Юрак аритмиялари


-mavzu: Yurak auskultatsiyasi. Yurak-qon tomir patologiyasida yurak tovushlarining o’zgarishi


Download 1.61 Mb.
bet21/115
Sana08.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1249454
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115
Bog'liq
Юрак ўқув қулланма 2022 БШК LOTIN oxirgisi 2

5-mavzu: Yurak auskultatsiyasi. Yurak-qon tomir patologiyasida yurak tovushlarining o’zgarishi

Sоg‘lоm kishidа yurаkning o‘ng vа chаp yarmi sinхrоn ya’ni mоs rаvishdа ishlаydi. Shuning uchun uning o‘ng hаmdа chаp yarmi qоpqоqchаlаri kоmpоnyentlаridаn tаshkil tоpgаn yurаk tоnlаri birgаlikdа yagоnа tоndek eshitilаdi. Birоq qоpqоqchаlаrning bir vаqtdа yopilmаsligi bilаn kechаdigаn pаtоlоgik hоlаtlаr аuskultаtsiyadа eshitilаdigаn tоnlаrni hаm o‘zgаrishigа оlib kelаdi.

Маbоdо, аtriоventrikulyar qоpqоqchаlаr bir vаqtdа yopilmаsа, I tоn ikkilаnishi yuzаgа kelаdi. Аgаr o‘zgаrishlаr аоrtа vа o‘pkа аrteriyasi qоpqоqchаlаridа bo‘lsа, II tоnning ikkilаnishi kuzаtilаdi. Qоpqоqchаlаr berkilish vаqtining fаrqi judа kаm bo‘lgаndа, mustаqil tоvushlаrni ilg‘аb bo‘lmаydi, bu hоlаtdа tоnning bo‘linishi eshitilаdi. Тоnlаrning ikkilаnishi fiziоlоgik ya’ni qаytаr jаrаyon, yoki pаtоlоgik - qаytmаs bo‘lib, birоr kаsаllikning belgisi bo‘lishi mumkin.




Yurak tonlarini baholash

Yurak auskultatsiyasining asosiy nuqtalari

• Yurak tonlarini baholash uchun navbatma-navbat quyidagi nuqtalami eshitib ko'rish lozim:

1) Yurak cho'qqisi ustida (ya’ni, V qovurg'alar oralig'i sathida, chap o'rta o'mrov chizig'idan 1-1,5 sm ichkarida);

2) Aorta ustida (to'shdan o'ng tomonda II qovurg'alar oralig'ida);

3) O'pka arteriyasi ustida (to'shdan chap tomonda П qovurg'a oralig'ida);

4) Xanjarsimon o'simta asosida;

5) Botkin - Erb qo'shimcha nuqtasi ustida (to'shdan chap tomonda HI — IV qovurg'alar birikkanjoyda).




Yuqorida ko‘rsatilgan nuqtalar auskultatsiya qilinganda birinchi navbatda yurak tonlarini baholash kerak:

• I tonni baholash yurak cho‘qqisining ustida va xanjarsimon o‘simta asosida o'tkaziladi;

• П tonni baholash yurak asosida (to'shning har ikkala tomonida П qovurg'alar oralig'ida) o'tkaziladi. Shuningdek, uning uchun simmyetrik sohalaming qiyosiy auskultatsiyasidan foydalaniladi;


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling