Юрак аритмиялари
Download 1.61 Mb.
|
Юрак ўқув қулланма 2022 БШК LOTIN oxirgisi 2
FKG qator yurak qon-tomir tizimi kasalliklari va birinchi navbatda yurak nuqsonlarini tashhislashda muhim ahamiyatga ega. Chunki u auskultatsiya malumotlarini aniqlash va to'ldirish imkonini beradi. Bu ayniqsa taxikardiyalar va aritmiyalarda faqat auskultatsiya yordamida tovush tebranishlari yurak siklining qaysi fazasida yuzaga kelganligini aniqlashda qiyinchilik yuzaga kelganda alohida amaliy ahamiyat kasb etadi.FKG qo'shimcha tonlaming kelib chiqishi, ulaming o'zgarishi, ikkilanishi va bo'linib ketishi, fiziologik III va IV tonlar mitral qopqoqchalar ochilish toni ot dupri ritmini aniqlashga yordam beradi. FKG auskultatsiyada aniqlangan yurak tonlaridagi o'zgarishlar aks etadi. Masalan, chap bo'lmacha - qorincha teshigi stenozida yurak cho'qqisida I ton amplitudasi sezilarli ortadi mitral qopqoqchalar yetishmovchiligida esa u kamayadi. Arterial gipertenziyaga chalingan bemorlarda aorta ustida amplitudali II ton o'pka arteriyasiga qaraganda sezilarli baland bo'ladi.Chap bo'lmacha - qorincha teshigi torayishini tashhislashda (mitrar stenoz) mitral qopqoqchalar ochilish toni katta ahamiyatga ega va u OS harflari bilan belgilanadi. Ill tondan farqli o'laroq u yuqori to'lqinli va har 0,04 - 0,12 s oralig'ida II tondan keyin qayd qilinadi. Bu П ton - OS interval va Q - 1 ton intervaliga o'xshab chap bo'lmachadagi bosim kattaligiga bog'liq. U qancha yuqori bo'lsa, mitral qopqoqchani diastola vaqtida ochilishi va II ton hamda OS intervali qisqa bo'ladi.Fonokardiografiya yurak shovqinlarining xarakterini aniqlashda katta yordam beradi. Jumladan, uning yordamida shovqinning paydo bo'lish vaqti, maksimal kuchayish joyi, davomiyligi va to'lqirilarini qayd qilish mumkin. Odatda sistolik shovqinning tebranish to'lqinlari 50 - 600 Gts, diastolikniki esa 120 - 800 Gts atrofida bo'ladi.Sistolik shovqin sistolani bir qismini yoki uni butunlay egallashi, I va II tonlar orasida yoki ular bilan birga kelishi mumkin. Sistolik shovqin bilan bog'liq bo'lgan tebranishlar ko'rinishiga etibor berish kerak. U rombsimon, yelpig'ichsimon, tasmasimon va boshqa ko'rinishda bo'ladi. Bu esa yurak nuqsonlarini tashhislashda katta ahamiyatga ega. Masalan, rombsimon yoki yelpig'ichsimon shakldagi tebranishlar sistolik shovqin hosil qiluvchi II ton bilan qo'shilib ketmaydigan aorta teshigi torayishiga xos. Diastolik shovqinni baholashda birinchi navbatda uni diastolani qaysi qismida paydo bo'lishini yani protodiastolik, mezodiastolik yoki presistolik ekanligini bilish muhim. Undan so'ng shovqinni o'zgarish kuchi (kamayib yoki kuchayib boruvchi) va uning to'lqinlari aniqlanadi.Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling