Yuqori sinf oʻquvchilarida musiqa tinglash madaniyatini oʻstirish. Mundarija: kirish I bob. Ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlari


Download 132.5 Kb.
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi132.5 Kb.
#1541887
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
YUQORI SINF OʻQUVCHILARIDA MUSIQA TINGLASH MADANIYATINI OʻSTIRISH

Kurs ishining maqsadi. Musiqaning ana shu o`tkir tarbiyaviy kuchidan foydalanish, san’at vositasida yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash umumta’lim maktablari zimmasidagi eng muhim va doim dolzarb bo`lgan vazifalardan biridir. Muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida: “Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishida boshqa san’at turlariga qaraganda ko`proq va kuchliroq ta’sir ko`rsatmoqda”1, - deb musiqa san’atining yosh avlodning ma’naviy barkamol bo`lib yetishishidagi muhim ahamiyatini alohida ta’kidlab o`tganlar. Davlatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy jihatdan rivojlantirish hamda mustaqilligimizni yanada mustahkamlashda o`tmish merosimiz va milliy musiqiy qadriyatlarimizni o`rganish alohida muhim o`rin tutadi.
Kurs ishining vazifasi. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni (1997), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997)da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta’limning ustivor deb e’lon qilinishi musiqa madaniyati, musiqiy pedagogika zimmasiga juda katta, ulug`vor vazifalarni yuklash bilan bir vaqtda zarur bo`lgan barcha imkoniyatlarni ham yaratib berdi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy-ma`naviy qadriyatlarimizga, ayniqsa ko`p asrlik milliy musiqiy merosimizga, uni o`rganishga va bu boradagi tadqiqotlarga hukumatimiz tomonidan juda katta e’tibor berildi. Porloq kelajak sari intilayotgan har bir xalq o`z tarixini, milliy an’analarini va madaniyatini e’zozlab, undagi boy, takrorlanmas manbalardan ijodiy foydalanishi lozimligi bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Bolalar musiqa asarlarini tinglash madaniyatini puxta egallashlari, ularning ichidan o`zlariga kerak, yoki kerak emaslarini, yaxshi yoki yomonlarini ajrata bilishlari, qisqacha aytganda musiqani to`g`ri idrok eta olisah malakasiga ega bo`lishlari ularning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga o`ta kuchli ta’sir ko`rsatuvchi vosita bo`lib xizmat qiladi. Muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida ma`naviyatning mazmun-mohiyati, uni shakllantiradigan asosiy omillar, ma’naviy va moddiy hayot uyg`unligi, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarning ma’naviy mezonlari haqida, shuningdek, bugungi globallashuv davrida ma’naviy olamimizni turli salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash va himoya qilish bilan bog`liq muammolar haqida batafsil ma’lumot berganlar. Ushbu ma’lumotlardan va mulohazalardan kelib chiqqan holda, maktabdagi va maktabdan tashqaridagi musiqa tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilishi, bolalarnihg musiqani to`g`ri idrok eta olish qobiliyatlarini to`g`ri yo`nalishda shakllantirishga jiddiy ahamiyat berilishi zarur.

Download 132.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling