Юрак аритмиялари


Download 1.61 Mb.
bet35/115
Sana08.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1249454
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   115
Bog'liq
Юрак ўқув қулланма 2022 БШК LOTIN oxirgisi 2

Ma’lumki, diastolik shovqin aorta qopqoqchalari yetishmovchiligida yuqori to'lqinli kanalda yaxshi qayd qilinadi. Fonografik shovqinni tashhislashda oldingi ton bilan shovqin orasidagi intervalning mavjudligiga alohida e’tibor beriladi; Bu interval teshiklar torayishi oqibatida yuzaga kelgan shovqinlami qopqoqchalar yetishmovchiligidagi qon regurgitatsiyasi bilan bog'liq shovqinlardan farqlashga yordam beradi. Teshiklar torayishida yuzaga keladigan shovqinlar o'zidan oldin keluvchi tonlardan interval bilan ajraladi va yopiq qopqoqchalar davriga mos keladi. Bu holatda qonning hech qanday harakati qayd qilinmaydi.

Qopqoqchalar yetishmovchiligida shovqin o'zidan oldin keluvchi tonga intervallarsiz yaqinlashadi, binobarin qon qaytishi qopqoqchalar yopilishi bilan boshlanadi.


I


Exokadiografiya.

Exokardiografiya (grek. echo — aks sado, + kardia —yurak + grapho — yozish, tasvirlash) - yurakni muhim asbobiy tekshirish usuli bo'lib, uning turli tuzilmalaridan ultratovush impulslarini qaytishiga asoslangan (qopqoqchalar, qorinchalar miokardi, qorinchalararo to‘siq va boshqalar).

Exokardiografiya apparati ultratovush uzatuvchi qurilmaga ega bo‘lib impulslami tekshiriluvchi a’zoga yuboradi va qaytgan exosignallami qabul qiladi. Qabul qilingan exosignallar harakatlanayotgan fotoqog‘ozga bir qator egri bugri chiziqlar ko'rinishida qayd etiladi va u exokardiogrammani (ExoKG) hosil qiladi.

Exokardiografiya tekshirishni o'tkazishda akustik oyna deb ataluvchi ultratovush datchigi yurakni mutlaq bo‘g‘iqlik sohasiga joylashtiriladi. Bu yerda yurak o‘pka bilan qoplanmagan va to'shdan chapda qovurg'alararo (ikkinchi — uchinchi gipersteniklarda va to'rtinchi — beshinchi asteniklarda) sohaga to'g'ri keladi.


ExoKG qayd qilish dastlab bitta nuqta ko'proq mitral qopqoqchalar old tabaqalari yoki aorta qopqoqchalaridan boshlanadi. Ular ExoKG o'ziga xos xususiyatli harakatlar bilan kuchli tasvir beradi. So'ngra datchik kichik burchakli harakatlar bilan yurakning turli tuzilmalariga yo'naltiriladi. 83-rasmda ultratovushning uch pozitsiyadagi yo'li ko'rsatilgan.


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling