Юрак аритмиялари


Sog‘lom kishining normal elektrokardiogrammasi


Download 1.61 Mb.
bet45/115
Sana08.03.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1249454
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   115
Bog'liq
Юрак ўқув қулланма 2022 БШК LOTIN oxirgisi 2

10-mavzu: Normal elеktrokardiogramma

Sog‘lom kishining normal elektrokardiogrammasi

Yurak diastolasi davrida harakatlar biotoki yuzaga kelmaydi va elektrokardiografda izoelektrik deb ataladigan to'g'ri chiziq qayd qiladi. Harakatlar biotokining paydo bo'lishi o'ziga xos egrilikning yuzaga kelishi bilan kechadi. Sog'lom kishida har qanday EKG ni qayd qilishda quyidagilar ko'rinadi:

♦ R, R, Q, S va T tishchalar. Bulardan R, R, T tishchalar musbat (ya’ni, ulaming cho'qqisi yuqoriga qaragan), Q va S tishchalar esa manfiy qutbga ega (ulaming cho'qqisi pastga qaragan);

♦ R— Q, S—T, T—R va R — R intervallar;

♦ QRS va QRST komplekslar.

Ushbu elementlaming har biri miokardni turli sohalarini qo'zg'alish vaqti va ketma- ketligini aks ettiradi.


EKG da tishchalar paydo bo'lish ketma-ketligini tushunish uchun yurakning o'tkazuvchi tizimini yaxshi bilish lozim. Chunki u yurak mushaklari qisqarishini chaqiradi va muvofiqlashtiradi.

Me’yoriy impuls odatda «sinus tuguni» deb ataladigan hujayralar guruhida paydo bo'ladi. O'ng bo'lmachada joylashgan sinus tuguni ritm boshqaruvchisi hisoblanadi va avtomatik ravishda bir daqiqada 60 dan 90 gacha impulslami yuzaga keltiradi. Paydo bo'lgan impuls ikki bo'lmacha orqali o'tadi va bo'lmachalararo to'siq pastida joylashgan atrioventrikulyar tugun hujayralari guruhiga yetib keladi. Bu yerda impuls Giss tutami va uning oyoqchalari orqali qorinchalar miokardiga o'tgunga qadar birmuncha ushlanib turadi. So'ngra miokard qisqarishi kuzatiladi - awal bo'lmachalar (o'ngidan boshlanadi) so'ngra qorinchalar qisqaradi.

• R tishcha - yuqoriga ko‘tariluvchi qismi o‘ng, pastga tushuvchi qismi esa chap bo'lmachaning depolarizatsiyasini aks ettiradi;

• Q tishcha - to‘siqning qo‘zg‘alishini aks ettiradi;

• R va S tishchalar - qorinchalar depolarizatsiyasini, T tishcha - qorinchalar repolarizatsiyasini aks ettiradi;

• R - Q(R) intervali - atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikning holatini ifodalaydi, ya’ni elektr impulsning bo‘lmachalardan qorinchalarga o‘tkazilish vaqtini aks ettiradi;


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling