Yuragim qonidan yuz xona vayron,
Uvvos tortuvimdan qoʻrqinch yuz chandon,
Har bir kiprigimda qon daryosi bor,
Kipriklar yumulsa boshlanur toʻfon.
Afsuski yigitlik mavsumi bitdi,
Koʻklam oʻtib ketdi, qish kelib yetdi,
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi
Bilmadim, qachonlar keldi-yu ketdi.
*********************
Bu koʻp eski ravot, olam unga nom, -
Tun-kun tulporiga bor bunda orom.
Bu eski bazm yuzlab Jamshiddan qoldi,
Bu goʻrda yotadi yuz-yuzlab Bahrom.
Yoʻqlikdan pok kelib, nopok boʻldik biz,
Shoʻxu quvnoq kelib, gʻamnok boʻldik biz.
Umr yelga ketdi, ham hok boʻldik biz.
***************
Do'stlaringiz bilan baham: |