Yuqori sinf oʻquvchilarida musiqa tinglash madaniyatini oʻstirish. Mundarija: kirish I bob. Ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlari


I BOB. TA’LIM MUASSASALARIDAGI MUSIQA


Download 132.5 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi132.5 Kb.
#1541887
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
YUQORI SINF OʻQUVCHILARIDA MUSIQA TINGLASH MADANIYATINI OʻSTIRISH

I BOB. TA’LIM MUASSASALARIDAGI MUSIQA

MASHG`ULOTLARI
    1. Yuqori sinf oʻquvchilarida musiqiy tarbiyasi


Barcha ta’lim muassasalarida, xususan, maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta’lim maktablarida hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida musiqani idrok etishni tashkil etish muammolari o`zbek va jahon xalqlari musiqashunos olimlari, taniqli pedagoglar va psixologlar tomonidan o`rganilib kelinyapti. Bunda musiqa o`qitish metodikasini ishlab chiqqan mashhur kompozitor D.Kabalevskiy hamda o`zbek musiqashunos olimi, bastakor, mashhur pedagoglarimizdan biri bo`lgan D.F.Omonullayevning xizmatlari juda katta. Ular boshqa musiqashunoslar bilan birgalikda mahalliy uslublarga xos bo`lgan ko`plab o`zbek xalq qo`shiqlari, termalari, laparlari hamda turli bayram va marosim qo`shiqlarini o`rganib, maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda o`rta umumiy ta’lim muassasalarida musiqa o`qitish metodikasini ishlab chiqqan edilar.
Musiqani ongli idrok etish qonuniyatlari bo`yicha izlanishlarda psixologik yo`naltirish, aniq maqsad qo`yish nazariyasi katta ahmiyat kasb etdi. V.V. Medushevskiy psixologik maqsad qo`yish muammosini tinglovchiga nisbatan ko`rib chiqqan. Ilgarilovchi aks etish masalasida esa Anoxin, Bernshteyn, Sokolov, Feygenberg, Elkonin, Uznadze va boshqalar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan
Musiqani idrok etishni tashkil etish masalasi musiqa o`qitish metodikasining ajralmas tarkibiy qismi bo`lib, u o`rta umumiy ta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati darslarining to`rtta tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda o`rta umumiy ta’lim maktablarida musiqani idrok etishni tashkil qilish masalasi XX asrdan boshlab ancha rivojlandi. Bu borada musiqashunos olimlar tomonidan anchagina risolalar yozilib, ilmiy ishlar qilindi.
O`zbekiston prezidenti va hukumati tomonidan musiqa san’atiga ko`rsatilayotgan e’tibor tufayli musiqani idrok etish ni o`rganish ishlariga tobora ko`proq olimlar, musiqashunoslar, sozanda va bastakorlar hamda mohir pedagoglar jalb etilmoqda. Mustaqillik yillarida musiqani idrok etishni tashkil etish uslublarini o`rganish va uni amaliyotda keng qo`llash ishlari tobora kengaymoqda.
Bugungi kunda ijod qilayotgan san’atshunoslik fanlari doktori, professor Oqilxon Ibrohimov xalq og`zaki ijodini, xususan, mahalliy musiqa uslublarini o`rganishga katta hissa qo`shish bilan bir vaqtda, musiqa tinglash madaniyati, musiqani idrok etish masalalari bilan ham ijodiy shug`ullanmoqda. U o`z izlanishlarining natijalarini Jamil Sadirov bilan birgalikda 7-sinf uchun yozgan “Musiqa” darsligi (G`.Gulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, Toshkent-2004)ga kiritdi.
Musiqani idrok etishni tashkil etish ishlari bo`yicha ko`plab kompozitorlar, musiqiy etnograflar, musiqashunoslar, pedagoglar,
psixologlar va ijrochi sozanda hamda xonandalar tomonidan tinimsiz ijodiy izlanishlar olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtga kelib, butun jahon xalqlarining e`tiborini o`ziga qaratayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali 1997-yildan buyon har ikki yilda bir marta Samarqand shahrida o`tkazib kelinmoqda va yildan yilga an’anaviy tus olmoqda. Bu milliy musiqamizning jahon xalqlari tomonidan idrok etilib, e’tirof etilayotganligini bildiradi. Ushbu festivalda Sharq xalqlari musiqiy ijodi namunalari, an’anaviy uslubdagi milliy kuy-qo`shiqlari, mumtoz va zamonaviy milliy musiqa asarlariga xos bo`lgan kuy-qo`shiqlar ham ijro etilib, muvaffaqiyat bilan ishtirok etib kelmoqda.
“Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalida o`zbek xalqi musiqiy ijodi bilan bir qatorda barcha qardosh Sharq xalqlari musiqiy qadriyatlari e’zozlanadi va keng miqyosda targ`ib qilinadi. Shu bilan bir vaqtda “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali xalqlar o`rtasidagi madaniy aloqa va do`stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yuqoridagi fikrlarni xulosalagan holda aytish mumkinki, musiqani idrok etishni tashkil etish ishlari bo`yicha ilmiy izlanishlar hali o`z nihoyasiga yetgani yo`q va bundan buyon bu boradagi ilmiy izlanishlar yanada yangi bosqichga ko`tariladi, deb ishonch bilan aytish mumkin.
Musiqani idrok etishni tashkil etish ishlari bo`yicha qilingan va qilinayotgan izlanishlarni, bu boradagi ilg`or pedagoglarning ish tajribasini o`rganish, tahlil qilish hamda musiqani idrok etishni tashkil etish bo`yicha yangi tavsiyalarni ishlab chiqish. Milliy musiqamiz mazmunini idrok etish orqali milliy qadriyatlar, tarbiyaviy-ta’limiy g`oyalar va qarashlarni aniqlash, tahlil qilish hamda ulardagi insonparvarlik va vatanparvarlik kabi dolzarb g`oyalarni yoshlar ongiga singdirish yo`llarini ishlab chiqish.
Bugungi kunda musiqa mashg`ulotlarini ilmiy metodik jihatdan har tomonlama takomillashtirib, zamon talabiga mos ravishda olib borish maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko`rsatayotgan musiqa rahbarining oldiga qo`yilgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Musiqa san’ati nafosat tarbiysuning muhim omili bo`lib, u yosh avlodning kamolotga yetishishi uchun kuchli ta’sir etuvchi jarayon hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa mashg`ulotlari Davlat ta’lim standartlariga mos bo`lgan maxsus dastur asosida oldindan tuzilgan rejalarga mos ravishda tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy maqsadi bog`cha yoshidan boshlab bolalarda ijobiy, to`g`ri dunyoqarashni shakllantirish hamda ularning musiqiy didini o`stirish, shuningdek, bolalarga musiqa ilmini o`rgatish jarayonida ularga musiqada hayot o`z aksini topishini anglatish hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning musiqani idrok etishini rivojlantirish uchun ularning musiqiy eshitish qobiliyatini va mantiqiy fikrlash qobiliyatini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish talab etiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy idrokini rivojlantirish uchun ularda quyidagi musiqiy uquv va qobiliyatlarni shakllantirish talab etiladi:
Turli metodlardan foydalanib o`tkaziladigan har bir musiqa mashg`uloti kichkintoylarda badiiy-estetik zavq uyg`otadi, ularning his-tuyg`ularini shakllantiradi, ijodiy fikrlash qobiliyati, nutqini ham o`stiradi va musiqiy idrokini o`stiradi. Musiqa mashgulotlarida bolalar hayotni hamda tevarak-atrofdagi voqealarni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar bog`chalarida musiqiy tarbiya ishlari jismoniy tarbiya, badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy ravishda bog`langan holda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan barcha musiqiy - ta’limiy va tarbiyaviy ishlar yosh avlodda olijanob fazilatlarni bog`cha yoshidan shakllantirishda nafosat tarbiyasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Musiqiy o`yinlar va raqslar bolalarda ritm tuyg`usini, harakatchanlik va chaqqonlik malakalarini shakllantirib, qomatning to`g`ri o`sidhiga yaxshi ta’sir etadi. Bu esa bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Bolalarni bog`cha yoshidan boshlab musiqa san’atiga qiziqtirib, ularning musiqiy ijodkorligini reja asosida bosqichma-bosqich rivojlantirib borish ularni ma’naviy barkamol bo`lib yetishishlari uchun mustahkam zamin tayyorlaydi.

Download 132.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling