Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi


Yuqori tezlikdagi magistrallarning asosiy texnik ko‘rsatkichlari va yechimlar


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/24
Sana04.02.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1161506
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami

3.2 Yuqori tezlikdagi magistrallarning asosiy texnik ko‘rsatkichlari va yechimlar 
Umumiy foydalanishdagi oddiy temir yo‘llarning asosiy texnik ko‘rsat-kichlariga 
quyidagilar kiradi: koleya eni, yo‘l bo‘ylama profilining ustuvor (rahbar) (yoki boshqa 
cheklaydigan) qiyaligi, bosh (asosiy) yo‘llar soni, qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining foydali 
uzunligi, tortuv turi, ayrim punktlarni joylashtirish sxemasi, tortuv xizmati ko‘rsatish 
uchastkalari sxemasi, elektrlashtirilgan liniyalarni elektr bilan ta`minlash va tortuv 
podstansiyalarini joylashtirish sxemalari.Yuqori tezlikdagi magistrallarning o‘ziga xos 
jihatlarini hisobga olgan holda uning asosiy texnik ko‘rsatkichlariga shuningdek 
poyezdlarning yo‘l qo‘yiladigan maksimal harakatlanish tezligini, so‘ndirilmagan 
gorizontal tezlashish me`yorini va harakatlanuvchi tarkib turini kiritish lozim. 
Loyihalashtirilayotgan temir yo‘llarning barcha texnik ko‘rsatkichlari ko‘proq yoki kamroq 
darajada o‘zaro bog‘liq. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida yuqori tezlikdagi 
magis-trallar uchun mamlakat temir yo‘llarida qabul qilingan standart o‘lchamda-gi 
koleya eni – 1520 mm olinadi. Istiqbolda yuqori tezlikdagi magistrallar-ning xalqaro 
tarmog‘iga chiqish uchun muqobil variant sifatida koleyaning 1435 mm li variantini ham 
ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. Jahon amaliyotida quyidagilar ko‘p jihatdan sinovdan o‘tgan 
hisoblanadi: ikkitaga teng bosh (asosiy) yo‘llar soni va elektr tortuvi. Katta harakatlanish 
tezliklarida faqat bitta bosh (asosiy) yo‘l mavjudligi (bir izli yo‘l) xavfsizlik darajasini va 
liniyaning o‘tkazish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yuboradi.Yuqori tezlikdagi 
magistrallar asosiy ko‘rsatkichlarining batafsil baho-lari keyinroq tegishli bo‘limlarda 


beriladi. Bu yerda esa faqat maksimal tezlik, ustuvor qiyalik va so‘ndirilmagan gorizontal 
tezlashish me`yorlari qiymatlari kabi parametrlarda to‘xtalib o‘tamiz, xolos. Ular ko‘p 
jihatdan yuqori tezlikdagi magistrallarning keyingi foydalanish davrida rekonstruk-siya 
uchun juda katta mablag‘ talab qiladigan trassasi (yer polotnosi, suv o‘tkazish inshootlari 
va b.) va statsionar qurilmalarining holatini belgilab beradilar.Yuqori tezlikdagi 
harakatlanuvchi tarkibning yo‘l qo‘yiladigan maksi-mal harakat tezligi V
max
YuTM ning o‘ta 
muhim texnik parametri hisobla-nadi. U bir tarafdan loyihaning amalga oshirilishidan 
tushadigan daromad-ning katta qismi va kapital xarajatlar hajmini belgilasa, shuningdek 
ikkin-chi tarafdan foydalanish (ekspluatatsiya) sarf-xarajatlari hajmini aniqlab beradi. 
Nisbatan yuqori maksimal tezlik darajasi asoslanganligi yo‘lov-chilar oqimi ortishi bilan 
ortib boradi. YuTM ustuvor qiyaligi i

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling