Davomiyligi bo’yicha: Yuqori tana harorati bo’yicha: Doimiy isitma – tº bir necha kun baland bo’ladi. Ertalabki isitma kechqurungisidan pastroq bo’ladi, lekin ularning farqi 1ºC dan oshmaydi (ich terlama, toshmali tif). Remittirlovchi isitma - tº bir necha kun baland bo’ladi. Ertalabki va kechqurungi isitmalar farqi 1ºC dan oshadi (sepsis, sil). Intermittirlovchi (almashinib turuvchi) isitma – tº birdan 39-40ºC gacha ko’tarilib, kun davomida normagacha tushadi. Farqi 3-4ºC ni tashkil qiladi (bezgak). Qaytalovchi isitma – yuqori isitma davri normal tana haroratli davrlar bilan almashinib kechadi va bir necha kun davom etadi. Isitma davri to’satdan boshlanadi va to’satdan tugallanadi (qaytalama tif).
To’lqinsimon isitma – doimiy yoki remittirlovchi isitmaning bir necha sutka davomida normal xaroratli davrlar bilan almashinib kechishi, bunda t° tushishi asta-sekin yuz beradi (surunkali qoraoqsoq, TPK, limfogranulematoz).
Do'stlaringiz bilan baham: |