Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi
Umumiy qoidalar. Yuqori tezlikdagi magistrallarning asosiy texnik ko‘rsatkichlari
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami
Umumiy qoidalar. Yuqori tezlikdagi magistrallarning asosiy texnik ko‘rsatkichlari
va yechimlar Dunyo temir yo‘llarida yo‘lovchi tashish poyezdlarining yuqori tezlikdagi harakatini yo‘lga qo‘yish (tashkil etish) parallel tarzda ikki yo‘nalishdan bormoqda (har ikkisi ham yuqori tezlikdagi harakatlanuvchi tarkib yaratilishini talab etadi): ‒ yo‘lovchi poyezdlari harakatlanishi uchun yangi yuqori tezlikdagi ixtisoslashtirilgan magistrallarni qurish; ‒ yo‘lovchi poyezdlarining yuqori tezlikda harakatlanishini ta`minlash uchun ishlab turgan magistrallarni modernizatsiya qilish, ba`zi hollarda oddiy, tezyurar yo‘lovchi va yuk poyezdlari, hamda tezlashgan poyezdlar harakatini cheklagan holda. O‘zbekiston Respublikasida tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘l harkatining har ikki rivojlanish sxemasi faol ro‘yobga chiqarilmoqda. Masalan, Toshkent – Samarqand temir yo‘l liniyasining Yangier - Jizzax va G‘allaorol - Bulung‘ur uchastkalarida yangi yuqori tezlikdagi magistral-lar qurilgan bo‘lsa, Toshkent - Yangier, Jizzax – G‘allaorol va Bulung‘ur - Samarqand uchastkalarida mavjud liniyalar qaytadan rekonstruksiya qilindi.Yuqori tezlikdagi harakatni yangi qurilgan liniyalarda tashkil etish variantida ikki xil kichik variantlar farq qiladi: yapon-ispan varianti, u yuqori tezlikdagi magistrallar va qolgan temir yo‘l tarmog‘i koleyasi enidagi farq tufayli paydo bo‘lgan, hamda francuz kichik varianti, bunda yuqori tezlikdagi magistrallar va mamlakat asosiy temir yo‘l tarmog‘i koleyasining eni bir xil.Ishlab turgan liniyalarni modernizatsiya qilib, yuqori tezlikdagi aralash harakatni tashkil etish Germaniya uchun xos bo‘lib, biroq hozirgi paytda shuningdek Angliya, Italiya, Bel`giya, Gollandiya, Shveysariya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda ham qo‘llanilib kelmoqda. Biroq bu mamlakat-larda ham so‘nggi yillarda ixtisoslashtirilgan yuqori tezlikdagi magistrallar qurishga kirishildi. Yuk va yo‘lovchi tashiydigan poyezdlar liniyalari pro-fili va rejasiga turlicha talablar qo‘yilgani sababli yuqori tezlikda harakat-lanuvchi va boshqa toifali poyezdlardan bir vaqtning o‘zida foydalanish ancha qiyin masala. Xitoyda so‘nggi o‘n yillik davomida yuqori tezlikdagi temir yo‘l harakatining har ikkala sxemasi ham jadal ro‘yobga chiqaril-moqda.Muayyan darajadagi taxminiylik bilan bugungi kunda yuqori tezlikdagi harakat infratuzilmasiga va uni tashkil etishga uchta asosiy konseptual yondashuvni ajratib ko‘rsatish mumkin (6-jadval). Yapon va ispan konsepsiyalari yo‘l (rels) tizimi mamlakatning qolgan temir yo‘l tarmog‘idan alohida, mustaqil bo‘lgan yuqori tezlikdagi magis-trallar qurishni ko‘zda tutadi. Fransiyada umumiy tarmoq tarkibiga kirgan, ammo faqat yuqori tezlikdagi harakatlanuvchi tarkib uchun mo‘ljallangan yangi yuqori tezlikdagi magistrallar qurish rejalashtirilgan. Ital`yan va ne-mis konsepsiyalari esa temir yo‘l yo‘nalishlarini kompleks rekonstruksiya qilishni ko‘zda tutgan bo‘lib, yuqori tezlikdagi uchastkalar qurilib, bir vaqtning o‘zida mavjud liniyalarning asosiy izlari tezyurar va yuqori tez-likdagi harakatni tashkil etish maqsadida modernizatsiya qilinadi. Bugungi kunda ishlatilayotgan yuqori tezlikdagi magistrallarning ko‘pchiligida eni 1435 mm li oddiy (normal) (Stefenson bo‘yicha) koleya qabul qilingan. Yuqori tezlikdagi harakatni tashkil etishning asosiy konceptual yondashuvlari Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling