Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami
10
. O‘zbekiston O‘zbekistonning ikki eng yirik shahrini bir-biri bilan birlashtirgan Toshkent- Samarqand tezyurar temir yo‘lining uzunligi 344 kilometrga teng. Yo‘l respublikaning to‘rtta: Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari orqali o‘tgan. Liniyaga «Afrosiyob» poyezdi (13-rasm) xizmat ko‘rsatib, u har kuni 250 km/s gacha maksimal tezlik bilan qatnaydi va Samarqandga bo‘lgan masofani ikki soat ichida bosib o‘tadi. Loyiha ishlari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ning «Boshtransloyiha» va «Toshtemiryo‘lloyiha» institutlari tomonidan bajarildi. Liniyani qurish 2011 yilning 11 martida boshlanib, 5 oy muddatda tugallandi.Liniya o‘z ichiga yangi, shu bilan birga rekonstruksiya qilingan temir yo‘llarni ham olgan bo‘lib, yo‘l butun marshrut davomida qo‘shimcha ravishda Toshkentdan to Samarqandga qadar zamonaviy signal tizimi bilan jihozlandi.O‘zbekistonda tezyurar va katta tezlikdagi yo‘lovchi poyezdlari harakati yaqin orada shuningdek quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ham tatbiq etiladi: Samarqand – Buxoro; Samarqand-Qarshi; Navoiy-Konimex-Miskin; Toshkent-Navoiy-Urganch (Nukus); Toshkent-Andijon; Toshkent-Xojikent va b. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yo‘lovchi poyezdlari tezyurar va katta tezlikdagi poyezdlar harakatini butun O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l-lari tarmog‘iga tatbiq etish siyosatini olib bormoqda. Yevropaning nufuzli nashrlaridan biri - GoEuro ning «Global High-Speed Train Ranking» rey-tingi ma`lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston temir yo‘l transportining rivoj-lanish darajasiga ko‘ra bugungi kunda jahonda 17-o‘rinni egallab, AQSh va qator Yevropa mamlakatlarini ortda qoldirgan. Reytingni tuzishda poyezdlarning rekord tezligi, operatsion tezlik, te-mir yo‘l liniyasining qamrovi, aholi qamrab olinganligi va yo‘lovchi-larning 1 km yo‘lga qiladigan sarfi kabi ko‘rsatkichlar hisobga olindi. Ush-bu ko‘rsatkichlarning maksimal qiymatlari nisbati bo‘yicha Osiyo mam-lakatlari yetakchi o‘rinlarni egalladilar: Yaponiya, Koreya Respublikasi va Xitoy. Bunda ana shu uch mamlakatdan har biri muayyan ko‘rsatkich bo‘-yicha boshqalaridan ustun ekanligini namoyish etgan. Rekord tezlikka (603 km/s) Yaponida erishilgan bo‘lsa, aholining keng ko‘lamda qamrab oli-nishi (44,67%) Koreyada qayd etilgan, Xitoy esa bir yo‘la ikki ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakatda poyezdlar eng yuqori tezlik bilan harakatlanib (350 km/s), yuqori tezlikli magistrallar mamlakat umumiy temir yo‘llari uzunligiga nisbatan 29,22% ni tashkil etgan. O‘zbekistonda poyezdlarning rekord tezligi soatiga 255 km ni, operat-sion tezligi esa – soatiga 230-250 km ni tashkil qiladi. Mamlakat temir yo‘l infratuzilmasida tezyurar harakat 8,21 foizni egallagan. Bunday poyezdlar xizmatidan mamlakat aholisining 9,01 foizi foydalanish imkoniga ega.O‘zbekiston reytingda Norvegiya, AQSh va Finlyandiya kabi mamlakatlarni ortda qoldirdi.Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining asosiy magistral temir yo‘l liniyalarida tezyurar va yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlarni joriy etish «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ taraqqiyotining ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. 11. AQSh Shunisi qiziqki, AQShda tom ma`nodagi tezyurar harakatlanuvchi ma-gistrallarning o‘zi yo‘q. AQSh temir yo‘llarida tezyurar qatnov rivojlani-shiga uzoq vaqt davomida tarixiy va geografik omillar yo‘l qo‘ymagan. Tarmoqning katta qismi xususiy kompaniyalarga tegishli bo‘lib, ular tax-minan 30 yil avval yo‘lovchi tashishdan deyarli butunlay chetlashganlar. AQShda temir yo‘l orqali yo‘lovchilarni tashish tiklangan kun deb dastlabki yo‘lovchi tashiydigan Acela Express poyezdi Vashingtondan Nyu-York orqali Bostonga qarab yo‘l olgan 2000 yilning 12 dekabrini aytish mumkin.Tezyurar magistralga o‘xshash yagona liniya Vashington va Bostonni Filadelfiya va Nyu-York orqali bog‘lab turadi. Amerikaning Amtrak firma-siga tegishli yo‘lovchi tashiydigan «Acela» tezyurar poyezdi (14-rasm) Amerika qit`asidagi yagona tezyurar poyezd hisoblanib, soatiga 150 mil (240 km/s) maksimal tezlikka erishishiga qaramay, biroq uning o‘rtacha tezligi deyarli ikki barobar past. Bunda Acela oddiy (ammo rekonstruksiya qilingan emas) liniyalarda foydalanib, shunga bog‘liq holda poyezd katta tezlikda kichik radiusli burilishlardan yaxshiroq o‘tish uchun kuzovni qiya holda tutish qurilmalari bilan jihozlangan. Muntazam yo‘lovchi tashishdagi harakatidagi poyezdlarning maksimal tezligi 241 km/s ni tashkil etadi. Ularning marshrut tezligi biroz kamroq: butun 735 kilometrli trassaning u boshidan bu boshiga qatnashda u 110 km/s ga teng. Buni tezyurar francuz poyezdlari eski koleyadan «sudralib yurishiga» to‘g‘ri kelganligi bilan izohlash mumkin. AQShda katta tezlikli magistrallar qurilishida jamoatchilik fikri katta o‘rin tutadi. Ko‘p sonli ekologlar va tezyurar poyezd tarmoqlari o‘tishi rejalashtirilgan hududlar aholisi ana shunday loyihalarga qarshi chiqadilar. Fuqarolar fikriga ko‘ra, avtomagistrallar keng taraqqiy etgan mamlakatda katta tezlikli temir yo‘l transportiga ehtiyoj kam. Biroq 2013 yilda Los-Andjeles va San-Fransisko o‘rtasida klassik tezyurar poyezdlar liniyasi qurilishi boshlab yuborilgan. Uni 2020 yilda foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling