsiya mavjud bo'ladi: uglevodorod suvda joylashgan yoki suv uglevodorod orasida joylashgan qolatda bo'ladi. Mikroemulsiyaning barqarorligini aksariyat sirt-faol moddalari yordamida hosil qilinadi. Mitsilyar eritmalar bilan neft chiqarish jarayonida Yuqori neftberaolishlikka asosan quyidagilar qisobiga erishiladi: - fazalar chegarasida yuza tarangligini anchagina kamaytirish qisobiga; - siqib chiqariluvchi va siquvchi suyuqlik va muhitning qovushqoqligini boshharish, - kollektorlarning o'tkazuvchanlik hususiyatini qoldiq neftga ta'sir qilish bilan oshirishga erishish; - siqib chiqaruvchi muhitga qovushqoq, elastik hususiyatlar berish qisobiga; Mikroemulsiya deb atalayotgan Mitsilyar eritmalar yuqorida ko'rsatilganlardan tashhari ho'llanish burchagiga ta'sir ko'rsatadi va emulsiya tarkibiga harab bu ko'rsatgich o'zgarishi mumkin. Mikroemulsiyalar odatda tiniq suyuqlikdan iborat bo'ladilar va ularda kaogulyaciya hodisasi sodir bo'lmaydi, ular o'z tarkibiga harab gidrofil yoki gidrofob qolatida bo'lishi mumkin. Mikroemulsiyaning barqarorligi ko'p narsalarga bog’liq bo'lishi mumkin, lekin shulardan eng asosiysi kamponentlarning tuzilmasidir. Eritmaning konsentratsiyasi va komponentlar tuzilmasiga harab emulьciyalarning ma'lum harorat orasida barqarorligi ta'minlanishi, yoki invertsiya hodisasi ro'y berishi mumkin (orqaga qaytish - invertsiya). Ko'plab qilingan laboratoriya va kondagi tadqiqotlar natijasida quyidagilarni hayd qilish mumkin bo'ladi. Yuqori qovushqoqolikka ega bo'lgan neftlarda qo’llaniladigan Mitsilyar eritmalar neftni chiqarish jarayonini juda pasaytirishi va qatlamga suyuqlik haydash tehnologiyasini murakkablashtirishi mumkin. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan qolda qo’llanishi lozim bo'lgan neftlar qovushqoqligi 2-3 dan 10-20 mPa*s orasida bo'lganc ma'quldir. Yuqori qovushqoqlikka ega bo'lgan neft konlarida ularni qazib chiqarish hamda qatlamga issiqlik manbalarini yuborish uchun qazilgan quduqlar to'ri siyrak bo'lmasligi taqozo etiladi. Chunonchi, Usinskoe konida 1-2 ga/kud. AKShda ham huddi shunday konlarda quduqlar to'rining zichligi 1-4 Ga/kud. dan iboratdir. quduq to'ri 20-40 ga/kud. bo'lgan hollarda qatlamga haydalgan issiqlik manbalarining quvvati quduqlar orasidagi masofada qolib ketib, uning samarasi mutlaqo sezilmasligi mumkin. Tajriba shuni ko'rsatadiki, haydovchi va oluvchi quduqlarni maydon bo'ylab joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Qatlamga ta'sir qilishning issiqlik usullari. qatlamlarniig neftberaolishligini maksimal darajada oshirish maqsadida ularga issiqlik usullari bilan ta'sir qilish borasida 50 yilga yaqin vaqt davomida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Neftqatlamlariga ta'sir qilishning barcha issiqlik usullarining moqiyati quyidagidai iborat, qatlam jinslarini va uni to'ldiruvchi suyuqliklar qizdirilganda qatlam neftining qovushqoqligi va «neftь-jins» chegarasida sirt-tortishuv kuchlari kamayadi. Buning bilan esa qatlamqovaklaridagi neftto'laroq siqish uchun sharoit yaratiladi. Neftqatlamlariga issiqlik bilan ta'sir qilishni turli usullar orqali amalga oshirsa bo'ladi: 1) qatlamni gazlashtirish, shuningdeq yuqoridan havo yoki gaz-havo aralashmasini uzatib turish orqali qatlam ichra qarakatlanuvchi yonish o'choqini yuzaga keltirish bilan 2) qatlamga issiq suv, bug’ va boshka issiqlik tashuvchilarni haydash. qatlamga haydash uchun issiqlik tashuvchi sifatida qaynoq suv, suv bug’i, bug’gaz aralashmasi va b. ho’llaniladi. qatlamga ko'p miqdorda issiq suv haydalganda isitilgan hudud’ ham haydovchi quduqdan bir qancha uzoqroq masofaga tarqaladi. qatlam haroratini ko'tarilishi qovushqoqlikni pasayishiga, sirt-molekulyar kuchlarni o'zgarishiga va qatlam suyuqliklarini hajmini kengayishiga olib keladi. Neftning qovushqoqligi kamayishi uning qarakatchanligini ko'paytiradi. haroratni ko'tarilashi bilan kollektor jinsning minerallarini suv bilan ho’llanuvchanligi oshadi. qatlam suyuqligining va skeletining hajmiy kengayishi qatlamdan olinadigan neftmiqdorini oshishiga olib keladi. Bu omillarning barchasi ohir oqibatda qatlamning neftberaolishligini oshishi bilan yakunlanadi. Suvneftga to'yingan qatlamga qaynoq suv haydalganda suv o'z issiqligini qatlamga berib soviydi. Yuqori qovushqoq og’ir neftlar va tabiiy bitumlar zaxiralari jahonning neft qazib chiqaradigan davlatlarini neft sanoatining muhim xomashyo bazasi hisoblanadi. Aksariyat mutaxassislarning baholashlarga ko’ra ularning zaxiralari 790 mlrd. tonnadan 1 trln.tonnagacha, bu taxminan 162 mlrd.tonnani tashkil etadigan, past va o’rta qovushqoq neftning qoldiq olinadigan zaxiralaridan 5 – 6 barobar ko’p. Bu ko’rsatkich yengil va past qovushqoq neft zaxiralaridan ahamiyatli darajada yuqori. Shuning uchun neft qazib chiqarish darajasini ushlab turish va olinadigan zaxiralarni ko’paytirishning potensial usullaridan biri, olinishi qiyin bo’lgan zaxirali konlarni ishga tushirish hisoblanadi. Bir qator rivojlangan davlatlarda yuqori qovushqoqli neftlar neft qazib chiqarishning rezervi sifatida qaralmasdan, balki yaqin yillarda uning rivojlanishini asosiy bazasi sifatida qaralmoqda. Yuqori qovushqoq neftlarga solishtirma og’irligi 1,0 g/sm 3 dan yuqori, qovushqoqligi esa qatlam sharoitida 10000 MPa·s kam bo’lgan neftlar kiradi. Ular 30 tabiiy bitumlar kabi og’ir bo’lishi mumkin, lekin bu og’ir neftlar qatlam sharoitida quduqlar tubiga harakatlanishga imkoniyat hosil qiladi va neftning ma’lum bir qismi birlamchi usullar bilan qazib chiqarilishi mumkin. Yuqori qovushqoq neftning eng katta zaxiralari Venesuelaning Orinoko neftli poyasida taxmin qilingan va mamlakatdagi neft zaxiralari 60% dan ko’prog’ini tashkil etadi. Tabiiy bitumlar genetik jihatdan turli darajada gazsizlangan, yengil fraksiyalarini yo’qotgan, qovushqoq, yarim qattiq tabiiy neft hosilalarini (maltalar, asfaltlar, asfaltitlar) o’zida namoyon qiladi. Qazib chiqarish, tashish va qayta ishlash xususiyatlari belgilovchi asfalten-smolali komponentlarning yuqori miqdori (25 dan 75% gacha), yuqori zichligi, anomal qovushqoqligidan tashqari tabiiy bitumlar kam qovushqoq neftlardan tarkibida oltingugurt va metallarning, vanadiy besh oksidi (V2O5) va nikelning (Ni) ahamiyatli miqdori bilan farq qiladi. Ularning konsentratsiyasini MDH davlatlari (V2O5 7800 g/t gacha) va xorij (V2O5 3500 g/t gacha) davlatlarining sanoat ahamiyatidagi ma’dan konlaridagi metallarning miqdori bilan solishtirish mumkin. Bu turdagi uglevodorod xomashyolarining yuqori resursli potensiali ularni ishga tushirilishiga neft kompaniyalari katta e’tibor berishidan dalolat beradi. Hozirgi kunda jahonda bunday neftlarni qazib chiqarishning o’rtacha yillik hajmi 500 mln. tonnaga yaqinlashadi, jami qazib chiqarish esa 14 mlrd.tonnadan oshadi. Yuqori qovushqoq va bitumsimon neftning yirik to’plamlari dunyoning bir qator davlatlari, shu jumladan Rossiyada joylashgan. Yuqori qovushqoq va bitumsimon neftning juda katta zaxiralari Kanadada joylashgan, uning geologik zaxirasi 522,5 mlrd.tonnani tashkil etadi va quyidagi provinsiyalarda joylashgan: · Alberta — 374,5 mlrd.t; · Atabaska — 131,1 mlrd.t; · Vabaska — 16,9 mlrd.t. Bu turdagi neftlarning zaxirasi bo’yicha ikkinchi davlat Venesuela hisoblanadi, uning zaxiralari 177,9 mlrd.tonnaga baholanadi va Orenoko poyasida joylashgan. Meksika, AQSH, Rossiya, Quvayt va Xitoy ham ahamiyatli darajadagi zaxiralarga ega. Yuqori qovushqoq va bitumsimon neftli 71 ta yirik konlarda butun dunyo neft zaxiralarining 82% atrofidagi miqdori joylashgan. Quyidagi uchta kon eng yirik hisoblanadi: · Burgan (Kuveyt) — 13 mlrd.t; · Bolivar Koastal (Venesuela) — 8,3 mlrd.t; · Boskesh — 5,6 mlrd.t. Qisman yoki to’liq dengizda joylashgan og’ir va bitumsimon neft konlari 184 ta sanaladi, ulardan 15 tasi gigant konlardir. Ularning katta qismi Venesuela va Meksika hududida joylashgan. MDH hududida yuqori qovushqoq neft konlarining zaxirasi 8,6 mlrd.tonna baholangan. MDH hududidagi sanoat toifasidagi yuqori qovushqoq balans zaxiralarning asosiy qismi uchta davlatda joylashgan (2.2-jadval): Rossiyada (6,2 mlrd. tonna yoki MDH davlatlari zaxiralaridan 84,4%), Qozog’istonda (726 mln.tonna yoki 9,8%), Ozorbayjon (389 mln.tonna yoki 5,3%). Jami bu davlatlarda 7,4 mlrd.tonna sanoat toifasidagi yuqori qovushqoq neft zaxiralari yoki MDH zaxiralarining 99,5% joylashgan. Respublikamiz hududida og’ir neft uyumlari asosan Buxoro-Xiva, Farg’ona va Surxandaryo neftgazli regionlarida joylashgan. Ammo, O’zbekistonda bu 32 muammo bilan deyarli shug’ullanilmagan, lekin o’tgan asrning 70-80 yillarida “SredAzNIPIneft” instituti tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari o’tkazilgan. Ochilgan og’ir neft uyumlari hozirgi kunda qazib chiqarish texnologiyasi bo’lmaganligi tufayli konservatsiyada turibdi yoki ishlatilayotgan konlarning neft beruvchanligi ancha past. O’rta Osiyo hududida tabiiy bitumlar va yuqori qovushqoqli neftlar Xaimov R.N., Smolnikov Y.R., Penkova G.V. va boshqalar tomonidan har tomonlama o’rganilgan. O’sha davrda (1981-83 yy.) Surxandaryo bitumneftgazli regionida ochilgan barcha konlar (Uchqizil, Xaudag, Kokayti, Lyalmikar, Koshtar, Amudaryo) yuqori qovushqoqli neft konlari turkumiga kiritilgan. Karsog’li va Gamarli maydonlari quyuq va bitum manbalari sifatida belgilangan. Shakarlik-Astana va Taldi-Bulak maydonlarida suyuq neftning yer yuzasiga chiqqan joylari qayd etilgan. Mustaqillik yillarida Surxandaryo regionida olib borilgan geologik-geofizik tadqiqot ishlari materiallarining tahlili birinchi navbat tadqiqot ishlari obyekti sifatida Karsog’li-Dasmanag’a zonasini ajratish imkonini beradi. Karsog’li-Dasmanag’a zonasi Surxandaryo viloyatining Qumqo’rg’on tumani hududida joylashgan. Hudud chegarasida bir necha bor turli masshtabdagi geologik suratga olish ishlari bajarilgan. Bu yerda izlov geofizik tadqiqotlardan turli modifikatsiyalardagi seysmorazvedka va elektrorazvedka ishlari bajarilgan. Lekin olingan natijalar uning geologik tuzilishini to’liq aniqlash imkonini bermaydi, faqatgina tuzilmaning mavjudligini tasdiqlovchi material hisoblanadi. 1958-1984 yillar mobaynida bu yerda tuzilma va chuqur qidiruv quduqlari burg’ilandi. Olingan ma’lumotlar Karsog’li-Dasmanag’a zonasining paleogenning buxora qatlamlarini ustki yuzasi bo’yicha tuzilma rejasini aniqlash va og’ir neft, kirlar va bitum uyumini taxminan chegaralash imkonini berdi. Download 24.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling