Yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining kishilar jamoasi orasida tarqalishi epidemik jarayon deyiladi.
Sporadik kasallanish – kasallanishning onda-sonda uchrab turishi.
Epidemiya – mazkur joyda kasallanishning ancha ko‘p uchrashi (sporadik kasallanish darajasidan 3–5 marta va undan ortiq ko‘payishi).
Pandemiya – grekcha «umumxalq» degan ma’noni anglatadi. Ko‘p mamlakatlar va hatto mintaqalarni qamrab oluvchi katta epidemiya – pandemiya deyiladi
Immunitet (immunitas – nimadandir ozod bo‘lish, xalos bo‘lish) – bu organizmning yuqumli kasalliklar va boshqa genetik yot bo‘lgan agentlarga berilmaslik qobiliyatidir (javob reaksiyasidir). Immunitet bir necha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Immunitet (immunitas – nimadandir ozod bo‘lish, xalos bo‘lish) – bu organizmning yuqumli kasalliklar va boshqa genetik yot bo‘lgan agentlarga berilmaslik qobiliyatidir (javob reaksiyasidir). Immunitet bir necha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Tabiiy va sun’iy immunitet farqlanadi. Tabiiy immunitet o‘z navbatida tug‘ma va orttirilgan immunitetga bo‘linadi.
Immunitet
Tabiiy
Sun’iy
Tug‘ma
Orttirilgan
Faol
(aktiv)
Faol bo‘lmagan (passiv)
Vaksina
Immun zardob
Tug‘ma (turga xos) immunitet bu bir turdagi hayvon yoki odamning boshqa turlardagi kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni yuqtirmaslik xususiyatidir. Odamning tovuqlardagi vabo va shoxli hayvonlardagi o‘lat kasalliklariga, hayvonlarning o‘z navbatida esa odamda kuzatiladigan so‘zak, meningit, qizamiq, qorin tifi va qator odam uchun patogen bo‘lgan mikroorganizmlar qo‘zg‘atadigan kasalliklarga berilmasligi immunitetning bu turiga misol bo‘la oladi. Onadan homiladorlik paytida bolaga qizamiq, difteriya, ko‘kyo‘tal kabi kasalliklarga qarshi immunitet o‘tadi (platsentar immunitet) va bola tug‘ilgandan keyin bir necha oygacha bu kasalliklar bilan og‘rimaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |