3. Chap tosh oldi chizig'i bo'yicha to'rtinchi va beshinchi qovurg'alararo soha; 4. Chap o'rta o'mrov chizig'i bo'yicha beshinchi qovurg'alararo soha; 5. Chap qo'ltiq osti old chizig'i bo'yicha beshinchi qovurg'alararo soha; 6. Chap qo'ltiq osti o'rta chizig'i bo'yicha beshinchi qovurg'alararo soha. Hozirgi vaqtda EKG olishda bir qutbli ko'krak tarmoqlaridan foydalaniladi. Ulami qayd qilishda faqat ko'krak elektrodi faol bo'ladi va u elektrokardiografning musbat qutbiga, qo'l va oyoqlardan elektrodlar esa apparatning manfiy qutbiga birlashtiriladi. Elektrodlami bunday birlashtirganda qo'l va oyoqlardan keluvchi potensiallar farqini yig'indisi amalda nolga teng. Bir qutbli ko'krak tarmoqlari V harfi bilan belgilanadi (kuchlanish) va ulami o'matish sohalari sonlar bilan ko'rsatiladi: Vi, V2 va hokazolar. Orqa bazal miokard infarktini tashhislashda bazan qo'shimcha ko'krak tarmoqlaridan foydalaniladi: V7 faol elektrod orqa qo'ltiq osti sohasida gorizontal V4 sathida joylashadi; V8 - faol elektrod xuddi shu gorizontal holatda ulami kurak chizig'i bilan kesishgan joyida biriktiriladi; V9 - faol elektrod xuddi shu gorizontal holatda uni paravertebral chiziq bilan kesishgan joyida biriktiriladi.
ELEKTROKARDIOGRAFIYANI QAYD QILISH TEXNIKASI EKG apparatini tayyorlash Avval tarmoqlar perekluchateli ko'rsatkichi O holatga keltirilib, keyin elektrokardiograf yoqiladi; Apparat perosi qog'oz lentasining o'rtasida joylashadigan qilib rostlanadi va keyin o'chiriladi. Bemorning holati Bemordan beligacha yechinish, elektrodlami qoyish imkoniyati bo'lishi uchun oyog'ining boldir qismini ochish va kushetkaga yotish so'raladi. Elektrodlami tana sohalari bilan bo'ladigan aloqalarini oldindan taminlash Kontakt yaxshi bo'lishi uchun elektrodlarga maxsus gel surtish hamda ular qo'yiladigan sohalami spirt bilan artish va zarur bo'lsa tuklardan tozalash. Shu bilan birga osh tuzli yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |