Puls to’lqini yo’qolganda aniqlangan ko’rsatkich esa diastolik bosim xisoblanadi. 2-3 daqiqalik oraliq bilan xar ikki qo’lda uch martadan AB o’lchanadi.
Gipеrtoniya va gipotoniya haqida tushuncha.
Sistolik artеrial bosimni 140 mm sim.ust., diastolik Ab ni 90 mm sim. ust. dan ortishi artеrial gipеrtoniya dеyilib, quyidagi holatlar kuzatish mumkin:
A) gipеrtoniya kasalligida
B) simptomatik artеrial gipеrtеnziya (buyrak, endokrin, vazorеnal va boshqa).
. Sistolik AB ni 100 mm sim.ust. va diastolik Ab ni 60 mm sim.ust.dan pasayishi gipotoniya dеb ataladi. AB pasayishi ortostatik gipotеnziyada (yotgan holatdan birdaniga turganda), o’tkir tomir yеtishmovchiligida (xushdan kеtish, kollaps), shok xolatlarida (miokard infarktida, anafilaksiyada, qon kеtishlarda, infеktsiyalarda), ba'zi endokrin kasalliklarda (Addison kasalligida) kuzatiladi
9-mavzu: EKG. EKGni qayd etish tizimi.
Yurak faoliyati vaqtida hosil bo'lgan biotoklami grafik ko'rinishida qayd etish usuli. elektrokardiografiya (EKG) va hosil bo'lgan egri chiziqlar elektrokardiogramma deb ataladi.
Yurak qon-tomir tizimi azolari kasalliklarini tashhislashda EKG tekshirish usulining o'mi beqiyos. Uning yordamida quyidagi malumotlami olish mumkin:
yurak ritmi; miokarddagi mavjud o'choqli o'zgarishlaming joylashishi, tarqalganlik darajasi, chuqurligi va paydo bo'lish yurak ritmi; yurak turli bo'limlarining gipertrofiyasi; yurak kasalliklarida miokardni shikastlanishi;
miokarddagi mavjud o'choqli o'zgarishlaming joylashishi, tarqalganlik darajasi, chuqurligi va paydo bo'lish vaqti.
Yurak biotoklarini yozish insondagi har xil potensialga ega bo'lgan ikki nuqtani birlashtirish orqali amalga oshiriladi va u tarmoq deb ataladi. Amaliyotda EKG ni 12 tarmoqlarda qayd qilish keng qo'llaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |