Yuqori sinf oʻquvchilarida musiqa tinglash madaniyatini oʻstirish. Mundarija: kirish I bob. Ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlari


Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish


Download 132.5 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi132.5 Kb.
#1541887
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
YUQORI SINF OʻQUVCHILARIDA MUSIQA TINGLASH MADANIYATINI OʻSTIRISH

2.2.Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish.


Umumiy o`rta ta’lim maktablarida bolalarning musiqani idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirishda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqa mashg`ulotlarining ahamiyati ham juda muhim. Nazmiy asar mazmuni musiqiy ohanglar bilan uyg`unlashgach, oddiy matnga nisbatan bir necha bor ko`proq ta’sir kuchiga ega bo`lishi ko`plab ilmiy-amaliy va pedagogik tajribalarda isbotlangan. Inson (mashg’ulotlardao`quvchi yoki talaba) biror mazmundagi mavzuni so`z orqali eshitganda ma’lum darajada idrok etgani holda, o`sha mavzuni kuy jo`rligida, qo`shiq tarzida eshitganda uni yanada chuqurroq anglaydi, tasavvur etadi his qiladi va idrok etadi. Xuddi o`sha qo`shiqni kishining o`zi ijro etganda esa unda oldingilaridan yanada farq qiluvchi hissiyot paydo bo`ladiki, bunda u asar mazmunini idrok etibgina qolmasdan, balki uni yurakdan his qila boshlaydi. Uning uchun sof tuyg`ularga, nafosatga, barkamollikka intilish xislati tabiiy ehtiyojga aylanib boraveradi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatimiz tomonidan Respublikamizda musiqa madaniyatini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko`tarish uchun ko`plab qarorlar qabul qilindi va farmonlar chiqarildi. Bu qaror va farmonlarning ijro etilishi natijasida hozirgi davrda yosh avlodga o`z qobiliyatini, iqtidorini namoyon etish,rivojlantirish va o`z mahoratini o`stirish uchun barcha tashkiliy va moddiy shart-sharoitlar yaratib berildi. O`qituvchi o`quvchilar tinglayotgan yoki ijro etayotgan kuy yoxud qo`shiqni
tahlil qilib, ularda to`g`ri yo`naltirilgan tasavvur hosil qilishga erishar ekan, asarning mazmunidan kelib chiqqan holda uning ma’naviy mohiyatini ochib berishda yanada ko`proq imkoniyatga ega bo`ladi.
Davlatimiz tomonidan muntazam ravishda tashkil etilayotgan “ O`zbekiston-Vatanim manim”, “ Nihol”, Respublika”Fol`klor jamoalari ko`rik-tanlovi” hamda o`quvchi va talaba yoshlar orasida o`tkazilayotgan boshqa ko`plab ko`rik-tanlovlar iqtidorli yoshlarni izlab topib, ularni rag`batlantirishga va xalq orasida musiqa madaniyatining turli qirralarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda o`quvchilarning darsdan tashqari va maktabdan tashqari bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari uchun shahar va qishloqlarimizda turli yo`nalishdagi ko`plab fan va kasb-hunar to`garaklari bilan bir qatorda musiqaga yo`naltirilgan to`garaklar hamda musiqiy havaskorlik jamoalari faoliyat ko`rsatmoqda. Jumladan, bunday faoliyat bilan shug`ullanuvchi tshkilotlarga misol tariqasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har bir tumanda tashkil etilgan “Kamolot” bolalar markazlarini, bolalar ijodiyot uylarini, viloyat va shaharlardagi madaniyat saroylarini, qishloq va shaharlardagi ko`plab madaniyat uylarini, mahallalardagi turli to`garaklarni aytib o`tishimiz mumkin.
Bundan tashqari o`quvchilar mashg’ulotlardaolgan bilimlarini sinfdan tashqari musiqa va xor to`garaklarida, shuningdek, maktabdan tashqari turli musiqa va raqs to`garaklarida takomillashtirish imkoniga ham egadirlar. Maktablardagi musiqa va xor to`garaklari hamda madaniyat saroylari, madaniyat uylari va yoshlar ijodkorlik uylari kabi maktabdan tashqari madaniy-ma’rifiy muassasalarda tashkil etilgan
musiqa to`garaklari, o`quvchilar xori, orkestr, raqs va vokal ansambllarining serqirra faoliyatlari bunga misol bo`la oladi.
Maktabdan tashqari va sinfdan tashqari tashkil etilgan musiqa to`garaklarida o`quvchilar an’anaviy ijro, turli cholg`u asboblarida chalish, musiqani tinglab, tahlil qila olish, ansambl va orkestr jamoalarida ijro etish, turli raqs usullarini o`rganish, milliy va jahon xalqlari raqslarini o`rganish, elektron asboblarda chalish kabi amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishlari mumkin. Bolalar musiqiy idrokini shakllantirish hamda rivojlantirishda turli musiqiy to`garaklar bilan bir qatorda har bir shahar va tumanlarda tashkil etilgan bolalar musiqa maktablarining ham o`z orni bor. Bolalar musiqa maktablariga 1- sinfdan 7-sinfgacha bo`lgan Bolalar qabul qilinadi. Musiqa maktablarida o`qish uchun hujjat topshirgan bolalarning musiqiy qobiliyati bilan bir qatorda ularning dastlabki musiqiy idroki, ya’ni musiqani idrok eta olish qobiliyati ham tekshiriladi.
Agar bola tabiatan musiqiy qobiliyatga ega bo`lmasa yoki musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmasa u bola musiqachi bo`la olmaydi. Musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmaslik, deganda bolaning eshitgan musiqani umuman eslab qola olmasligi, ritmni butunlay his etmasligi, tovushlarning baland yoki past ekanligini qoniqarli darajada farqlay olmasligi tushuniladi. Bunday bolalarga o`zlarining qiziqishi hamda qobiliyatiga mos bo`lgan boshqa biror mashg`ulot bilan shug`ullanish, ya’ni boshqa sohadagi to`garaklarga qatnashish tavsiya etiladi.
Musiqani idrok etishni shakllantirishda asosiy cholg`u asbobida ijro etishni o`rganish jarayoni salmoqli imkoniyatlarga boy. Musiqachi
asosiy cholg`u asbobida ijro etish jarayonida berilgan musiqiy asarning mohiyatini faqat eshitish orqaligina emas, balki o`z ijrosi orqali eshitib, his etish orqali idrok etadi. Bu o`rinda o`quvchi musiqani eshitish orqali, notalarni ko`rish orqali hamda ichki sezgi (yurakdan his etish) orqali idrok eta boshlaydi.
Ma’lumki, bolalar musiqa maktablarining o`quvchilari biror cholg`u asbobini o`rganish uchun musiqa maktabida 5 yil o`qishlari lozim. Faqatgina fortepiano cholg`usi bo`yicha o`qiyotgan o`quvchilargina musiqa maktablarida 5 yil o`rniga 7 yil o`qishadi. Bolalar musiqa maktablarida bolalar o`z mutaxassisligi bo`yicha biror cholg`u asbobini chalishni o`rganish bilan bir vaqtda musiqa nazariyasi, solfedjio kabi darslarga ham qatnashishlari shart. Bundan tashqari ular musiqa maktablarida tashkil etilgan xor jamoalariga, turli xalq cholg`ulari ansambllariga hamda orkestrlarga qatnashish imkoniyatiga ega.
Bolalar musiqa maktablarida yakka tartibdagi darslarda o`qituvchi o`quvchilarning musiqani idrok etishlarini to`g`ri tashkil etish uchun musiqiy asarni idrok etishni o`rgatish jarayonida soddadan murakkabga tomon intilish tamoyiliga amal qilishi zarur. O`quvchiga ijro etish uchun asar tanlashda uning yoshi, fiziologiyasi, xarakteri, alohida qiziqishi, musiqiy bilimlarni o`zlashtirganlik darajasi, notaga qarab chala olish malakasi va boshqa jihatlari e’tiborga olinishi muhim ahamiyatga ega. Agar ushbu tamoyillarga amal qilinmasa, o`quvchilarning musiqani idrok etishini shakllantirishni tashkil etish ishlari kutilgan natijani bermaydi.

Yakka tartibdagi darslarda musiqa idrokini tashkil etish boshqa mashg`ulot turlar5iga qaraganda bir qancha qulayliklarga ega. Birinchi navbatda bu o`qituvchi bilan no`quvchining yakka tartibdagi yuzma-yuz muloqoti bilan bog`liq. Bunda o`qituvchi o`quvchiga musiqani idrok etishning har bir nyuansini alohida tushuntirish, o`quvchining ijrosini alohida eshitib, tahlil etish, uning yutuq va kamchiliklarini o`z vaqtida individual tartibda tushuntirish va boshqa shu kabi imkoniyatlarga ega bo`ladi. Bolalar musiqa maktablarida tashkil etilgan bolalar xor jamolari, xalq cholg`u ansambllari va orkestrlarga qatnashgan o`quvchilar musiqani idrok etish malakasini o`zlashtirish bo`yicha qo`shimcha imkoniyatlarga ega bo`ladilar:


  • Bolalar xor kollektivlarida ishtirok etgan o`quvchilar xorda kuylanayotgan asarlarning mazmunini, musiqiy mavzularini tahlil qilish bilan bir vaqtda, bu asarlarni o`zlari ijro etishlari orqali uning ichki tuzilishi, ohangi, tembri, registry hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vatda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishadi.


  • Bolalar musiqa maktablarida milliy cholg`u asboblarini o`rganish bo`yicha tahsil olayotgan o`quvchilar qo`shimcha cholg`u asbobini o`rganish bo`yicha fortepiano kursiga ham qatnashishlari mimkin. Asosiy cholg`u asbobi ko`p ovozli bo`lmagan milliy cholg`u asbobi bo`lgan o`quvchi fortepianoda ijro etishni o`rganish jarayonida fortepiano cholg`usidan chiqayotgan ko`p ovozli garmoniyani idrok etishni o`rganadi. Shuningdek bunday darslarda o`quvchi fortepianoda o`zbek milliy kuylaridan tashqari jahon


mumtoz klassikasiga xos bo`lgan kuylarni ham ijro etish orqali jahon hamda qardosh xalqlar professional musiqasi bilan ham tanishib boradi va shu barobarida uning musiqani idrok etish malakasi ham kengroq doirada rivojlanib boraveradi.


  • Xalq cholg`ulari ansambllariga qatnashgan o`quvchilar ijro etilayotgan asarlarning musiqiy mavzularining ichki tuzilishi, ohangi, tembri, registry hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vaqtda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishdan tashqari ansamblda o`zlari chalayotgan cholg`u asbobining tembri hamda uning ansamblda tutgan o`ziga xos o`rnini, vazifasini his qilgan holda idrok etishni ham o`rganadi.


  • Musiqa maktablarida tashkil etilishi mumkin bo`lgan orkestrlarga qatnashgan o`quvchilar ijro etilayotgan asarlarning musiqiy mavzularining ohangi, tembri, registri hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vaqtda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishdan tashqari orkestrda chalinayotgan barcha cholg`u asboblarining tembri hamda ularning ansamblda tutgan o`ziga xos o`rnini, vazifasini his qilishni o`rganadi va shu bilan bir vaqtda turli tembrga va diapazonga ega bo`lgan asboblarning ujrosidan hosil bo`lgan kuyning o`ziga xos boy, rang-barang garmoniyasini his etib, idrok etishni o`rganadi.


Maktabdan tashqari musiqa to`garaklari turli madaniyat saroylari, madaniyat uylari, “Kamolot” markazlari, bolalar ijodiyot uylari va


mahallalarda tashkil etilgan bo`lib, Bunday to`garaklarga qatnashgan o`quvchilar musiqani idrok etish malakasini o`zlashtirish bobida shunday to`garaklarga qatnashmayotgan boshqa tengdoshlariga qaraganda bir qancha afzal imkoniyatlarga ega bo`ladilar.
Maktabdan tashqari musiqa to`garaklariga qatnashgan o`quvchilar musiqani o`zlari ijro etgan holda idrok etadilar.

  • Maktabdan tashqari musiqa to`garaklarida xor jamoasiga yoki an’anaviy qo`shiqchilik ansmbllariga qatnashayotgan o`quvchilar milliy o`zbek qoshiqlari bilan chet el qo`shiqlarining o`zaro o`xshash hamda farqli jihatlarini ajrata bilish malakasiga ega bo`lishadi va shu orqali ular boshqa xalqlarning milliy qo`shiqlarini ham boshqa tengdoshlariga nisbatan teranroq, aniqroq idrok eta oladilar.

  • Maktabdan tashqari to`garaklarda raqs bilan shug`ullanuvchi o`quvchilarda ritmni his etish qobiliyati juda kuchayib ketadi. Ular eshitayotgan kuylarini ichki ritm his-tuyg`usi bilan idrok etish qobiliyatni o`zlashtirib oladilar.

  • Maktabdan tashqari musiqa to`garaklarida yakka xonandalik yoki yakka sozandalik bilan shug`ullanuvchi o`quvchilar musiqani yakka tartib o`zlashtirishning barcha ustunliklaridan foydalangan holda musiqani professional darajada idrok etishning sir-asrorlarini individual ravishda o`zlashtirib, o`rganib boradilar.

Musiqaiy idrok kishilarni tabiiy nafosatga, go`zallikka intilishga undaydi. Musiqani to`g`ri idrok eta olgan kishilar keng dunyoqarashga, tabiiy ichki madaniyatga ega bo`ldilar va ular


kishilarga hech qachon yomonlik qila olmaydilar.Mutaxassislarning fikriga ko`ra, inson hayotiy tajribasining musiqiy idrokda o`z o`rni bo`lgani kabi, musiqiy idrokning ham inson hayotida, uning dunyoqarashining, individual xarakterining shakllanishida o`z o`rni bor. Shuning uchun yoshligidan musiqa bilan shig`ullangan kishilarning xarakteri boshqalarnikidan farq qilib turadi.
Kelajak poydevori bo`lgan yosh avlodni har jihatdan oqil, vijdonli, madaniyatli, ma’naviyatli qilib, milliy vatanparvarlik ruhida, tarbiyalashda ularning musiqani idrok etish qobiliyatini shakllantirish va to`g`ri yo`nalishda rivojlantirishni tashkil etish masalasi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Respublikamizdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumiy o`rta ta'lim maktablarida, maktabdan tashqari va sinfdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida bolalarning musiqiy idrokini shakllantirish, rivojlantirish hamda to`g`ri yo`nalishda yo`naltirish muammosi yoshlarni ma’naviy jihatdan yetuk, fidoiy vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Muhtaram Prezidentimiz o`zining
« Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch » asarida : « Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san’atisiz erishib bo`lmaydi »,- deb yozganlarida aynan mana shu haqiqatni nazarda tutganlar.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida faoliyat olib borayotgan musiqa rahbarlarining, musiqa o'qituvchilarining asosiy vazifasi - o'quvchilarni estetik, badiiy va axloqiy tarbiyalash, ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirish orqali ularning shaxsini ma'naviy shakllantirishdan iborat. Shuning uchun ham musiqa tarbiyasi yosh avlodni uyg'unlikda kamol toptirishning muhim omili sifatida namoyon bo'ladi. Xususan, musiqa bilan shug'ullanish badiiy anglash faoliyati bo'lib, u bir qator omillarni o'z ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida faoliyat yurituvchi musiqa rahbarlarining va musiqa o'qituvchilarining murakkab kasbi bir necha musiqa ixtisosliklarini o'z ichiga oladi, lekin ularning shunchaki yig'indisidan iborat emas.
Musiqiy hamda pedagogik nazariyani, tajribalarni anglamay turib, zamonaviy o'qituvchi tayyorlashdagi mavjud amaliyotni tahlil qilmay va umumlashtirmay turib, bu soha o'qituvchisining qiyofasini tasavvur qilish qiyin. Musiqa tarbiyasi san'atni idrok etish, his qilish va tushunish qobiliyatlarini rivojlantiradi, estetik va musiqiy didni o'stiradi, aqliy kamolotni, ijodiy faollikni, tafakkurni, o'quvchilardagi o'ziga xos xususiyatlarni kuchaytiradi, zarur musiqiy bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qiladi, shuningdek, bo'sh vaqt muammosini hal qilishda ham yordam beradi, deb o`ylayman.
Bolalarmusiqani tushunishi uchun musiqa tilining ma'naviy va shakl yasash xususiyatlarini bilishlari, muayyan darajada rivojlangan musiqiy (tovush balandligi, tembiri, musiqaning garmonik, dinamik xususiyatlarini anglash, lad va ritmni his qilish, musiqani eslab qolish) qobiliyatga musiqani idrok etish va ijro etish malakalariga ega bo'lishlari zarur. Albatta, musiqa tarbiyasi g'oyaviy e’tiqodni shakllantiradi, axloqiy jihatdan tarbiyalaydi, shaxsdagi qiziqishlarning psixologik maqsadi va yo'nalishlarini belgilaydi, ijtimoiy kayfiyatni vujudga keltiradi, tashkil etadi va birlashtiradi, ijtimoiy faollikni tarbiyalaydi.
Buyuk mutafakkirlar musiqaning inson ongiga, shaxsiga, umuman, jamiyat rivojiga ham ulkan ta’sirini ta’kidlab o`tishgan.
Masalan, Aflotun: ”Davlatning qudrati unda qanday musiqa, qaysi lad va qay ritmda yangrayotganligiga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq”5, - deb yozgan. Bitiruv malakaviy ishi bo`yicha topshiriqlarni bajarish mobaynida Navoiy Madaniyat va san’at kolleji, Navoiy shahridagi umumiy o`rta ta’lim maktablaridagi, Navoiy davlat pedagogika instituti ARMlaridagi hamda Farhod madaniyat saroyi bibliotekasining o`quv zallaridagi tegishli adabiyotlardan va boshqa manbalardan foydalangan holda, ilmiy rahbarim Sh.I.Jalilov va boshqa mutaxassis ustoz-murabbiylarning maslahatlariga tayangan holda pedagogik amaliyot davrida quyidagi tadqiqotlarni amalga oshirishga muvaffaq bo`ldim:

  • Musiqa idrokining bizgacha tadqiq etilgan alohida va umumiy jihatlarini tegishli adabiyotlardan foydalangan holda o`rganish va tahlil qilish.
  • Musiqa idrokining bolalar tarbiyasidagi muhim ahamiyatini tadqiq etish.



  • Musiqa idrokini tashkil etish muammolarining paydo bo`lishi, shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini o`rganib chiqish.

  • Musiqa idrokining inson ongiga, xarakterining shakllanishiga badiiy didining shakllanishiga qanchalik ta’sir ko`rsatishini tadqiq etish.

  • Xalq og`zaki ijodida shakllanib, rivojlanib kelgan o`zbek folklor musiqasidan musiqiy idrokning tarbiyaviy vositasi sifatida foydalanish tamoyillarini o`rganib chiqish va tavsiya etish.
    Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlarida musiqa idrokining tashkil etilishi masalasini o`rganib, tahlil qilish va tadqiq etish.

  • O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati darslarida musiqa idrokining tashkil etilishi masalasini o`rganib, tahlil qilish va tadqiq etish.

  • Maktabdan va sinfdan tashqari musiqa ta’limi mashg`ulotlaridaa musiqa idrokining tashkil etilishi masalasini o`rganib, tahlil qilish va tadqiq etishga erishish.


XULOSA
Ushbu kurs ishini bajarish jarayonida maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida faoliyat yurituvchi musiqa rahbarlari hamda o`qituvchilarining ish tajribalarini o`rganib, ularning bu boradagi qilayotgan ijodiy izlanishlarini faoliyatlarini tahlil qilish natijasida bolalarning musiqa idrokini shakllantirish va rivojlantirishni tashkil etish yuzasidan quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdim:

  • Bolalarning musiqiy idrokini shakllantirishni tashkil etishda ularning yoshiga doir fiziologiyasini inobatga olish.

  • Bolalarning musiqiy idrokini shakllantirishni tashkil etishda ularning har birining individual xususiyatlarini, o`ziga xos xarakterini hisobga olgan holda har biriga individual munosabatda bo`lishga erishish.

  • Maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida bolalarning musiqiy idrokini

shakllantirish va to`g`ri yo`naltirishga doimiy ravishda alohida e’tibor qaratish.

  • Musiqa idrokining ijtimoiy ta’sirini ham hisobga olgan holda, ommaviy tadbirlarda, bayramlar, ko`rik-tanlovlar, festivallar va boshqa ommaviy yig`inlarda ishlatiladigan musiqiy asarlarning xarakteriga, tarbiyaviy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratish va bundan maqsadli ravishda, ommaviy tarbiya vositasi sifatida foydalanish.
  • Musiqa mashg`ulotlarida va ommaviy musiqiy tadbirlarda, musiqiy kechalarda, ijodiy uchrashuvlarda darsning yoki tadbirning mavzusidan kelib chiqqan holda unda tinglanadigan, ijro etiladigan musiqiy asarlar rejasini oldindan tuzib chiqish va bunda musiqa idrokining to`g`ri tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratishga erishish.



Hozirgi davrning dolzarb muammolaridan biri bo`lgan “ommaviy madaniyat”ning yurtimizga aynan musiqa vositalaridan
foydalangan holda kirib kelishi ham fikrimizning dalilidir. Musiqa tarbiyasini amalga oshirishda musiqani idrok etishni tashkil etish masalasi eng muhim omillardan biri bo`lib xizmat qiladi. Bolalar musiqani to`g`ri idrok eta olmasalar hech qachon uni to`g`ri tushuna olmaydilar va natijada musiqa ular uchun shunchaki musiqiy tovushlar yig`indisiga aylanib qoladi.
O`rta asrlardayoq Sharqning buyuk mutafakkirlari musiqiy psixologiyani, musiqaning qalbga, kayfiyatga va inson organizmiga ta’siri masalalarini o`rganishgan. Forobiyning “Musiqa haqida katta kitob” asari va boshqa asarlari, Ibn Sinoning “Kitob ash-shifo”, “Kiton an-najot”, “Donishnoma” kabi asarlarining musiqa haqidagi bo`limlari, Abdurahmon Jomiyning “Risolai musiqa” kitobi va boshqa shu kabi ilmiy asarlar musiqaning inson ongiga qanday ta’sir etishini mo`rganishga, musiqa idokini o`rganishga bag`ishlangan.
Buyuk qomusiy olim, musiqiy cholg`ularning mohir ijrochisi bo`lgan Abu Nasr Forobiy o`z ijrosi bilan kishilarni quvontirish yoki qayg`uga solish, xursand qilish, hayratga solish va hatto uxlatib qo`yishning uddasidan chiqa olganligi haqidagi rivoyat va hikoyatlar bizning davrimizgacha yetib kelgan. Bu va boshqa shu kabi faktlardan musiqaning inson ongiga va tarbiyasiga, xarakterining shakllanishiga va hatto ijtimoiy ongning shakllanishiga ham qanchalik kuchli ta’sir o`tkaza olishi yaqqol ko`rinib turibdi.


Download 132.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling