- Yuqumli kasalliklar profilaktikasida mamlakatimizning barcha aholisi faol qatnashishi shart. Yuqumli kasalliklar profilaktikasi o‘z ichiga keng ma’noda aholi salomatligini saqlashga yo‘naltirilgan umumiy tadbirlar sistemasini oladi. Bular aholi yashash joylarini obodonlashtirish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, chiqindilarni o‘z vaqtida yo‘qotish, to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil qilish, mehnat, yashash va dam olish sharoitlarini yaxshilash va boshqalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |