Юрак аритмиялари
♦ R — o'ng qo'ldan; ♦ L — chap qo'ldan
Download 1.61 Mb.
|
Юрак ўқув қулланма 2022 БШК LOTIN oxirgisi 2
♦ R — o'ng qo'ldan;♦ L — chap qo'ldan;♦ F — chap oyoqdan.Uchburchak tomonlari quyidagi tarmoqlami aks ettiradi:♦ R — L tomoni—1 tarmoq;♦ R — F tomoni — П tarmoq;♦ L — F tomoni-^III tarmoq.Yurakning elektr harakatlantiruvchi kuchi kattaligi va yonalishi AV strelkasi bilan belgilanadi. Agar ushbu strelka oxirlaridan uchburchak tomonlariga perpendikulyarlar tushirsak, har bir tarmoqda qayd qilinadigan potensiallar farqi kattaligi togrisida tushunchaga ega bolish mumkin. Yurak oqining meyoriy joylashishida potensiallaming maksimal farqi П tarmoqda qayd qilinadi, chunonchi, ushbu tarmoq elektr o‘qi yo‘nalishi bo‘ylab parallel bo‘ladi; so'ngra, bu tarmoqda qorinchalar kompleksi, ayniqsa R tishchaning eng yuqori voltaji kuzatiladi. Potensiallar farqi kattaligi I tarmoqda kamroq, Ш tarmoqda esa yanada kamroq ko'rinadi. Eyntxoven uchburchagi chizmasi asosida П tarmoqdagi R tishcha kattaligi I va Ш tarmoqlardagi R kattaliklari algebraik yig'indisiga tengligi hisoblab chiqilgan, ya’ni R2 = Ri + R3. Elektr oqi meyoriy joylashishida R tishcha kattaligi nisbatini quyidagicha tasawur qilish mumkin R2> Ri> R3Elektr o'qining joylashishi ko'krak qafasida yurak holati o'zgarishida almashadi. Asteniklarda diafragma pastda bo'lgani sababli elektr oqi vertikalroq holatai egallaydi, bunda Eyntxoven uchburchagi chizmasida ko'rsatilgandek, potensiallar eng yuqori farqi Ш tarmoqda (chunki, ushbu tarmoq elektr o'qiga parallel bo'ladi) kuzatiladi. Shuningdek, eng baland R tishcha III tarmoqda qayd qilinadi .Gipersteniklarda diafragma yuqorida bo‘lganligi sababli elektr o'qi gorizontahoq joylashadi, ya’ni I tarmoqqa parallel, shuning uchun eng baland R tishcha I tarmoqda qayd qilinadi.5. EKG ning ayrim elementlarining о ‘Ichamlarini aniqlash: R tishchasi, P—Q intervali, QRST komplekslari. O'lchashlar tishchalar eng yaxshi va yaqqol ko'ringan standart tarmoqlarda o'tkaziladi (odatda II da). Bundan tashqari, R va T tishchalar yo'nalishlari aniqlanadi, ular musbat va manfiy bo'lishi mumkin. EKG dagi tishehalami arrasimonligi, ajralishi, qo'shimcha tishehalami paydo bo'lishi baholanadi. Barcha tarmoqlarda qorinchalar kompleksining shakli sinchkovlik bilan tahhl qilinadi. S T intervalini izoelektrligi qayd etiladi.6. QRST kompleksi davomiyligini (QT intervali) hisoblash: Ushbu interval yurak qisqarishlari tezligiga bog'liq yani yurak urish soni qancha ko'p bo'lsa, u shimcha qisqa bo'ladi. Har qanday yurak ritmi uchun bo'lishi kerak bo'lgan QT intervalining davomiyligi mavjud bo'lib, tahlil qilinayotgan EKG dagi QT intervali u bilan taqqoslanadi. Ushbu o'lcham quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi: Q - T = KVR", KAkonstanta, erkaklar uchun 0,37, ayollar uchun 0,39 ga teng; R bir yurak siklining davomiyligi (R R interval^ soniyalarda ifodalanadi. Hozirgi vaqtda yuqoridagi tenglama yordamida hisoblashdan tashqari amaliyotda QT davomiyligining zaruriy o'lchamini topish uchun maxsus jadvallardan foydalaniladi.\ Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling