a) uchta standart (klassik) tarmoqlar - ular I, П va in rim raqamlari ko'rinishida belgilaniladi; b) uchta qo'l va oyoqlardan kuchaytirilgan bir qutbli tarmoqlar, aVR, aVL va aVF ko'rinishida ifodalanadi; v) oltita ko'krak tarmoqlari - VI, V2, V3, V4, V5 va V6 ko'rinishida belgilanadi. Agar 12 ta keng qo'llaniladigan tarmoqlarda qayd qilingan EKG yordamida yurak zararlanishi haqida yetarli malumot olinmasa, qo'shimcha V7 - V9 dan foydalaniladi. Masalan, faol elektrod orqa qo'ltiq osti, kurak va paravertebral chiziqlarga qo'yiladi. Bazida prekardial kartografiya deb ataluvchi ko'krak qafasining old yonbosh yuzasiga o'ng to'sh oldidan to chap orqa qo'ltiq osti chizig'igacha 35 nuqtada elektrodlar o'matiladigan usul qo'llaniladi. Elektrodlar ikkinchi qovurg'alararo sohadan to oltinchigacha beshtadan qator qilib gorizontal joylashtiriladi. Prekardial kartografiya miokardni zararlanish xarakterini aniqroq ko'rsatadi. Standart tarmoqlar Elektrodlaming metall tasmalari ikkala bilakning va chap boldir sohasining pastki uchdan bir qismiga joylashtirilib EKG qayd qilinadi. Elektrodlami maxsus turli rangdagi simlari yoki shlanglarini oxiridagi relyefli halqalari apparatga ulanadi. O'ng qo'ldagi elektrodga bitta relyefli qizil sim, chap qo'ldagi elektrodga ikkita relyefli sariq sim va chap oyoqqa uchta relyefli yashil sim halqalari ulanadi (68-rasm): I standart tarmoq — о ‘ng qo’l (manfiy qutb) — chap qo’l (musbat qutb); II standart tarmoq — о 'ng qo’l (manfiy qutb) — chap oyoq (musbat qutb); III standart tarmoq — chap qo’l (manfiy qutb) - chap oyoq (musbat qutb).
Standart tarmoqlar ikki qutbli hisoblanib elektrodlar tananing mos qismlaridagi potensiallami qabul qiladi. Ular yordamida EKG da tananing ikki nuqtasi orasidagi potensiallar farqi qayd qilinadi. Qo'l va oyoqlar esa o'tkazuvchi vazifasini bajarib elektrokardiogramma shakliga kamroq tasir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |