Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqori tezlik liniyalari uchun yol va strelkali otkazgich konstruksiyalari. Reja
h, mm
So‘ndirilmagan tezlanishi 0,4 m/s 2 bo‘lganda R min (m) qiymatlari 350 km/s 400 km/s 100 9400 12000 110 8800 11500 120 8400 10900 130 7850 10400 130 7500 9900 150 7200 9400 Qiyin sharoitlarda yo‘lning ballastsiz ustki qurilmasidan foydalanishda so‘ndirilmagan tezlanish 0,65 m/s 2 gacha ko‘tarilishi mumkin. So‘ndirilmagan tezlanishlar qiymatlari haqida eng oxirgi variantlarini texnik–iqtisodiy tanlovi asosida qabul qilinishi tavsiya etiladi. Yuqori tezlik liniyalari uchun yo'l va strelkali o'tkazgich konstruksiyalari. Reja: 1. Tezyurar xarakat uchun maxsus strelkali o‘tkazgichlar. 2. Strelkali o‘tkazgichlarning bog‘lovchi qismlari. 3. Strelkali o‘tkazgichlar asoslari. 1. Tezyurar harakat uchun maxsus strelkali o‘tkazgichlar . Keyingi o‘n yilliklarda ko‘pchilik davlatlarning yo‘llarida tez yuarar va yuqori tezlikdagi harakat keng tarqala boshlagan. O‘zbekiston temir yo‘llarini rivojlantirish dasturida 160, 200 va 250km/s gacha tezlik bilan yo‘lovchi poyezdlarini harakatlanishini yo‘lga qo‘yish maqsadida bir necha ming km yo‘llarni qayta qurish mo‘ljallangan.Tezyurar strelkali o‘tkazgichlar va tushish yo‘llari 200km/s gacha harakat tezliklari uchun seriyalab ishlab chiqarilgan va Toshkent – Samarqand - Qarshi liniyasida bir necha yildan beri muvaffaqiyatli ishlamoqdalar. Bunday strelkali o‘tkazgich va tushish yo‘llari konstruksiyasida egiluvchan ayrili strelka va qayishqoq burovchi serdechnikli o‘zluksiz yumalash yuzali krestovina qo‘llanadi. Poyezdlar harakatini yuqori tezliklarida strelka va krestovinaning konstruksiyasida bittadan klyammer tipidagi tashqi tutashtirgich (zamыkatel) ko‘zda tutilgan. Zamыkatellar strelkada ayrining uchida, krestovinada esa serdechnikning uchida o‘rnatilgan. Bunday o‘tkazgich va tushish yo‘llarining asosi bo‘lib temir beton bruslar xizmat qiladi. Rels elementlari taglikka qayishqoq klemmalar yordamida biriktiriladi. Temir beton bruslarga tagliklar temir beton asosli yo‘l konstruksiyasida qo‘llanadigan namunaviy zakladnoy boltlar bilan mahkamlanadi.Poyezdlar harakat tezligini 200 km/s dan yuqoriga ko‘tarish strelkali o‘tkazgichlar konstruksiyasiga jiddiy o‘zgarishlar kiritilishini talab etadi. Shu maqsadda maxsus yuqori tezlikdagi strelkali o‘tkazgich va tushish yo‘llari ishlab chiqiladi. 200 km/s tezliklargacha mo‘ljallangan strelkali o‘tkazgichlardan farqli o‘laroq, yuqori tezlikdagi strelkali o‘tkazgichlarning konstruksiyasida oraliq yo‘llari relslarining poduklonkasiga teng strelkali o‘tkazgichning rels elementlarini ishchi yuzasining poduklonkasi nazarda tutiladi. Ramali relslar, krestovina va tutashtirish yo‘llari relslarining poduklonkasi maxsus konstruksiyali metall tagliklardan foydalanish hisobiga shakllanadi, relslarning poduklonkali ishchi yuzasi shakliga mos ayrilar, krestovina serdechniklarini va uning usoviklarini yumalash yuzasi esa bu elementlarni ishlab chiqish jarayonida ularga maxsus ishlov berish hisobiga hosil qilinadi. Yuqori tezlik yo‘llaridagi strelkali o‘tkazgich Poyezdlarni strelkalardan 250 km/s tezlik bilan o‘tish xavfsizligi ayrilar uchida va ularning randalangan qismi oxirida o‘rnatilgan elektr uzatmalarning ichki zamыkatellari hamda ikkita tashqi zamыkatellar tomonidan ta’minlanadi va nazorat qilinadi. O‘tkazish mexanizmlari va tashqi zamыkatellarning elementlari temir betonlilarni o‘rniga strelkaning elektr uzatmalarini o‘rnatish joylariga qo‘yilgan kovak metall bruslar ichida joylashadi (rasm 6.1). Strelkaning bunaday konstruksiyasi qo‘l mehnatidan foydalanmasdan faqat mashina usulida uni to‘g‘rilash va urib qoqish (vыpravka i podbivka) ishlarini amalga oshirishga imkoni beradi. Yuqori tezlikdagi poyezdlarni krestovinadan o‘tish xavfsizligini oshirish uchun, krestovinaning ikkinchi elektr uzatmasidan kuchlanish uzatiladigan richagli qurilma va bo‘ylama tutashtiruvchi tyagali qo‘shimcha mexanizm yordamida amalga oshiriladigan qo‘shimcha muayyan holatda mahkamlab qo‘yiladigan joy serdechnikning qayishqoq (uzun) tarmog‘iga belgilab qo‘yilgan. 2 Yuqori tezlik strelkali o‘tkazgich strelkasi Yuqori tezlik strelkali o‘tkazgich krestovinasi Rels elementlarini tagliklarga mahkamlanishi – qayishqoq bo‘lib, takomillashtirilgan konstruksiyali klemmalar orqali amalga oshiriladi. Tezyurar strelkali o‘tkazgichdan farqli ravishda yuqori tezlikdagi strelkali o‘tkazgich konstruksiyasida metall qismlari temir beton bruslarga shurupli–dyubelli usulda mahkamlanadi, bu esa rels koleyasi va butun konstruksiyaning turg‘unligi va barqarorligini ma’lum darajada oshiradi. Tezyurar va yuqori tezlikdagi harakatning zaruriy sharti strelkali o‘tkazgichlarni choksiz yo‘l tarkibiga kiritishdan iborat, shuning uchun tezyurar va yuqori tezlikdagi strelkali o‘tkazgichlarning konstruksiyalarida o‘tkazgich choklarini payvandlanishi va uni relslarga payvandlab ulash ilojlari ko‘zda tutiladi. Choksiz yo‘lda ishlovchi strelkali o‘tkazgichlarga harorat kuchlarini kompensatsiyalash uchun, ularni pletlarga tutash joylarida maxsus qurilmalar – tenglashtirish choklari o‘rnatiladi (rasm 6.4). Bunday qurilmaning asosiy elementlariga yo‘lda strelkali o‘tkazgich elementiga payvandlab qo‘yiladigan ayri, hamda o‘ram (plet) oxiriga payvandlab ulanadigan qo‘zg‘aluvchan rels kiradi. Uzluksiz yumalash yuzasiga ega krestovinalar (qo‘zg‘aluvchan serdechnikli) 1968 yildan boshlab ishlab chiqarilib temir yo‘llarimizning R65 turdagi strelkali o‘tkazgichlarida yotqizilmoqda. Bunday krestovinalarning ishlatilishi uch xil bo‘ladi: buriluvchi serdechnikli egiluvchan serdechnikli egiluvchan–buriluvchan serdechnikli Ular bosh yo‘llarda yotqiziladigan oddiy strelkali o‘tkazgichlarning turli xil konstruksiyalarida qo‘llaniladi: - juda katta bo‘lgan yuk tashish jadalligi va to‘g‘ri yo‘lda harakat tezliklari 140 km/s gacha yo‘llarda krestovinasi uzunligi 5.5m bo‘lganda burilish serdechnikli o‘tkazgichlar; 2 Ch. Satish, M.M. Agarwal, Railway engineering. Oxford University press. New Delhi. 2007 y. - poyezdlar harakat tezliklari 160 km/s gacha bo‘lganda, uzaytirilgan burilish serdechnikli o‘tkazgichlar; - yonbosh yo‘nalishlarga tezliklar 80 km/s ga teng, nishabligi kam strelkali o‘tkazgichlarni konstruksiyasida egiluvchan serdechnikli o‘tkazgichlar; - poyezdlarni 200 va 250 km/s gacha tezliklari bilan harakatlanishida egiluvchan va egiluvchan – buriluvchi serdechnikli o‘tkazgichlar. Qo‘zg‘aluvchan serdechnikli krestovinalarning oxirgi varianti ikki xil modifikatsiyalarda bo‘ladi: oddiy yo‘lning to‘rtta boltli choklari yordamida mahkamlangan serdechnikning ikkita egiluvchan shoxli yog‘ochli o‘tkazish bruslariga yotqizish uchun qo‘llaniladigan; hamda temir beton bruslarga yotqiziladigan egiluvchan– burilish serdechnikli, qaysindaki to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab ishlovchi uzun shoxi egiluvchan bo‘lib, o‘zak qismida oddiy yo‘l choki orqali mahkamlanadi, yonbosh yo‘l bo‘yicha ishlaydigan qo‘yma–qoplama tipidagi o‘zak chokiga ega kalta shoxi esa buriluvchan bo‘ladi. Krestovina us relslari maxsus UR65 rels prokatidan, qo‘zg‘aluvchan serdechniklar esa OR65 ayrili prokat (uglerodli po‘lat) dan yasaladi. Qo‘zg‘aluvchan serdechnikli strelkaning elektr uzatmasi (yoki uzatmalari) bilan sinxron ishlaydigan o‘yilib kirg‘izilmagan elektr uzatma (yoki ikkita uzatma) yordamida bir ishchi holatidan ikkinchisiga o‘tkaziladi. Qo‘zg‘aluvchan serdechnikli krestovinalarni us relsi serdechnikning tashqi tutashtirgich bilan jihozlashga kirishildi, shu bilan shunga o‘xshash turdagi va rusumli qo‘zg‘almas krestovinalarga nisbatan xizmat muddati 3—4 marotabaga oshirildi. Strelkali o‘tkazgichlarda bunday krestovinalardan foydalanishda kontrrelsli uzelni keragi bo‘lmaydi. Kontrrelslar va rels izini uzilishi bo‘lmagan hollarda, krestovina va ekipajni o‘zaro hamkorligining gorizontal va vertikal dinamik kuchlari ancha kamaydi, harakatning ravonlik va qulaylik darajasi oshadi, bu esa yo‘lovchi poyezdlarning tezyurar va yuqori tezlikdagi harakat yo‘llari uchun juda muhim ahamiyatga ega. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling