Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/24
Sana04.02.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1161506
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami

2. Xitoy 
Xitoy jahonda eng katta tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘llar tarmog‘iga ega 
bo‘lib, uning umumiy uzunligi Yaponiya va Evropning birgalikdagi tezyurar temir yo‘llar 
tarmog‘idan ham katta.Xitoyning tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘llari quyidagilarni 
o‘z ichiga olgan: modernizatsiyalangan oddiy temir yo‘l liniyalari, yuqori tez-likda 
harakatlanadigan poyezdlar uchun maxsus qurilgan yangi liniyalar, shuningdek jahonda 
birinchi bo‘lib magnit “yostig‘idagi” poyezdlar hara-kati uchun qurilgan tijorat liniyalari. 
Xitoydagi shu kabi liniyalarning umu-miy uzunligi 2016 yilga kelib taxminan 20 ming km ni 
tashkil etadi. Ular-ning rivojlanish dinamikasi insonni lol qoldiradi: bor-yo‘g‘i 20 yil avval 
Xitoy temir yo‘llari tarmog‘idagi maksimal tezlik soatiga 48 km dan ko‘p bo‘lmay, bu hol 
ushbu tashish turini avtomobil yordamida va samolyotda tashishlar raqobati oldida 
umuman ilojsiz qilib qo‘ygan edi. Ishga jadallik bilan kirishildi: tonnel va ko‘priklar faol 
qurilisha boshlanib, yangi zamo-naviy relslar yotqizildi, eski temir yo‘llar elektrlashtirildi. 
Natijada soatiga 160 km li tezlik ko‘rsatkichlariga erishildi. 1998 yili Shvetsiya texnolo-
giyalaridan foydalanish natijasida Guanchjou – Shen`chjen` uchastkasidagi poyezdlar 
tezligi soatiga 200 km ga etdi. 2007 yildan boshlab esa Xitoy magistrallarida poyezdlar
soatiga 250 km tezlikni ham zabt etdilar. Xitoyda texnologiya jihatidan tezyurar temir yo‘l 
qatnovini tashkil etish Bombardye, Alstom va Kavasaki kabi nom qozongan xorijiy ishlab 
chiqaruvchilardan bitimlar asosida texnologiya o‘zlashtirish hisobiga ro‘y beradi. Xorijiy 
texnologiyalarni olar ekan, Xitoy ular asosida o‘z ishlanmalarini yaratishga intiladi. Bunga 
misol tariqasida Xitoyda ishlab chiqarilgan, soatiga 350 tezlikka erishadigan hamda 2010 
yildan beri foydalanishda bo‘lgan CRH-380A turkumli poyezdlarni keltirish mumkin (5-
rasm). Ana shu poyezdda Xitoy tezyurar (yuqori tezlikdagi) temir yo‘llari uchun rekord 
o‘rnatilgan – taxminan 500 km/s. Tezyurar temir yo‘l qatnovi shuningdek Xitoydan 
tashqariga chiqishi nazarda tutilmoqda. 2015 yilning yanvarida Mo‘g‘uliston va 
Qozog‘iston orqali o‘tib, Rossiyaning markaziy qismiga yetib keladigan istiqbolli Pekin – 
Moskva tezyurar magistrali qurilishi ma`lum qilindi.Uning marshruti o‘z ichiga Xitoy 
ishtirokida amalga oshirilayotgan (uning texnologiyalari va mashinasozlik mahsulotlari 
asosida) Moskva — Qozon – Yekaterinburg yuqori tezlikdagi magistralini olgan. Liniya 
Ulan-Bator, Irkutsk, Astana shaharlari orqali o‘tadi. Uning uzunligi 7 ming kilo-metrga teng 
bo‘lib, poyezdning yo‘ldagi vaqti taxminan 30 soat, tiklanish qiymati esa 240 mlrd. AQSh 
dollaridan ortiq va ilk marotaba bu liniya ham yo‘lovchi, ham yuk konteyner poyezdlari 
qatnovi uchun mo‘ljallangan. 2002 yildan Xitoyda Shanxayni s Padun aeroporti bilan ulab 
turgan 30-kilometrli tezyurar liniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu temir yo‘lda mono-rels 
qo‘llangan va uning ustida tezlashish olgan poyezd 1,5 sm balandlikda muallaq, ya`ni 


relsga tegmagan holda harakatlanadi. Germaniyaning Transrapid kompaniyasi (Siemens 
AG va ThyssenKrupp «farzandi») tomonidan qurilgan Shanxay «Maglevi»ning tezligi 
soatiga 450 km. 
3. 
Fransiya
 
Fransiya Yevropa mamlakatlari orasida temir yo‘l tezyurar harakati so-hasida yetakchi 
bo‘lib, tezyurar poyezdlarni harakatini yo‘lga qo‘yganiga ham deyarli 30 yil bo‘lgan. 
Yevropadagi TGV tezyurar qatnovlari tarixi 1981-1983 yilda boshlangan bo‘lib, unda 410 
km uzunlikdagi Parij – Lion liniyasi foydalanishga topshirilgan. Biroq XX asrning ikkinchi 
yarmidagi Yaponiya temir yo‘lida ro‘y bergan yangilanishlarga ancha kechikib javob 
qaytardi. Buni qisman yevropalik konstruktorlar 1950-60-yillarda havo yostig‘ida 
harakatlanuvchi hamda magnit osmasidagi «Maglev» poyezdi bilan band bo‘lganliklari, 
ular ustida tajribalar o‘tkazganliklari bilan izohlash mumkin. Yaponiyadagi kabi tezyurar 
liniya qurish haqidagi qaror Fransiyada 1960-yillarning ikkinchi yarmida qabul qilindi. 
Fransiya temir yo‘llar milliy jamiyatiga TGV (train a` grande vitesse — tezyurar poyezd) 
deb nom olgan Parij-Lion liniyasini ishlab chiqish va ishga tushirib yuborish uchun o‘n besh 
yil kerak bo‘ldi. Trassa yaratish qimmat ish ekanligiga qaramay, biroq muhandislar uchun 
jiddiy muammo emas edi. Poyezdning o‘zini yasash bir muncha qiyinroq masala bo‘lib 
chiqdi. Shu payt kutilmaganda konstruktorlar rejalariga jahon iqtisodiy konyunkturasi 
pand berdi. Gap shundaki, dastlabki bosqichda lokomotiv dvigateli sifatida gaz turbina 
uskunasidan foydalanishga qaror qilingan edi. 1971 yili TGV-001 turbopoyezdi sinovdan 
muvaffaqiyatli o‘tib, ajoyib ko‘rsatkichlar namoyish etdi. U 318 km/s tezlikka erishib, bu 
natija hozirga qadar elektr tortuvisiz poyezdlar uchun jahon rekordi bo‘lib kelmoqda. 
Biroq 1973 yili ro‘y bergan energetika inqirozi SNCF rahbariyatini TGV da narxi keskin 
ko‘tarilib ketgan yoqilg‘ini qo‘llashdan voz kechishga majbur qildi. Shu sababli Fransiya 
AES larida olinadigan arzonroq elektr energiyasidan foydalanishga o‘tildi.Oxir-oqibatda, 
80-yilga kelib Parij-Lion liniyasi ham tayyor bo‘ldi. Elektrovoz va vagonlar Alstom 
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarildi. 1981 yilning 27 sentyabrida liniya foydalanishga 
topshirildi. Fransiyaning ikki shahri o‘rtasidagi masofani poyezd 260 km/s tezlik bilan ikki 
soat ichida bosib o‘tadigan bo‘ldi. Bugungi kunda butun Yevropani qoplab olgan TGV 
liniyalarida tezlik 350 km/s ga etadi. O‘rtacha harakatlanish tezligi esa soatiga 263,3 km ni 
tashkil qiladi. Shu bilan birga harakatlanuvchi tarkib doimiy ravishda modernizatsiya 
qilinib, yangi modellar yaratilmoqda. TGV POS tipidagi yangicha qisqarti-rilgan tarkib 2007 
yilning 3 aprelida Parijni Lotaringiya bilan bog‘lagan 106 kilometrli yangi LGV EST liniyasida 
soatiga 574,8 km tezlikka erishdi. Bu relsli temir yo‘lda erishilgan eng katta harakat 
tezligidir. Fransiya tezyurar trassalariga relslarning ulamasiz ulanishidan tashqari alohida 
talablar taqdim etiladi. Burilish radiuslari 4000 m dan kichik bo‘l-masligi shart. Qo‘shni 
yo‘llarning o‘qlari orasidagi masofa kamida 4,5 m bo‘lib, bu ikki qarama-qarshi poyezd 
o‘tib ketishidagi, soatiga 700 km ga etishi mumkin bo‘lgan aerodinamik samarani ancha 
kamaytirib beradi. Trassa o‘tadigan tunnellar tunnelga kirish va undan chiqishdagi aerodi-
namik zarbni kamaytirish maqsadida maxsus loyihalashtirilgan. Mashinist asboblari 
doskasida maxsus signalizatsiya tizimi qo‘llanib, mashinist yetarlicha tez munosabat 


bildirmagan holda avtomat tormozlanish ko‘zda tutilgan. Temir yo‘llar jonivorlar bilan 
to‘qnashishlarning oldini olish maqsadida ishonchli to‘sib qo‘yilgan.Pantograf kontakt 
simi bo‘ylab o‘z oldida borayotgan to‘lqinga etib olmasligi uchun sim oddiy liniyalarga 
nisbatan tarangroq qilib tortilgan. TGV liniyalarida yuqoridan emas, balki pastdan tezlik 
cheklovi mavjud. Bu sekin yuradigan poyezdlar tezyurar liniyalar o‘tkazish imkoniyatlarini 
pasaytirmasligi uchun talab etiladi.Fransiyada Yaponiya tajribasi tahlil qilinganidan so‘ng 
tezyurar magistrallar bosh yo‘llarining konstruksiyasi unda yer polotnosi shpala-ballast 
asosi ustidagi, shuningdek 60,8 kg/pog. m massali ulamasiz relslardan yotqizilishini ko‘zda 
tutgan konstruksiyasi qabul qilingan edi. Bunda ballastli variantning plitali variantga 
nisbatan ikki hal qiluvchi ustunlikka ega ekanligi hisobga olindi: bevosita konstruksiyaning 
qiymati ancha arzonligi (yer polotnosi ustuvor bo‘lgan uchastkalarda) va yo‘lning 
harakatlanuvchi tarkib ta`siridan ko‘ndalang siljishga qarshi katta barqarorlik (turg‘unlik) 
zaxirasiga ega ekanligi.Yaponiyada namoyon bo‘lgan yer polotnosiga yotqizilgan plitali 
asos-ning kamchiliklari ham, xususan, konstruksiyaning qimmatligi, yo‘lning geometrik 
chetlashishlarini bartaraf etish bilan bog‘liq qiyinchiliklar, yo‘l yotqizishning muntazam 
yo‘lga qo‘yilgan texnologiyasi yo‘qligi, uning zaif gruntlarda ishlash mavhumligi ham 
e`tiborga olindi.Fransiyadagi Parij – Lion yuqori tezlikli magistralidan ko‘p yillik 
foydalanish tajribasi ballast asosidagi temir yo‘lning yuksak ekspluatacion xossalarini va 
ishonchliligini yana bir bor tasdiqladi. U Fransiyaning boshqa, poyezdlarning soatiga 350 
kmgacha tezliklar bilan harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yuqori tezlikli magistrallarida 
ham yotqizilgan. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling