Юрак аритмиялари
Download 1.61 Mb.
|
Юрак ўқув қулланма 2022 БШК LOTIN oxirgisi 2
I ton sinxron yozilgan EKG Q tishchasidan keyin bir necha tebranishlar bilan namoyon boladi va ulaming soni 70 - 150 Gts ni tashkil etadi. I ton odatda past amplitudali va boshlangich tebranishlari bo'lmachalar sistolasi bilan bog'liq. I tonni markaziy qismi ikkita - uchta yuqori amplitudali tebranishlardan iborat bo'lib, S tishcha sathida aniqlanadi va bo'lmacha - qorincha qopqoqchalarining yopilish tebranishlariga to'g'ri keladi. Uning asosiy qismi ketidan miokard vibratsiysi va tomir komponyenti bilan bog'liq qo'shimcha past amplitudali tebranishlar kuzatiladi. FKG dagi tebranishlar amplitudasi nafaqat yurak faoliyatiga balki, tovushlaming o'tkazilish sharoitiga (semizlik, o'pka emfizemasida va boshqa qator hollarda tonlar amplitudasi pasayadi) ham bog'liq.I ton amplitudasi ko'pincha yurak cho'qqisida II ton amplitudasidan \ 1 /2 - 2 marta baland. Yurak asosida esa uning amplitudasi uncha katta bo'lmasligi mumkin. Yurak cho'qqisida I tonni baholashda sinxron yozilgan EKG da uning markaziy qismi qanchalik Q tishchadan orqada qolishiga etibor beriladi. Meyorida Q - I ton intervali 0,04 - 0,06 s oshmaydi. U qorinchalar qo'zg'alishi va mitral qopqoqchalar yopilishi orasidagi vaqtga mos keladi. Chap bo'lmachada bosim oshganda (masalan, mitral stenozda) mitral klapan kechroq yopiladi va Q - I ton intervali uzayadi.II ton bir guruh tebranishlardan iborat va sinxron yozilgan EKG T tishchasi oxirida kuzatiladi. Uning tebranishlari tezligi 70150 Gts oralig'ida bo'ladi. Birinchi balandroq tebranishlar aorta qopqoqchalari yopilishiga, undan keyin keluvchi va pastroq amplitudalilari esa o'pka arteriyasi qopqoqchalari yopilishiga to'g'ri keladi. II ton amplitudasi yurak asosida I ton amplitudasidan ancha yuqoriroq.FKG, I va II tonlardan tashqari, III ton ham kuzatiladi. Uning amplitudali ikki - uchta past to'lqinli tebranishlardan iborat va II tondan 0,120,18 s keyin sinxron yozilgan EKG R tishchasigacha qayd qilinadi. Ayrim hollarda R tishchadan keyin paydo bo'luvchi bir ikki past to'lqinli kichik amplitudali tebranishlar ko'rinishidagi IV ton ham aniqlanadi.Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling