Юрак аритмиялари
I pozitsiyada ultratovush nuri o'ng qorinchani chiquvchi yo'l orqali aorta va uning qopqoqchalari va chap qorinchani kesib o'tadi
Download 1.61 Mb.
|
Юрак ўқув қулланма 2022 БШК LOTIN oxirgisi 2
I pozitsiyada ultratovush nuri o'ng qorinchani chiquvchi yo'l orqali aorta va uning qopqoqchalari va chap qorinchani kesib o'tadi.II pozitsiyada nur o'ng qorincha orqali, qorinchalararo to'siq, mitral qopqoqchani oldingi tabaqasi,chap qorincha bo'shlig'i va yurakning orqa devoridan o'tadi.III pozitsiyada nur o'ng qorinchadan, qorinchalararo to'siq, mitral qopqoqchaning old va orqa tabaqalari va chap qorincha orqa devori orqali o'tadi.Bir vaqtning o'zida exokardiografiya M - usul ingliz so'zidan motion - harakat so'zi bo'lib, tekshirish vaqtida harakatlanuvchi tuzilmalaming lotsiyasi kuzatiladi. ExoKG qayd qilishda sistola va diastolani ajratish uchun sinxron ravishda EKG ham yozib olinadi.Kichik amplitudada harakat qilgani uchun mitral qopqoqcha orqa tabaqasi qiyinroq tarmoqlanadi (lotsirlanadi) va uning ExoKG si old tavaqaga qarama-qarshi W - simon konfiguratsiyaga ega.Mitral qopqoqcha old devori ExoKG tipik sohalari odatda harflar bilan belgilanadi. A nuqta chap bo'lmacha sistolasi vaqtida mitral qopqoqchalar tabaqalarining maksimal ochilish vaqtiga mos keladi. S nuqta chap qorincha sistolasi vaqtida qopqoqcha tabaqalarining yopilishini aks ettiradi. Sistola vaqtida mitral qopqoqchalar yopiq tabaqalarining harakati datchikka yonalib ExoKG yaqqol bo'lmagan SD ko'tarilish bilan namoyon bo'ladi. D nuqta diastolani boshlangich qismiga va mitral qopqoqcha tabaqalari ochilishiga, E nuqta ulaming maksimal ochilishiga to'g'ri keladi. Keyingi F nuqtasi qorinchalar sekin to'lish davriga - tabaqalaming birmuncha yopilish lahzasiga mos keladi. Bu davrda qorinchalar ichi bosimi orta borishi natijasida qopqoqcha tabaqalari mitral teshikning biroz yopilishiga olib keladi.Asbobda odatda vaqt (1 s) va amplituda (1 sm) belgisi beriladi, bunda bir qator korsatkichlar: mitral qopqoqcha old tabaqasi harakati amplitudasi (D E), tabaqalar harakati E F nuqtalarida yopilish tezligi va boshqalami olchashga imkon beradi. Bir olchamli ExoKG qayd qilishdan tashqari ikki olchamli tartibda ham qayd qilish mumkin. Bunda ultratovush impulslari datchikdan tarqalib unga chiziq boylab emas, balki tekislikda qaytadi va yurakning turli tuzilmalarini toliq baholashga imkon beradi. Shuningdek, exokardiografiya (doppler - kardiografiya deb ataluvchi) yordamida yurak ichi oqimlari, regurgitatsiya, qopqoqchalar yetishmovchiligidagi turbulent oqimlar va teshiklar torayishidagi oqimlar o'rganiladi.Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling